Bino va inshootlar fakulteti «Bino va inshootlar arxitekturasi» fanidan Mustaqil ish mavzu


Qurilishda loyihalashni tashkil qilish


Download 174 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi174 Kb.
#1537554
1   2   3
Bog'liq
BIA Yaxyoyev Ulug\'bek

Qurilishda loyihalashni tashkil qilish
Qurilishda loyiha hujjatlari “Shaharsozlik norma va qoidalari” (ShNQ), «Qurilish me’yorlari va qoidalari» (QMQ) ga muvofiq ko‘rinishda ishlab chiqiladi va korxonalar, bino va inshootlarni yoki ularning majmualarini qurish uchun zarur va yetarli, asoslangan, texnik va iqtisodiy tavsifli grafik va matn ko‘rinishidagi materiallar to‘plamidan tashkil topadi. Qurilish loyiha xujjatlari ShNK 01.03.01–102 ga muvofiq ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Loyihalash jarayoni loyihani amalga oshirishning tashkiliy–texnik davriga (TTD) kiradi va u uchta bosqichdan iborat bo‘lib, uchinchi bosqichga to‘g‘ri keladi. TTD quyidagicha tavsiflanadi. Birinchi bosqichda ko‘proq ob’yektiv ma’lumotlar to‘plash maqsadida, Rossiyaning aksariyat hududlarida loyihalashdan oldingi bosqich, ya’ni yer uchastkasini qurilish uchun ajratish bo‘yicha qaror qabul qilinishida hujjatlar ishlab chiqish bosqichi joriy qilingan. Bu bosqichda ishlab chiqaradigan mahsulotlari va xizmatlar nomenklaturasi bilan ob’yektlarning hajmiy–rejalashtirishga oid va uning texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlari belgilanadi. Keyin esa umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha yoki o‘xshash (analog) ob’yektlar bo‘yicha muhandislik ta’minotidagi ehtiyojlarga (jumladan, issiqlik, suv, elektr energiyasi, xo‘jalik – oqova suvlari, gaz), xom ashyo va materiallarga bo‘lgan talab darajasiga aniqlik kiritiladi. Bundan tashqari, mikro hududlar va sanoat miqyosida foydalanishga mo‘ljallangan yirik ob’yektlarni qurish uchun transport sxemalari ishlab chiqiladi va ijtimoiy–maishiy turmush sektorini rivojlantirish chora–tadbirlari belgilanadi. Sanoat va ommaviy bino va inshoot majmualari hajmiga aniqlik kiritiladi.
Ikkinchi bosqichda qurilishning mahalliy o‘z–o‘zini boshqarish organlari tomonidan ruxsat berilganidan keyin, SES, Davlatyong‘innazorat va atrof– muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tashkilotlardan ushbu hududda ob’yektlarni qurish haqidagi yozma ravishda yakuniy xulosalar olinadi. Shundan keyin, zarur holda majmuaviy muhandislik izlanishlari amalga oshiriladi va moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritiladi. Natijada texnik imkoniyatlar, sarflanadigan investitsiyalarning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan maqsadga muvofiqligi haqida qarorlar qabul qilinishi uchun zarur yechimlar tayyorlanadi. Shu bilan yer uchastkasini qurilish maqsadlari uchun berish haqida qarorlar tayyorlanishi bosqichi nihoyasiga yetadi.
Investitsiyalar bo‘yicha kelishuvlar va tasdiqlashga doyir uchinchi bosqich yakunlovchi bo‘lib, bu bosqich ob’yektlarni loyihalash jarayonida bajariladi. Loyihalash oldidan Buyurtmachi loyihalash topshiriqlariga aniqlik kiritadi, joriy muhandislik tarmoqlari bilan bog‘lanishlar bo‘yicha texnik shartlarni oladi, me’morchilik–rejalashtirish topshiriqlarini rasmiylashtiradi, materiallarga aniqlik kiritadi, qurilishni amalga oshirish uchun talab qilingan, ijtimoiy–iqtisodiy holatlarni tavsiflab beradigan boshqa masalalarga aniqlik kiritadi.
Xulosa
Qurilish me’yorlari hisoblash ishlarini osonlashtirish maqsadida bino eng katta va eng kichik birligiga to’g’ri keluvchi simmetriya o’qlari bo’yicha yo’nalgan birgina gorizontal seysmik kuchlarni hisobga olishni tavsiya etadi. Bino va inshootlar loyihasini ishlab chiqishda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilish talab etiladi.
Hajmiy rejalashtirish va konstruktiv yechimlar simmetriya hamda massa birlikni barobar taqsimlanishi shartlarini qoniqtirish kerak.
Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini shahar qurilish, hajmiy rejalashtirish va konstruktiv tadbirlarni amalga oshirish orqali ta’minlash mumkin. yer qimirlaydigan xududlarda aholi yashaydigan joy rejalashtirish masalalarni yechishda maydon ko’proq ko’kalamzorlashtirilgan zonalardan va binolar oralig’ida katta bo’shliq joylar qoldirilgan bo’lishi kerak. Bu tadbir va talablar asosan yong’inga qarshi tadbir hisoblanib, yong’in tarqalishini oldi olinadi. Bulardan tashqari me’yorlar bo’yicha ko’cha kengligi va binolar oralig’ini 15-20% kattaroq qilib olinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Asqarov b.A., Nizomov SH.R.
“Temir-beton va tosh, g’isht konstruktsiyalari”. Toshkent “O’zbekiston” 2003y.
2. Akramov X.A., Kuchkarov r.A., Pirmatov R.X.
“Ko’p qavatli sanoat binolarini zilzilaviy xududlarda loyihalash asoslari”. O’quv qo’llanma. Toshkent 2002y.
3. Marakaev R.Yu. “Ma’muriy maishiy binolarni loyihalash”.
Uslubiy qo’llanma. Toshkent 1993y.
4. M. Miralimov, S.Sayfiddinov, M. Babajanov
“Arxitektura” . Toshkent 2016yil
5. Vikipediya
Download 174 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling