Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi “Bino va inshootlarni texnik eksP
Download 88.1 Kb.
|
БИТЭ курс лойихаси - Элбек1111
DEFEKTLARNI TIKLASH CHORALARI.
Bino konstruktsiyalarini grunt va yog‘ingarchilik suvlarining ta’siridan himoya qilish judayam muhim. A-G, 1-4 o‘qlari bo‘yicha yer satxi tushurilib, otmostka qilish lozim. Devorlarda darzlarni va o‘yiqlarni yamash, ko‘chgan g‘ishtlarni tiklash, sirtini tozalash, namlanganlikni va uning natijasida yuzaga kelgan dog‘larni bartaraf etish choralarini ko‘rish kerak. G‘isht devorlarini qurilishida gidroizolatsiyani joylashishiga yoki quyilishiga quritish ishlari bog‘liq. Quritish ishlari qaysi joyda namlik aniqlanishi va ish xajmini belgilashga bog‘liq. Devorda gidroizolyatsiyani borligini va sifatini aniqlash uchun elektr o‘lchov usullari tavsiya etilishi mumkin Pardevorlarning shift bilan tutash qisimlarida yuzaga kelgan darzlarni yamash, chakka o‘tishi natijasida yuzaga kelgan dog‘lardan tozalash lozim. Binoda bir marta namlanish asosan tomdan suv o‘tib ketishi natijasida bo‘lgan va chetlashtirish ishlari tabiiy yo‘l bilan yoki isitish va ventilatsiya yordamida quritish mumkin. ‘rotsessini tezlashtirish uchun issiq olovli va elektr qurilmalardan va xloristiy kalg‘tsiy yordamidan foydalanish mumkin. Bu qurish muddati atrof-muxit tem’raturasiga ham bog‘liq. Agarda namlik har doim bo‘lsa misol uchun grunt suvlari ta’sirida na isitish ishlari na boshqacha quritish ishlari yaxshi natija bera olmaydi. CHunki namlanish har doim bunday xollarda konstruktsiyani namlashdan saqlash kerak va namlanish kelayotgan joyni chetlashtirish kerak. SHu bois darxol bu salbiy vaziyatdan chetlatish lozim. Keyinchalik quritish ishlari olib borish mumkin bo‘ladi. Buning uchun tabiiy quritish usulidan xam foydalanish mumkin. Tom qismlarini,o‘yiqlarni yamash, Elementlarni to‘g‘irlash kerak. Tom yo‘masida, do‘ngliklar ‘aydo bulgan joylarni yuqotish kerak tomda chakki utayotgan tirqishlarni berkitish,tozalash va mustaxkamlash, choralarini zudlik bilan ko‘rish lozim. Zinalardagi kichik – kichik darzlarni yamash, ko‘chib ketgan mramor plitkalarini yo‘ishtirish, tutqichlarni mustaxkamlash kerak. Pol konstruktsiyasidagi tarketlarni ko‘chgan qismini mustaxkamlash, ayrim joylarini almashtirish va tozalash, lok bilan bo‘yoqlash lozim. Lenoleum pollarning surilgan qismlarini taranglab maxkamlash, plintuslarni mustaxkamlash, yirtilgan qismini yangi ashyoga almashtirish lozim. So‘ol koshinlarni ko‘chgan qismini tsement – qumli qorishma bilan yo‘ishtirish, qolgan qismlarni yuvib tozalash kerak. Eshik – romlarning shishgan, kesakisiga tegib qolayotgan joylarini randalash, qism (oshiq-moshiq, tutqich, qulf, shpingalet)larini tiklash, maxkamlash, ayrimlarini almashtirish, singan ko‘zlarga oyna solish lozim. Joylarda devor bilan qovushqoqligi yo‘qolgan va tushib ketgan suvoqlarni ko‘chirish, devorlarni tayyorlash va qayta suvoqlash lozim. Ayrim xona devorlardagi dog‘larni tozalab vodoemulg‘siya bilan pardozlash, mel bilan ‘ardozlangan shift va devorlardagi dog‘larni tozalash, yuvib ko‘chirish, kaytadan mel bilan ‘ardozlash choralari ko‘rilishi lozim. Quvur o‘tkazgichlarni zanglagan qismlarini zangdan tozalash va bo‘yoqlash, ulangan qismlaridagi hosil bo‘lgan tirqishlarni berkitish yoki quvrni almashtirish, oqava quvrlarini ulangan qismlarini tuzatish, muhandislik jixozlari, isitish asboblarini ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish kerak. Yetarlicha yoritilmayotgan xonalarda nosoz yoritgich qurilmalarini talab darajasida ta’mirlash va tashkil etish, elektr asboblarini tuzatish, yaroqsizlarini yangisiga almashtirish lozim. 13- jadval
Binoda umumiy jismoniy eskirish 32 % Download 88.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling