Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi “Bino va inshootlarni texnik eksP


Download 88.1 Kb.
bet1/8
Sana04.04.2023
Hajmi88.1 Kb.
#1324930
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
БИТЭ курс лойихаси - Элбек1111


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI” kafedrasi
Bino va inshootlarni texnik
eksPlUatatsiyasifanidan


KURS LOYIHASI

Bajardi: 4-19 SHQ va X guruh


talabasi E.E.Tojaliyev

Rahbar: O‘.A.Mirzaaxmedova


Taqrizchilar: S.M.Mirzababayeva


G‘.M.Qodirov

Kafedra mudiri: Sh.A.Umarov


Farg‘ona – 2022 y.
MUNDARIJA:



  1. Kirish..................................................................................................... 6


  1. Bino qurilish tavsifi .............................................................................. 7




  1. Konstruktiv elementlar ......................................................................... 8




  1. Binoning injenerlik jihozlar .................................................................. 8




  1. Binoda olib borilgan muhandislik tadqiqot ishlari ............................... 9


  1. Binoni tashqaridan tekshirish ............................................................... 11




  1. Konstruktsiya, element va tizimlarning jismoni eskirishini

baholash. .................................................................................................. 12

8. Deffektlarni tiklash choralari......................................................... 18


9. Deffektlarni tiklash uchun ishlarning tahliliy tarkibi...................... 20
10. Xulosa ………………………………………………………………..

11. Adabiyotlar ........................................................................................ 21



KIRISH

O‘zbekiston Respublikasining turar-joy va jamoat binolari jamg‘armasi nihoyatda katta moddiy qiymatni tashkil etadi. Uni saqlash esa muhim davlat ahamiyatiga molik masaladir. Bu masalaning yechimi binolarni texnik ekspluatatsiyasini to‘g‘ri tashkillashtirish, kapital va joriy ta’miriash ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazish hamda binolarni zamonaviy rejalashtirish va sanitar-gigienik talablar asosida ekspluatatsiyalash orqali ta’minlanadi.


Texnik ekspluatatsiyalash va kapital ta’mirlash ishlari hajmi so‘nggi yillarda sezilarli o‘sib bormoqda. Xususan, kollej va litseylar, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, sport inshootlari, turli-tuman jamoat va ma’muriy binolar bu borada asosiy o‘rinni egallab turibdi. Unda shaharsozlik, me’morchilik va qurilish ishlarini lashkillashtirish bo‘yicha turli murakkab masalalarni yechishga to‘g‘ri keladi.
Ko‘p hollarda bino qavatlari sonini oshirish, ayrim konstruktsiyalarni yalpi yoki tanlov bilan almashtirish, konstruktiv unsurlarni, shu jumladan asos va poydevorlarni kuchaytirish ehtiyoji tug‘iladi. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday ishlarni odatda tor hovlilarda va ko‘chalarning tor qismlarida, transport harakati va binolarda risoladagi yashash sharoitini buzmagan holda bajarishga to‘g‘ri keladi.
Ta’mirlash – qurilish ishlari qurilishning o‘ziga hos sohasini ifoda etadi. Binobarin ish olib borish texnologiyasi yangi bino barpo etish bqyicha qilinadigan ishlar majmuidan farq qiladi. Yangi qurilishga hos bqlmagan maxsus ishlarni (konstruktsiya va injenerlik qurilmalarini demontaj qilish, konstruksiyalarni ta’miriash va kuchaytirish va hokazolar) bajarish lozim bo‘lib qoladi. Bundan tashqari poydevor, devor, orayopma va tomlarni saqlash talab etiladi.
Ta’miriash obyektlariga hajmiy – rejaviy va konstruktiv yechimlarning turli-tumanligi, qo‘llaniladigan konstruksiya va detallarning o‘lcham turlarining ko‘pligi, ish hajmlarining tarqoqligi va ayrim hollarda oz miqdorligi hamda ta’miriash ishlarini olib borish sharoitining nihoyatda murakkabligi, ish frontining ozligi, obyekt oidi maydonchalarining yetarli emasligi, ishlarni ekspluatatsiya qilinayotgan binolarda olib borilishi, ta’mirlanuvchi ekspluatatsiya qilinayotgan ob’ektning transport harakati kuchli bqlgan shahar magistrallari joylashgan hollar hosdir.
Bino va inshootlarni texnik ekspluatatsiyalash, ularga belgilangan vazifalarni tubdan yoki qisman o‘zgartirish, bino hududini yaxshilash, zamonaviy me’yoriy talablarga moslashtirish maqsadida amalga oshirilgan tadbirlardan iborat.
Bino va inshootlarni ekspluatatsiya qilish tadbiri korxonalarni texnikaviy qayta jihozlashida ham amalga oshiriladi, ammo bunday hollarda qurilish – montaj ishlariga qilinadigan sarflar umumiy kapital jamg‘arma miqdorining 10 % dan oshmasligi lozim.
Ekspluatatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni amalga oshirganda yangi qurilishga nisbatan sezilarli ravishda kapital mablag‘lar kam sarflanib, qilingan harajatlar 2 – 2,5 barobar tezroq qoplanadi.
Xususan, mustaqillik yillarida shahrimiz qiyofasining tanib bo‘lmas darajada o‘zgarishi, modernizatsiya ishlarining keng miqyosda olib borilishi oqibatida yuz berdi. Bu borada obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari ham keng ko‘lamda bajarilayapti.
Texnik ekspluatatsiya majmuiy tavsifga ega bo‘lib, shahar, qishloq infratuzilmalari taraqqiyotining uzoq istiqbolini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
Aks holda faqat bugungi kun talabi bilan bajarilgan ishlar kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan ekspluatatsiya ehtiyojlarini bajarishda qator murakkabliklar tug‘dirishi mumkin. Bu murakkablik nafaqat texnikaviy va joyning me’moriy qiyofasi nuqtayi nazaridan, iqtisodiy tomondan ham katta ahamiyatga ega.



Download 88.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling