1.2. BINONING TUZILMAVIY ELEMENTLARINI REJALASH O’QLARIGA BOG’LASH.
Unifikatsiyalangan hajmiy – rejali va tuzilmaviy yechimli sanoat binolaridan foydalanish tuzilmaviy elementlarni rejalash o’qlariga bog’lash qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Bog’lash o’lchami deb rejalash o’qidan chetigacha, yoki tuzilmaviy element qismi geometrik o’qigacha bo’lgan masofa tushuniladi.
Karkas binolarda chetki va devorlar bo’ylama rejalash o’qlariga nisbatan «nulevoy», 250 mm va 500 mm ga bog’lanadi.
Rasm-2. Bir qavatli binolar ustun va devorlarini ko’ndalang va bo’ylama rejalash o’qlariga bog’lash
a – ustunlari o’rta o’q chiziqlariga bog’lash, b-v – shuni o’zi, ustun va devorlarni chetki bo’ylama o’q chiziqlariga, g-e – shuni o’zi, bino yon tomonidagi ko’ndalang o’q chiziqlarga va ko’ndalang harorat choklari bor joylarda, j-i – oralig’i bir xil balandlikda bo’lgan binolarning ko’ndalang harorat choklaridagi ustun va qo’shimcha qo’yilgan elementlarni bog’lash, k-m – shuni o’zi, balandligi har xil bo’lgan parallel oraliqlarda, n-o – shuni o’zi, o’zaro perpendikulyar birlashagan oraliqlarda, p-t – yuk ko’taruvchi devorlarni bo’ylama rejalash o’qlariga bog’lash; 1 – yuqori oraliqlar ustuni, 2 – past oraliqlar ustuni, qaysiki yuqori ko’ndalang oraliqlarga yon tomoni bilan birlashadi
Do'stlaringiz bilan baham: |