2. SANOAT KORXONALARI YoRDAMCHI
BINO VA XONALARI.
Sanoat korxonalarini loyihalashda o’sha xududda ishchilar uchun tibbiyot, sotsial – madaniy, o’z-o’ziga xizmat qilish va boshqaruv (administrativnoy) xonalari bo’lishi kerak.
Buning uchun yordamchi binolar xizmat qiladi va ularda umumiy ovqatlanish, madaniy dam olish, tibbiy yordam, konstruktorlik byurosi, o’quv va boshqaruv tashkilot xonalari joylashadi.
Yordamchi bino va xonalar qurilishni industrializatsiyalash chidamlilik va iqtisodiy talablarga javob berishi kerak.
Yordamchi bino va xonalarni sanitar – texnik jihozlarini maydoni va sonini ishlayotgan ishchilarni soniga qarab topiladi.
Ularda xizmat qilish xonalarini joylashtirish umumiy va alohida bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |