Bino va inshootlar fakulteti «Bino va inshootlar arxitekturasi» fanidan Mustaqil ish mavzu
Download 174 Kb.
|
BIA Yaxyoyev Ulug\'bek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish chizmasi
- Loyihalashning Texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari.
- Asosiy ko`rsatgichlariga quyidagilar kiradi;
- BINOLARNI LOYIHALASH BO’YICHA UMUMIY TAVSIYALAR
Loyihalash jarayoni.
Loyihalash – tashkilotlar tomonidan ular tuzishni topshiradigan -buyurtmachi tashkilotdan topshiriq olib, bino loyihalarini tayyorlaydi va bu ishlar 2 qismda amalga oshiriladi: 1) Topshiriq loyihasi -sxema tarzida ko`rsatilgan bino qavatlari; -binoning sxema tarzida ko`rsatilgan kesimi; - binoning old tomondan ko`rinishi (tarz); - uchastkaning bosh tarhi (genplani); - tushuntirish xati; 2) Ish chizmasi Ish chizmasi tarkibiga har bir qavati tarhlari, kesimlari, tashqi ko`rinishi, poydvor chizmalari, hamma murakkab tugun chizmalari, qavatlar aro yopmalar rejalari, ichki va tashqi pardozlar, zavodlarda tayyorlangan detallar tasnifi va tushintirish xati kiradi. Loyihalashning Texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari. Topshiriq loyihasi buyurtmachi topshirig`iga ko`ra tuziladi va unda quyidagi texnik-iqtisodiy ko`rsatkichkar ham keltiriladi: * yashash maydoni YaM ;
%(Turar joy binolarida) = M – maydon YaM – yashash maydoni FM – foydalanish maydoni IM – ishchi maydon H – hajmi Eslatma ( Bu yerda - bir xonali kvartiralar uchun 0.54 – 0.56; ikki xonali uchun 0.58 – 0.6; uch xonali uchun esa 0.62 – 0.64 ga teng bo`lishi kerak. - bino hajmidan foydalanish ko`rsatkichi.) BINOLARNI LOYIHALASH BO’YICHA UMUMIY TAVSIYALAR Yashash uchun mo’ljallangan binolarni loyihalashda obodonlashtirish bo’yicha talablarni hisobga olgan holda xonalar bilan birgalikda tarxlashtirish masalalarini birlashtiruvchi, sanitariya-gigiena, iqtisodiy, konstruktiv echim masalalari va ekspluatastiyasi, konstruktiv elementlarning industiralligi va unifikastiyanganligi bilan bog’liq bo’lgan konstruktiv echim masalalari, qurilish konstrukstiyalari va detallarini yig’maligi va iqtisodiyoti kabi murakkab kompleks muammolar ko’zda tutiladi. Loyihaning grafik qismini ESKD (konstruktorlik xujjatlarining yagona tizimi) va SPDS (qurilish uchun loyihalash xujjatlarining tizimi) talablarini bajargan holda A1 yoki A2 bichimdagi chizma varoqlarida bajariladi . GOSTlar sborniklariga birlashtirilgan chizmalarni rasmiylashtirish qoidalari va shartlari ESKD tarkibiga olingan . Qurilish uchun loyihalash xujjatlarining tizimi (SPDS) ESKD ga qo’shimcha bo’lib bosilib chiqadi. Bajariladigan AS markali chizmalar arxitekturaviy-qurilish qismiga taaluqlidir. Qavatlar tarxlari, qirqimlar va tarzlarni bajarishda M1:100, M1:200 ba’zida M1:50 masshtablar, tom qoplamalari, pollar, texnik qavatlar tarxlarini bajarishda M1:200, M1:500 masshtablar; tugunlarni chizishda esa M1:5, M1:10, M1:15, M1:20 kabi masshtablar ishlatiladi. Loyihada masshtablarni burchak shtampida, yoki agar chizma varoғida bir nechta masshtablar ishlatilsa, har bir tasvirni tepasida ko’rsatish kerak. Chizmalar chiziqlarining qalinliklarini GOST 2.303-68 bo’yicha qabul qilinadi. Shuningdek, GOSTlar talablariga tarx, qirqim, tarz, tugunlar sathlarining (balandligi, ichkarisi o’lchamlari ) shartli belgilari mos kelishi kerak. Bino birinchi qavatining polidan nul belgi qabul qilinadi. Qurilish chizmalarida nishablar oddiy kasr ko’rinishida (1:12) yoki uchtagacha son aniqligida (0.070) o’nli kasr ko’rinishida keltiriladi. Tarxda nishabning yo’nalishi strelka () bilan ko’rsatiladi. Qurilish chizmalari uchun asosiy yozuvlar namunalari [24, 5, 9, 16- rasmlarda] keltirilgan. Loyihaning grafik qismini bajarishdan avval, issiqlik texnikasi hisobi (tashqi devorlarni issiqlik texnikasi hisobiga qaralsin) asosida tashqi devorning qalinligini aniqlash zarur va ikki qavatli binolar uchun zina katagi hisobini bajarish kerak. Zinani hisoblashga misol keltirilgan. Qurilish chizmalaridagi yozuvlar uchun shriftlar GOST 2.304-81 bo’yicha bajariladi. Qurilish chizmalarini tushuntirib beruvchi yozuvlar izohlari, sharhlari GOST 21.105-79 qurilish uchun loyiha xujjatlari talablarini hisobga olgan holda GOST 2.316-68* va GOST 2.308-68** talablariga mos kelishi kerak. A1 bichimdagi chizma varog’ini o’rab turuvchi ramkaning chizig’ini varoqni chetidan 5-10mm. oraliq qoldirib 0,7mm dan kam bo’lmagan qalinlikda chizish kerak. Download 174 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling