Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi “Bino va inshootlarni texnik eksP


Download 88.1 Kb.
bet3/8
Sana04.04.2023
Hajmi88.1 Kb.
#1324930
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
БИТЭ курс лойихаси - Элбек1111

BINODA OLIB BORILGAN MUHANDISLIK
TADQIQOT ISHLARI

Grunt suvlarining ko‘tarilishi va A-G, 4-1 o‘qlari bo‘yicha yer satxining ko‘tarilishi oqibatida otmoskalarning yo‘qolishga olib kelgan, bu esa o‘z navbatida bino ‘oydevorlarining namlanishiga sabab bo‘lgan. Bu salbiy ta’sirlar natijasida bino jismoniy va ma’naviy yemirilishga uchragan va bu yemirilishni aniqlash uchun har bir bino konstruktiv Elementlarining jismoniy yemirilishlarini aniqlab binoning jismoniy yemirilish darajasini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz.


Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, me’yoriy eks’luatatsiya sharoitida ko‘pchilik konstruktsiyalar o‘zlarining me’yoriy xizmat muddatida fizik – mexanik xossalarini tugatmaydilar.
Binoni kuzatuv davrida tabiiy va texnologik ta’sirlar natijasida bino devorlarida (ayniqsa «3-1», «A-G» va «1-4» o‘qlari bo‘yicha fasadlarda) ayrim ochiq bo‘lmagan darzlar, namlanishlar va o‘yiqlar, dog‘lar paydo bo‘lgan.
Fasadlarda g‘isht qirralarining ko‘chganligi, yedirilib ketganligini kuzatish mumkin.
Pardevorlar bilan shiftlar kesishgan qismlarining ayrim joylarida kichik – kichik darzlar uchrashi va chakka o‘tishi natijasida namlanishning salbiy ta’sirlarini kuzatish mumkin.
Ekspluatatsiya vaqtida zinapoyalarda, pog‘onalarda kamdan kam kichik darzlar, mramor qo‘lamalarni ko‘chganligi, tutqichlarning ayrim zararlanishi ko‘zga tashlanadi.
Tom konstruktsiyalari qoniqarli darajada bo‘lib faqatgina mahkamlovchi qismlari zaiflashgan.
Pol konstruktsiyasida tarket pollarning ayrimlari asosdan ajralib qolishi, jarohatlanishi, singanligi, darz paydo bo‘lishigacha yetib kelgan. Xarakat bo‘ladigan qismlarda yedirilishi 0,5m2 maydonda 20% gacha o‘yiqlar hosil bo‘lgan. Lenoleum pollarning yirtilib ketganligi, surilib, do‘ngliklar paydo bo‘lganligini kuzatish mumkin. Ayrim sanitariya xonalarida so‘ol koshinli pollarning qismlarida koshinlar ko‘chib ketgan.
Me’moriy bezak yechimi tomonidan devorlarga yopishtirilgan bezaklar ko‘chib ketgan suvoqlarning devor bilan qovushqoqligi yo‘qolib, ba’zi joylarda ko‘chib tushganligi, chakka o‘tishi natijasida dog‘lar paydo bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
Bino konstruktsiyalarining atmasfera va havo namligi ta’siri natijasida konstruktsiyalar xususiyatlarini buzulishiga, yemirilishiga olib kelgan.
Qurilish konstruktsiyalarida eng ko‘p namlik ta’siriga uchragan eshik, devor, rom konstruktsiyalari va biriktirilgan joylaridir. Shu jumladan, binoda rom tabaqalarining tob tashlaganligi, ostki taxtalarining chirishi, tabaqalarning osilib, eshik tabaqalari yedirilgan va osilib qolgan. Ayrim ko‘zlarida oynalarning singanligi kuzatildi.
Ayrim muxandislik jixozlari va tizimlaridagi vaqt o‘tishi natijasida xosil bo‘lgan tirqishlardan tomchilayotgan suv tomchilari o‘zi ustiga tushgan bino konstruktsiyalarining va elementlarining namlanishi va o‘z xususiyatlarini yo‘qotishiga olib kelgan.
Muxandislik jihozlari joylashgan xonalarda suv jo‘mraklarining talab darajasida xizmat qilmayayotgan xollari uchraydi.
Ba’zi bir xonalarda yoritgich qurilmalarinig nosozligi, ishdan chiqqanligi, elektr jixozlarining (tok suqgich, kalitlar) yaroqsiz holga kelganligi kuzatildi.



Download 88.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling