Bino turlari haqida umumiy ma’lumotlar
Fuqaro binolarining qurilma sxemalari
Download 0.5 Mb.
|
1-ARXITEKTURA-QURILISH CHIZMALARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
Fuqaro binolarining qurilma sxemalari. Binoning yuk ko‘taruvchi elementlaridan tashkil topgan, qurilish va montaj ishlari jarayoni bilan o‘zaro bog‘langan bino yoki inshootning bir qismiga qurilma deyiladi. Binoning fazoviy mustahkamligini ta’minlaydigan vertikal (devorlar, ustunlar) va gorizontal (orayopma, yopma) elementlar tizimiga qurilma sxema deyiladi. Hozirgacha uchta ko‘rinishdagi qurilma: gorizontal elementi to‘sin egilishga ishlaydigan ustun-to‘sin (balka)li yoki karkasli; yuqorigi elementlardan pastga kuchlanish va xususiy og‘irligini uzatib, materialni siqishga ishlaydigan gumbaz-ravoq (ark)//; gorizontal elementlari cho‘zilishga ishlaydigan osma qurilish tizimlari shakllangan (1.1-shakl).
Qurilma va uning sxemasining detallari o‘zaro birikadi- gan yoki bir-biriga ta’sir ko‘rsatadigan, shuningdek qurilma- ning bo‘linadigan qismi tugun deyiladi. Yig‘ma yoki monolit qurilmaning tarkibiga kiruvchi qism element deyiladi. Qavat balandligi, oraliq va qadam kattaliklari bilan aniqlanadigan bino hajmining qismi qurilmaning hajmiy-rejaviy elementi deyiladi. Qavat balandligi berilgan qavat poli sathidan pastki qavat poli sathigacha bo‘lgan masofa bilan aniqlanadi. Sanoat tipidagi bir qavatli binolarda qavat balandligi pol sathidan yopma qurilmasining pastki chegarasigacha bo‘lgan masofaga teng bo‘ladi. Qavatlar quyidagi turlarga bo‘linadi: yerto'la (podval) qavatlar - xona balandligining yarmidan ko‘pi yer (yo‘lak) sathidan pastda joylashgan; agar pol yer (yo‘lak) sathidan xona balandligining yarmidan ko‘p bo‘lmagan kattaligicha pastda joylashgan bo‘lsa - poypesh (sokol) qavatlar; agar qavat poli yo‘lak sathidan balandda joylashgan bo‘lsa - yer usti qavatlar; chordoq bo‘shlig‘ida joylashtiriladigan boloxona (mansarda) qavat- lar; isitish qurilmalari, shamollatish kameralari, nasos stan- siyalari kabi jihozlarni joylashtirish uchun orttirilgan qavatli binolarda joylashtiriladigan texnik qavatlar. 1.1-shakl. An’anaviy qurilmalar tizimlari: a}ustun-to‘sinli; b) gumbaz-ravc>qli; с) Qsma Binolar konstruktiv sхemalariga ko‘ra karkassiz, karkasli va to‘liq bo‘lmagan karkasli turlarga bolinadi. Karkassiz binolarda yuk ko‘taruvchi asosiy vertikal elementlar sifatida devorlar, karkasli binolarda esa - alohida tayanchlar (kolonnalar, ustunlar), to‘liq bo‘lmagan karkasli binolarda - devorlar va alohida tayanchlar xizmat qiladi (1.2-shakl) 1.2-shakl. Ommaviy quriladigan binclarning qurilma sxemalari: a), b) karkassiz, bo‘ylama va ko‘ndalang yuk ko‘taruvchi devcrli; c) to‘liq bo‘lmagan karkasli; d) karkasli Karkassiz binolarning yuk ko‘taruvchi tashqi va ichki devor- lari g‘isht yoki mayda toshlardan tiklanadi (1.3-shakl, a). Bunday binolarda ko‘ndalang devorlar ko‘pincha shamollatish va dudso‘rgich kanallari joylashadigan zina katagida, shuningdek, ular oraligida joylashtiriladi. Ko‘ndalang yuk ko‘taruvchi devorli karkassiz binolarda bo‘ylama tashqi devorlar - o‘z-o‘zini ko‘taruvchi, yopmalar esa ko‘ndalang devorlarga o‘rnatiladi. Shuningdek, ko‘ndalang devorlari ham, bo‘ylama devorlari ham, yuk ko‘taruvchi bo‘lgan karkassiz binolar ham tiklanadi (1.3-shakl, b). Bunday binolarda xona o‘lchamiga teng bo‘lgan yopma panellar to‘rtta tomoni bilan ham ko‘ndalang va bo‘ylama devorlarga o‘rnatiladi. Beton va boshqa blokli devorli yirik blokli karkassiz binolar ko‘pincha ko‘ndalang yuk ko‘taruvchi devorli konstruktiv sxemaga ega bo ladi. Ko‘p qavatli jamoat binolarining bo‘ylama devorlari ko‘pincha yuk ko‘taruvchi qilib tiklanadi (1.4-shakl). 1.3-shakl. Karkassiz binclarning konstruktiv sxemalari: a) bo‘ylama yuk ko‘taruvchi devorli; b) ko‘ndalang va bo‘ylama yuk ko‘taruvchi devorli.
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling