- bir qavatli binolarga texnologik jihatdan asbob uskunalari katta hajmli, og’ir va chiqaradigan mahsuloti katta gabaritli bo’lgan (prokat, yig’ish tsexlari), ishlab chiqarish joylashadi. Bir qavatli binolar sanoatni 75% tashkil etadi.
Oralig’iga qarab bir va ko’p oraliqli bo’ladi. Oraliq ishlab chiqarish hajmi bo’lib, bir oraliqli sxema perimetri bo’yicha ustunlar qatori va orayopma bilan chegaralangan bo’ladi. Ustunlar ko’ndalang qatori orasidagi masofa oraliq eni hisoblanadi. (rasm-1.)
Rasm-1.Bir qavatli sanoat binolariing asosiy ko’rinishlari
a - bir oraliqli, fonarsiz, b – shuni o’zi, ko’priksimon kranli, v, g – ko’p oraliqli, fonarli
Oraliq 12m dan 60 m va undan yuqori bo’lishi mumkin (samolyotsozlik).
Rejaviy shakliga qarab bir qavatli binolar pavilonli (qisqa enli va oralig’i kam), katta o’lchamli (sploshnoy) va ko’p oraliqli bo’ladi.
Ichki tayanchlarini (oporalar) (yuk ko’taruvchi qismi) qo’yilishiga qarab bir qavatli sanoat binolari yacheykali (kvadratli), oraliqli, zalli (tayanchlar orasi 100 m va undan oshiq) bo’ladi.
Ko’p qavatli binolarga texnologik jarayoni tik yo’nalgan ishlab chiqarish joylashadi.(engil, oziq - ovqat, radio ishlab chiqarish va h.k).
Do'stlaringiz bilan baham: |