Bino turlari haqida umumiy ma’lumotlar
Download 0.5 Mb.
|
1-ARXITEKTURA-QURILISH CHIZMALARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.4-shakl. Yirik blokli bo‘ylama yuk ko‘taruvchi devorli binoning konstruktiv sxemasi:1 - poydevor; 2 - yerto‘la devorlari;
- orayopmalar; 4 - ichki devorlar; 5 - tashqi devorlar; 6 - zinapoya maydonchasi; 7 - zinapoya; 8 - ichki bo‘ylama devor; 9 - ayvon (balkon); 10 - xonalararo pardevor Bino enining kattaligiga bog'liq holda ichki yuk ko'taruv- chi devorlar bitta emas, ikkita ham bo‘lishi mumkin. Karkassiz yirik panelli binolar bir-biridan kichik yoki katta qadam oralig‘ida o‘rnatiladigan uchta bo‘ylama yuk ko‘taruvchi devorli va ko‘ndalang yuk ko‘taruvchi devorli bo‘ladi. Karkassiz yirik panelli binolar bir-biridan kichik yoki katta qadam oralig‘ida o‘rnatiladigan uchta bo‘ylama yuk ko‘taruvchi devorli va ko‘ndalang yuk ko‘taruvchi devorli bo‘ladi. Uchta (ikkita tashqi, bitta ichki) bo‘ylama yuk ko‘taruvchi devorli yirik panelli binolarning tashqi panellari isitkichli og‘ir betondan uch qatlamli, yengil yoki serg‘ovak betondan bir qatlamli qilib bajariladi. Bunday tipdagi binolarning ichki devorlari uchun qavat balandligi va qalinligi 120-160 mm bo‘lgan yaxlit temir-beton panellar ishlatiladi. Bu holda qavatlararo yopmalar odatda ko‘p g‘ovakli, eni 1200...2400 mm bo‘lgan tashqi va ichki yuk ko‘taruvchi devorlarga o‘rnatiladigan plita-panellardan tayyorlanadi. Pardevorlar orayopmalarga o‘rnatiladi. Bunday binolardagi pardevor panellari gipsobeton yoki boshqa mate- riallardan tayyorlanib, o‘z-o‘zini ko‘taruvchi bo‘ladi. Yuk ko‘taruvchi devorli yirik panelli binolarning hamma asosiy elementlari: ko‘ndalang devorlar - pardevorlar, ichki bo‘ylama va tashqi devorlar - hammasi yuk ko‘taruvchi bo‘ladi.15- shakl 1.5-shakl. Yuk ko‘taruvchi devorli yirik panelli binoning konstruktiv sxemasi: 1 - tashqi devor panellari; 2 - sanitariya- texnika kabinalari; 3 - yuk kotaruvchi pardevorlar; 4 - ichki yuk kotaruvchi ko‘ndalang devorlar; 5 - orayopma panellari; 6 - poypesh panellari; 7 - poydevor bloklari Bunday binolarning orayopmalari to‘rt tomonidan ham tayanchga ega bo‘ladi. Bunda, bo‘ylama yuk ko‘taruvchi binolardagi panellardan unchalik farqlanmaydigan tashqi devor panellari (1) ham yuk ko‘taruvchi hisoblanadi. Yirik panelli binolarda hamma uskunalar bilan jihozlangan sanita- riya texnikasi shoxobchalari (2) tayyor kabinalardan yig‘iladi. Turar-joy va jamoat binolarining tom yopmalari temir-beton plita panellardan shamollatiladigan chordoq ko‘rinishida bajariladi. 1.6-shakl. Karkasli binoning konstruktiv sxemasi: 1 - ustunlar; 2 - to‘sinlar; 3 - orayopma plitalari qatorlari; 4 - bog‘lovchi orayopma plitalari; 5 - osma devor panellari Jamoat va ma’muriy binolar karkasli qilib tiklanadi (1.6-shakl). Bunday binolarning yuk ko‘taruvchi karkaslari ustun va orayopma konstruksiyasi tayanishi uchun chorakli xari ko‘rinishidagi to‘sin (rigel)lardan iborat bo‘ladi. Ustun va to‘sinlar binoga tushadigan vertikal va gorizontal kuchlanishlarni qabul qiluvchi yuk ko‘taruvchi ramani hosil qiladi. Yuk ko‘taruvchi devorlar tashqi karkas ustunlariga osma panellar ko‘rinishida o‘rnatiladi. Yirik hajmdor bo‘lakli binolar (1.7-shakl) yirik o‘lcham- li elementlar - binoning tayyor bir qismi, masalan, xonalar ko‘rinishidagi yirik bo‘laklardan tiklanadi. Yirik hajmdor bo‘lakli binolar ikkita konstruktiv: bo‘lakli va bo‘lak-panelli sxemaga ega bo‘ladi. 1.7-shakl. Xonalaribo‘laklibino sxemasi Bo‘lakli binolar (yer usti qismi) faqatgina bir-biriga jips o‘rnatiladigan hajmli bo‘laklardan iborat bo‘ladi. Bo‘lak-panelli binolarda hajmli bo‘laklar oralarida xonalar hosil bo‘ladigan oraliq qoldir'ilib o‘rnatiladi va ularning usti panellar bilan yopiladi. Fuqaro binolarining asosiy elementlari. Poydevorlar, devorlar, pardevorlar, orayopma, yopma va zinapoyalar binoning yuk ko‘taruvchi karkasini tashkil qiladi Poydevorlar bino og‘irligi (kuch)ni grunt - asosga uzatadi. Osti tekis poydevorlar devor ostiga qo‘yiladigan lentasimon, alohida turadigan ustunlar tagiga ustunsimon poydevorlar bo‘ladi. Shuningdek, bino gruntga o‘tqazilgan beton yoki temir-beton qoziq (svaya)larga joylashsa, qoziqsimon poydevorlar bo‘ladi. Bino devorlari xonalarni tashqi muhitdan muhofazalay- digan tashqi (5) (1.8-shakl) va xonalarni bir-biridan ajratib turadigan ichki (12) devorlarga bo‘linadi shakl. Ko‘p qavatli binoning konstruktiv sxemasi: 1 - poydevor; 2 - yerto‘la devorlari; 3 - namdan muhofazalash; - to'shama; 5 - tashqi devorlar; 6 - qoplama; 7 - tom yopmasi; 8 - tom panjara taxtasi; 9 - yog'och chordoq to'sini; 10 - peshtoq; 11 - chordoq orayopmalari; 12 - ichki devorlar; 13 - zinapoya maydonchasi; 14 - zinapoya; 15 - shamollatish bloki; 16 - sanitariya-texnika bloki; 17 - pardevorlar; 18 - qavatlararo orayopmalar; 19 - to‘sinlar; 20 - poypesh orayopmalari Devorlar yukka nisbatan yuk ko‘taruvchi, o‘z-o‘zini ko‘taruvchi va yuk ko‘tarmaydigan bolishi mumkin. Yuk ko'taruvchi (5) va ichki (12) devorlar xususiy ogirligi va boshqa konstruksiya (orayopma, tom, zinapoya)lardan tushadigan yuklarni qabul qiladi. O‘z-o‘zini ko‘taruvchilar poydevorga faqatgina xususiy og‘irligini uzatib qolmasdan, shuningdek, shamolning ta’sir kuchini ham uzatadi. Bunday devorlarga orayopmalar va binoning boshqa qurilmalari tayantirilmaydi. Devordagi bino tomini tutib turuvchi bo‘rtiq 10 peshtoq (karniz) deb ataladi. Devordan peshtoq chetigacha bo‘lgan masofa, ya’ni peshtoq chizig‘i devorni tomdan tushadigan suvdan himoyalash va binoning arxitekturaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda loyihada belgilangan bo‘ladi. Pardevorlar (17) bino ichki bo‘shlig‘ini bir qavat chega- rasida alohida xonalarga ajratuvchi elementlardir. Orayopmalar chegaralovchi va yuk ko‘taruvchi funksiya- larni bajaradi. Binodagi balandlik bo‘yicha qo‘shni xonalar qavatlararo orayopmalar (18) bilan ajratiladi. Yerto‘la ustidagi orayopma (20) poypesh, yuqorigi qavat ustidagi orayopma esa chordoq orayopmalari deyiladi Yopma (tom) chegaralovchi va yuk ko‘taruvchi vazifasini bajarib, binoni yog‘ingarchiliklardan himoya qilishga xizmat qiladi. U tom panjara taxtasi (8) bilan tom yopmasi (7) mahkamlangan chordoq to‘sinidan (9) iborat. Tom yopmasi sifatida to‘lqinsimon asbotsement listlar, cherepitsalar, ruberoid, shisha ruberoid, tom yopmasiga ishlatiladigan po‘lat kabilar foydalaniladi. Tom va shift vazifalarini birdaniga bajaradigan yopmalar chordoqsiz yopmalar deyiladi. Zamonaviy binolarda zinapoyalar asosiy konstruktiv elementlardan biri hisoblanadi. Ular kapital devordan tiklangan, olovga bardoshli zina katagi deb nomlanadigan xonalarda joylashadi. Bajaradigan vazifasi va bino fazoviy kompozitsiyasidagi ahamiyatiga qarab zinapoyalar kirish, yordamchi, avariya (favqulodda holatlar) va yong‘inda foydalanish maqsadlarida qo‘llaniladigan turlarga bo‘linadi. Arxitekturaviy yechimi, ishlatilgan material turi va konstruktiv xususiyatlariga bog‘liq holda zinapoyalar turli geometrik xarakteristikalarga ega bo‘ladi. Shakliga ko‘ra zinapoyalar to‘g‘ri chiziqli, burilishli, to‘g‘ri chiziqli tarmoqlangan, egri chiziqli, ovalsimon va vintsimon bo‘ladi (1.9-shakl). 1.9-shakl. Zinapoya turlari: , b) ikki marshli; c) o'zaro ayqash ikki marshli; d) o'rtada asosiy marsh joylashgan ikki marshli; e) uch marshli; k) to‘rt marshli; m) vintsimon; n) kvartira ichidagi bir marshli; s), f) kvartira ichidagi yoyiq zinali. Zinapoyaning asosiy elementlariga quyidagilar kiradi (1.10-shakl): bevosita zinalar joylashadigan zinapoyaning konstruktiv elementi - zinaning og‘ma marshi; bir marsh- dan ikkinchisiga yoki marshdan qavatga o‘tish uchun mo‘ljallangan gorizontal konstruktiv tekisliklar - zinapoya maydonchalari. Har bir qavat sathida joylashtiriladigan zinapoya maydonchalarini qavat, qavatlar oralig‘idagilarini esa qavatlararo maydonchalar deb atash qabul qilingan (1.10-shakl, a) 1.10-shakl. Zinapoyaning konstruktiv elementlari Bir qavat balandligi chegarasidagi marshlar soniga qarab zinapoyalar bir marshli (oraliq gorizontal maydonchalarsiz), ikki marshli (bir oraliq maydonchali) va ko‘p marshli turlarga bo‘linadi. Amaliyotda tuzilishi oddiy, foydalanish uchun tejamli bo‘lgan ikki marshli zinapoyalar ko‘p qo‘llaniladi. Zinapoya marshi bir nechta pog‘ona va ularni tutib turadigan to‘sin, shuningdek, foydalanishda xavfsizlik va qulaylikni ta’minlaydigan balandligi 90 sm va undan katta bo‘lgan to‘siqlardan tarkib topadi. To‘siq tarkibiga ustun, po‘lat panjaralar va tutqich kiradi. Pog'onato'sinning ustidan Zinapoyadan foydalanish qulay bo‘lishi uchun zina pog‘o- nasining eni a va pog‘ona balandligi h larning yig‘indisi 450 mm ga tеng bo‘lishi zarur. Zina pog‘onasining balandligi 180 mm dan ог^ va 120 mm dan kam bo‘lmasligi kеrak. Zina pog‘onasining eni 250 mm dan kam bo‘lmasligi kеrak. Marsh qiyaligi 1:2 nisbatdan kеlib chiqib, zina pog‘onasining eni 300 mm va balandligi 150 mm bo‘lgan zinapoya eng qulay hisoblanadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling