Ishlab chiqarish guruhi
|
1 ta suv quvuri jumragiga to’g’ri keladigan odamlar (soni)
|
I a, I v,II g.
I b.
II a, II b, II v.
|
7
15
20
|
Hojatxonalar. Sanitar–texnik jihozlar hisobiga qarab, ularni issiq joylarga yaqin bo’lgan tsex hojatxonalariga joylashtirish kerak. Ish joyidan hojatxonagacha bo’lgan masofa 75-100 m dan oshmasligi lozim. Garderob dush bo’linmalarida ham 1-2 unitaz o’rnatish ko’zda tutiladi. Hojatxonalar polga o’rnatilgan unitaz yoki chashkalar bilan jihozlanadi. Hojatxona eshigi tashqariga ochiladi. Hojatxona xonachalari balandligi 1,8 m bo’lgan bo’limlar bilan ajratiladi. Bo’linmalar polga nisbatan 20 sm balandlikda joylashtiriladi. Xonalarning rejali o’lchami 1,2x0,8 m. Xonachalar orasidagi o’tish joylari quyidagicha qabul qilinadi:
- bir qatorda xonachalar soni 6 va undan ko’p bo’lsa – 2 m.
- bir qatorda xonachalar soni 6 tadan kam bo’lsa – 1,5 m olinadi.
Hojatxona bilan devor oralig’i 1,3 m olinadi. Priborlar soni smenadagi eng ko’p ishchilar soniga qarab 15 kishiga bir sanitar jihozi qabul qilinadi. Hojatxonaga dahliz (tambur) orqali kirish tavsiya etiladi, dahlizda hisob bo’yicha 4 ta unitaz uchun bir yuz-qo’l yuvgich bo’lishi kerak. Umuman hojatxonalarda kamida 1 ta yuz-qo’l yuvgich bo’lishi shart. Hojatxonalarni «quruq» xonalar ustiga joylashtirish tavsiya etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |