Umumiy ovqatlanish xonalari. Ishchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun sanoat korxonalari qoshida quyidagicha ovqatlanish xonalari bo’lishi nazarda tutiladi:
Oshxona - smenadagi eng ko’p ishchilar soni 200 kishi va undan ortiq bo’lsa, bufetlar - smenadagi eng ko’p ishchilar soni 200 kishidan kamroq bo’lsa, ovqatlanish xonalari- smenadagi eng ko’p ishchilar soni 30 kishidan kamroq bo’lsa. Oshxona va bufetlarda o’rinlar soni smenadagi eng ko’p ishchilar soniga qarab 4 kishi uchun 1 o’rin qabul qilinadi.
Ovqatlanish xonasining maydoni esa 1 kishi uchun 1 m2 hisobida olinib, 12 m2 dan kam bo’lmasligi kerak. Oshxona va bufetlar birinchi qavatda joylashgan bo’lib, mahsulotlarni tashish uchun alohida eshik bilan ta’minlanadi.
Oshxona va bufetlarning taxminiy maydonlari:
Oshxona - 1 ta o’ringa 4 m2, shu jumladan ishlab- chiqarish xonalari bir o’rin uchun- 2 m2 . Bufet - 1 ta o’ringa 2,5 m2 , ishlab - chikarish xonasi 1 o’ringa- 0,6 m2.
Oshxonada qo’l yuvish xonasi va hojatxona bo’lishi shart. Ovqatlanish va ovqat tayyorlash xonalari tabiiy yorug’lik bilan ta’minlanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |