Ustuni yig’ma temirbetondan ko’ndalang kesimi 300x300 mm da bo’lib, 1 yoki 2 qavatga mo’ljallangan bo’ladi.
Rigeli tavr kesimi shaklida bo’lib, balandligi 0,45, uzunligi 5,7 m tokchasini eni 400 mm, devori 200 mm olinadi.
Yopma plitalari tsilindr shaklidagi teshiklardan iborat bo’lib, uzunligi L= 5,8 m, eni 1,2 va balanligi h=0,22 m. Ustunlar orasidagi plitalar teshiksiz va eni 0,8; 1,2 m olinadi.
Devor panellari uzunligi L=6 m, balandligi h=0,9+1,8 m va qalinligi 240 va 320 mm.li yengil betondan qilinadi.
Zinapoya maydoni o’lchami 6x3, ikki marshli, marshlar eni 1,35 m, balandligi 1,65 m.
Tom yopmalari chordoqsiz, tekis qiyaligi 1%. Oqova suvlar bino ichidan o’tadi. Yorug’lik o’rinlar orqali o’tadi, deraza tavaqalari yog’ochdan bo’ladi. Pardadevorlari temirbeton va yengil betonli paneldan, stekloblok va h.k. dan qilinadi.
Pollari namga chidamli va sirg’anchiq bo’lmasligi kerak.
Yordamchi binolarda kamida ikkita chiqish joylari bo’lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |