O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti Shahar Qurilish va Xo’jaligi kafedrasi


Download 270.67 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi270.67 Kb.
#1403241
  1   2   3   4
Bog'liq
Shahobiddin mikrarayon tushuntirish xati


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi


Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti


Shahar Qurilish va Xo’jaligi kafedrasi

Shahar hududini injenerlik tayyorlash, rejalishtirish va qurish va rekonstruksiya qilish” fanidan





Kurs loyihasiga tushuntirish xati





Bajardi:Baratov Sh


Qabul qildi: Mutalova B.I

Kirish



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QURILISh SOHASIDA ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Qurilish sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, qurilishning barcha bosqichlarida shaffoflikni ta’minlash maqsadida:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi hududida 2028 yil 31 dekabrga qadar shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatidan tartibga solishga doir milliy normativ hujjatlar bilan bir vaqtda, shu jumladan loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bosqichida 1-ilovada keltirilgan xorijiy normativ hujjatlar qo‘llanishiga ruxsat etiladi:
mahalliy loyiha-qidiruv tashkilotlarini jalb etgan va milliy normativ hujjatlarga nomutanosib bo‘lgan qismlar uchun kompensatsiyalovchi choralarni ta’minlash bo‘yicha maxsus texnik shartlarni ishlab chiqqan holda, xorijiy normativ hujjatlar asosida ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarining moslashtirilishi;
zarur hollarda moslashtirilgan loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqish uchun vakolatli organ tomonidan jalb qilingan mustaqil xorijiy mutaxassislar va konsultantlar xizmatlari uchun to‘lov xarajatlari, ushbu hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalaridan qat’iy nazar, buyurtmachi (investor) tomonidan qoplanishi;
b) 2020 yil 1 iyuldan:
soliq va statistika hisobotlari ma’lumotlari (ish tajribasi, xodimlar, shu jumladan malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar va to‘langan soliqlar, ish haqi to‘lash fondi va boshqa mezonlar) asosida avtomatik tarzda shakllanadigan loyiha-qidiruv tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi;
v) 2020 yil 1 sentyabrdan:
soliq va statistika hisobotlari ma’lumotlari (ish tajribasi, xodimlar, shu jumladan malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar va to‘langan soliqlar, ish haqi to‘lash fondi va boshqa mezonlar), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi ma’lumotlari (qurilishi tugallangan ob’ektlar hajmi, shaharsozlik qonunchiligini buzish holatlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarning mavjudligi va ularning ijrosi hamda boshqa mezonlar) asosida qurilish ishlari hajmlari va ob’ektlariga muvofiq tabaqalashtirilgan holda avtomatik tarzda shakllantiriladigan qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi;
g) 2021 yil 1 yanvardan:
qurilish sohasidagi davlat xaridlari doirasida xarid tartib-taomillari, loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarining xarid tartib-taomillarida belgilangan malaka talablariga muvofiqligini baholashda ularning elektron reytingi ma’lumotlaridan foydalanish va boshqa elektron tizimlar bilan integratsiyalash imkoniyatini hisobga olgan holda, elektron shaklda onlayn rejimida amalga oshiriladi;


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI

Download 270.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling