1.SANOAT BINOLARI TURLARI.
Sanoat binolar qo’llanishi (naznacheniyu) va asosiga (kapital’nost’) qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1) ishlab - chiqarish, korxonani asosiy texnologik jarayoni joylashadi (prokat, yig’ish, to’qish, konditer tsexlari)
2) yordamchi ishlab chiqarish, qo’shimcha ishlab chiqarish korxonalari joylashadi (ta’mirlash, asbob uskunalar turadigan joy va h.k.);
energetik, korxonalarni elektr energiyasi, gaz, qisilgan havo, par bilan ta’minlab turadi (TETS, kompressorlar, gazogeneratorlar va h.k.)
transport, korxona ixtiyorida bo’lgan transportlarni ishlatish va joylashtirish binolari (garajlar, elektrovoz depolari);
omborlar, ishlab chiqarishga kerak bo’lgan xom ashyoni saqlash va chiqarilgan mahsulotlarni joylashga xizmat qiladi;
sanitar - texnik, korxonani suv, chiqindi, hamda atrof muhitni tozalash binolari (tozalovchi nasos stantsiyalari, suv to’plash minoralari, suv hovuzlari) kiradi;
umum korxona va yordamchi binolar (MMK, KXK yong’in deposi)
Bundan tashqari sanoat korxonalarini maxsus inshootlariga quyidagilar kiradi, (rezervuar, trubalar, oporalar, machtalar, gradirnilar).
Yuqorida sanab o’tilgan bino va inshootlar guruhi har bir sanoat korxonasida bo’lishi shart emas, korxonani quvvati va qo’llanishiga qarab tarkibi aniqlaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |