TOSHKENT ARXITEKTURA
QURILISH UNIVERSITETI
BINO VA INSHOATLAR QURILISHI FAKULTETI
100-22 BIQo’ guruh talabasi Bigeldiyev Botir
Kadir o’g’lining
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
Qurilishda axborot texnologiyalari (Python/Matlab)
(
1-semestr) fanidan
tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
O’qituvchi: dots.E.Qurbonov
TOSHKENT 2022
MAVZU:
Elektron jadval bilan ishlaydigan dasturlar
imkoniyatlari va bir-biridan farqi.
Reja:
1. Elektron jadval o’zi nima?
2. Elektron jadval bilan ishlaydigan
dasturlarning
yaratilishi va ularning tarixi haqida.
3. Elektron jadvallar bilan ishlaydigan dasturlarning
turlari, imkoniyatlari va bir-biridan farqi haqida.
4. Mavzuning qurilish sohasidagi o’rni.
5. Xulosa.
1.Elektron jadval o’zi nima
Elektron jadvallar – jadval shaklida berilgan ma’lumotlarni
saqlash va qayta
ishlashga mo‘ljallangan dasturiy vositalardir. Elektron jadvallar ikki o‘lchovli
massivlar (ko‘pincha ish varaqlari deb ataladi) bo‘lib, ustunlar va satrlardan tarkib
topgan. Elektron jadvallar loyihalashtiruvchi
dasturiy vositalarni jadval
protsessorlari deb ham ataladi. Ular faqatgina jadvallar yaratibgina
qolmay balki
jadvaldagi ma’lumot larni qayta ishlashni avtomatlashtirish imkoniyatini beradi.
Bundan tashqari elektron jadvallar yordamida turli
iqtisodiy buxgalterlik va
injenerlik
hisob-kitoblarini bajarish, turli ko‘rinishishdagi diagrammalarni ko‘rish,
murakkab iqtisodiy tahlil o‘tkazish, turli xo‘jalik vaziyatlarini
modellashtirish va
optimal yechimini topish mumkin.