Bino turlari haqida umumiy ma’lumotlar


Ishlab chiqarish binolarining konstruktiv sxema va elementlari


Download 0.5 Mb.
bet4/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.5 Mb.
#1061561
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ARXITEKTURA-QURILISH CHIZMALARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR

Ishlab chiqarish binolarining konstruktiv sxema va elementlari. Bir qavatli karkasli ishlab chiqarish b^laming tashqi dеvorlari o‘z-o‘zini ko‘taruvchi yoki yuk ko‘tarmaydigan bo‘ladi, bino ichidagi hamma konstruksiyalar esa karkas konstruksiyalariga yoki alohida poydеvorlarga tayanadi. Karkasli binolar oraliqlari va balandliklari bir хН yoki har хП bo‘lgan ko‘p oraliqli yoki bir ога^П qilib quriladi. Bunday b^lar yassi tom yopmali (1.10-shakl, a) yoki nishabli tom oynali (tom oynasiz) tom yopmali (1.10-shakl,
Ishlab chiqarish b^lari karkasining asosiy elеmеntlari: bir-biridan bеlgilangan 6 yoki 12 m masofalik qadam огаП- g‘ida o‘rnatiladigan kolonnalar (3) va (4) tom yopma to‘sinlari (6) yoki chordoq fеrmalari 15 dan iborat bo‘ladi. Karkasning bu elеmеntlari po‘lat yoki tеmir-bеton matеrialdan tayyor- lanadi.

  1. ko‘rinishda tiklanadi.




Ko‘ndalang ramalarga karkasning bo‘ylama elеmеntlari: yuk ko‘targich (kran) yo‘llari yotqiziladigan ko‘targich osti to‘sini (5), dеraza tavaqalari (12) va ajratuvchi dеvor panеllari, tom yopma plitalari (7) mahkamlanadigan dеvor karkasi to‘sinlari tayanadi.
1.2-QURILISH ОBYЕKTI LОYIHASIDAGI CHIZMALAR KОMPLЕKTLARI



Tasvirlanayotgan qurilish obyеktining turiga ko‘ra qurilish chizmalari shartli ravishda arхitеktura-qurilish (turar-joy va jamoat binolari), muhandislik-qurilish (turli muhandislik inshoatlari), topografik (rеlyеf va holat: daraxt va ekinlar, suv havzalari, inshootlar, yo‘llar va h.k.) chizmalariga bo‘linadi. Yuqorida sanab o‘tilgan chizmalar bir-biridan sеzilarli darajada farq qilishi sababli qurilish obyеktlarining loyihalari komplеktlar dеb nomlanadigan qismlarga bo‘linadi. Har bir komplektning ishchi chizmalari marka bilan doimiy harfiy shartli bеlgilanadi.
Хalq хo‘jaligi va ishlab chiqarishning turli sohalari bine va inshootlari ishchi chizmalarining tarkibiga quyidagi ishchi chizmalarning asosiy komplektlari kiradi: qurilish mahsulotlari (tipaviy, takror qo‘llaniladigan, tipaviy bo‘lmagan)ning ishchi chizmalari; bino va inshootlarning alohida elementlarining o‘zaro ta’siri va bog‘lanishi tasvirlangan qurilma qismlarining tasvirlari.
Sanoat binolari ishchi chizmalarining asosiy komplektiga bosh plan va transport (BT markasi); arxitektura-qurilish yechimlari (AY markasi); interyerlar (AI markasi); temir- beton konstruksiyalar (TK markasi); metall konstruksiyalar (MK markasi); yog‘och konstruksiyalar (YK markasi); sanitar-texnika qurilmalari - vodoprovod (suv quvuri) va kanalizatsiya (chiqindilar quvuri) (VK markasi); isitish va shamollatish (ISh markasi) va h.k. larning chizmalari kiradi.
Turar-joy va jamoat binolarining loyihalari tarkibiga arxitektura-qurilish qismi kiradi. Bu komplekt chizmalari AQ markasi bilan belgilanadi. Ko‘rsatilgan komplektlar sanitariya-texnika chizmalarini o‘z ichiga olishi mumkin. Bu komplekt ST markasi bilan belgilanadi. Qurilma va mahsulotlar tugunlarining chizmalari ham alohida komplekt qilib ajratiladi.
Arxitekturaviy yechim ishchi chizmalarining asosiy komplekti tarkibiga quyidagilar kiradi: 1) ish chizmalari bo‘yicha umumiy ma’lumotlar; 2) qavatlarning planlari, jumladan, yerto‘la, texnik pol osti, texnik qavat va chordoqlar bilan birgalikda; 3) qirqimlar; 4) fasadlar; 5) pollarning planlari (zarur hollarda); 6) tom yopmasi (tom) planlari; 7) yig‘ma pardevorlarelementlarining joylashish sxemalari; 8) deraza o‘rinlari va boshqa bo‘shliqlarni to‘ldirish elementlarining joylashish sxemasi; 9) chiqarish elementlari (tugunlar, fragmentlar); 10) joylashish sxemasiga tafsilotli ro‘yxat (spetsifikatsiya).
1.3-QURILISH CHIZMALARIDA GRAFIK TAXT QILISH STANDARTLARINING QO‘LLANILISHI
Qurilish chizmalarini bajarishda quyidagi normativ hujjatlarga amal qilish zarur bo‘ladi: 1) qurilish chizmalariga tegishli bo‘lgan konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (QHYT); 2) qurilish uchun loyiha hujjatlari tizimi standartlari (QLHT); 3) xalq xo‘jaligida qo‘llaniladigan va qurilish chizmalariga tegishli bo‘lgan o‘zaro iqtisodiy yordam kengashi (O‘IYK) standartlari; 4) qurilish ish chizmalarining tarkibi va ularni taxt qilish bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomalar. QLHT standartlari QHYTga qo‘shimcha sifatida 1977-yildan boshlab nashr qilinadi.

QLHT va QHYT standartlarining klassifikatsiyasi va belgilanishi bir xil bo‘lib, ularga 21 kodi berilgan, keyin nuqtadan so‘ng standartning klassifikatsion guruhdagi tartib raqami va tiredan keyin tasdiqlangan yili ko‘rsatiladi.

QLHT standartlari quyidagi kvalifikatsion guruhlarga bo‘linadi: 0 - umumiy qoidalar; 1 - chizma va matnli hujjatlarni taxt qilishning umumiy qoidalari; 2 - loyiha hujjatlarining muomala qoidalari; 3 - muhandislik izlanishlari bo‘yicha loyiha hujjatlarini bajarish qoidalari; 4 - texnologik loyiha hujjatlarini bajarish qoidalari; 5 - arxitektura-qurilish loyiha hujjatlarini bajarish qoidalari; 6 - muhandislik ta’minoti (isitish, vodoprovod, kanalizatsiya va h.k.) loyiha hujjatlarini bajarish qoidalari; 7 - tipaviy izlanish hujjatlarini bajarish qoidalari; 8 - ABT (avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi)da qo‘llaniladigan mashinalarga moslashtirilgan loyiha hujjatlari qoidalari; 9 - boshqa standartlar.
Standartlarga amal qilinishi orqali quyidagilar tamin- lanadi: loyiha hujjatlarining shakli va grafik tasvirlarning soddalashishi; avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari (ABT)da qo‘llaniladigan loyiha hujjatlarini mashinalarda bajarish imkoniyatlari; loyiha hujjatlarini qaytadan taxt qil- masdan takroran foydalanish imkoniyati; bir xillashtirilgan hujjatlar tizimi (BXHT)ning va texnik-iqtisodiy ma’lumotlarni klassifikatsiyalash va kodlashtirishning yagona tizimlari (TIM KKYT) bilan zarur bo‘lgan o‘zaro aloqalari.

Qurilish chizmalaridagi tasvirlar yuqorida sanalgan hamma hujjatlar va DST 2.305 - 68, DST 21.101 - 79 talablariga javob berishi kerak. Bino chizmalarida qirqim bajarishda qarash yo‘nalishi plan bo‘yicha pastdan tepaga va chapdan o‘ngga qabul qilinadi. Tasvir soni masshtab kabi tasvirning murakkabligiga qarab aniqlanadi.


Mahsulot chizmalari va QLHTning mos standartlarida ko‘rsatilgan hollardan boshqa vaqtlarda chizmalarda masshtab qo‘yilmaydi. Hamma tasvirlar uchun yagona masshtab asosiy yozuvning maxsus grafasiga qoyiladi. Tasvirlashda har xil masshtablardan foydalanilgan hollarda, masshtab shu turning tagida masalan, . Agar bino seksiyalari-
ning plan va fasadlari takrorlanib keladigan bo‘lsa, ularni bino yoki inshoot koordinatsiya o‘qlari birlashtirib, bir marta ko‘rsatiladi. Bu birlashtirilgan tasvirlar «2, 3, 4-qavatlarning

  1. - 8 va 12 - 16 o‘qlari orasidagi plani», «Fasad 1 - 12» va «12 - 1» shakliga o‘xshash yozuvlar bilan ko‘rsatiladi. Qurilish chizmalarida o‘lchamlar millimetrlarda ko‘rsatiladi, agar ayrim hollarda santimetrlarda berilsa, bu chizmadagi eslatmada ko‘rsatiladi. Bino balandligi yoki fasaddagi sathlar metrlarda mingdan birgacha aniqlik bilan qo‘yiladi.

Bino va inshootlarning planlari odatda chizma qog‘ozi listining gorizontal tomoni bo‘ylab joylashtiriladi. Ko‘rinishlar, qirqimlar, fragment va tugunlarning kesimlari qog‘ozda ularning tartib raqamlari bo‘yicha chapdan o‘ngga va yuqoridan pastga qarab qo‘yiladi.


    1. KONSTRUKSIYALAR, ULARNING ELEMENTLARI VA DETALLARINING TASVIRLARIDAGI MODULLIK METRIK TIZIM. QURILISH CHIZMALARIDAGI

TAMG‘ALASH, MASSHTABLAR, KOORDINATSION O‘QLAR



Modullik muvofiqlashtirishning yagona tizimi (MMYT). Bu tizim qurilish normalari va qoidalari bilan aniqlangan. U turli xil maqsadlarga mo‘ljallangan binolar - turar-joy, jamoat, sanoat, qishloq xo‘jaligi va b. Shuningdek, temir- beton mahsulotlar, derazalar, eshiklar va binolarning boshqa elementlarini tayyorlashda foydalaniladi.

MMYT bino va inshootlarning konstruktiv elementlari, qurilish mahsulotlari va jihozlarini modullik koordi- natalarning fazoviy bazasida o‘lchamlari va hajmiy-reja- lashtirilishini muvofiqlashtirish qoidalarini belgilaydi. Asosiy modul sifatida 100 mm va uning hosilalari qabul qilingan (1.12-shakl).









1.12-shakl. Qurilish modullari yagona qatorining modul to‘ri
Tizim modullik koordinatalarining to‘g‘ri burchakli fazoviy tizimi (1.13-shakl, a, b) va mos modul tekisliklari, ular (modul chiziqlari)ning kesishish chiziqlari va modul chiziqlarining o‘zaro kesishishlari (modul nuqtalari)ni qo‘llashni nazarda tutadi. Bino va inshootlar hamda ularning alohida qismlari tuzilishining hajmiy rejalashtirilishiga ko‘ra, shuningdek, qiyshiq burchakli (1.13-shakl, c), silindrik (1.13-shakl, d), egri chiziqli va boshqa fazoviy metrik tizimlarda bo‘lishi mumkin.




Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling