Ko’p qavatli binolar sxemasi ko’p oraliqli bo’lib o’rta oraliqlarda ikkinchi darajali ishlab chiqarish joylashadi, chunki ularga kam miqdordagi tabiiy yorug’lik yetarlidir. Ko’p qavatli binolar birinchi qavatida katta va og’ir jihozli ishlab chiqarish joylashsa, yuqori qavatida portlash va yong’in chiqishiga yaqin bo’lgan havoga yoqimsiz gazlar chiqaradigan ishlab chiqarish joylashadi.
Ko’p qavatli binolar guruhiga tepa qavat ustunlar setkasi yiriklashtirilgan ikki qavatli binolar guruhchasi ham kiradi. Bunday binolar yuqori qavatida asosiy ishlab chiqarish, birinchi qavatida yordamchi xizmatlar (ta’mirlash bo’limi, elektrokarlar deposi, maishiy xonalar), hamda energetika va sanitar texnik tarmoqlar joylashadi. Ikki qavatli binolarda mashinasozlik, yengil, oziq – ovqat, poligraf va boshqa sanoat korxonalarini joylashtirish imorat maydoni va bino qurilish hajmini kamayishi hisobiga iqtisodiy samara keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |