Bino va inshootlar qurilishi kafedrasi


HAJMIY – REJALI VA TUZILMAVIY YoCHIMI


Download 486 Kb.
bet19/24
Sana05.01.2022
Hajmi486 Kb.
#234605
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
sanoat-услубий курсатма

HAJMIY – REJALI VA TUZILMAVIY YoCHIMI.

Yordamchi binolarni va xonalarni loyihalash qurilish Me’yor va qoidalariga (QMQ 2.09.01-98 «Korxonalarning ma’muriy va maishiy binolari») asoslangan holda bajariladi. Yordamchi binolar ishlab – chiqarish binolariga nisbatan: bino ichida, yonida, yoki alohida binoda joylashishi mumkin. Yordamchi binolarning joylashishi 2 - rasmda ko’rsatilgan. Alohida joylashgan yordamchi binolar sanoat korxonalari bilan yer ustidan, yerdan va yer osti isitiladigan o’tish joyi orqali bog’lanishi mumkin.



Sanoat binolari bilan yordamchi bino oralig’i 12 m, dan kam bo’lmasligi kerak. Yordamchi binolar va xonalardan chiqish joylari kamida 2 ta bo’lishi shart. Agar bir qavatda 50 ga yaqin kishi ishlasa, ikkinchi va yuqori qavatlardan ikkinchi chiqish joyi qilib, tashqi ochiq temir pillapoyalar olinishi mumkin. U holda zinapoya eni 0,7 m, va qiyaligi 1:1 dan kam bo’lmasligi kerak. Odamlar yordamchi bino xonalarning qaysi yerida bo’lishidan qat’iy nazar chiqish joygacha bo’lgan masofa 50 m, dan oshmasligi kerak.



6-rasm. Yordamchi bino va xonalarni joylashtirish sxemasi

a – bino ichida, b – bino yonida, v – alohida




Zinapoya zinasining eni va maydoni, evakuatsiya vaqtida kerak bo’lgan o’tish joylari, eshiklar hisoblash yo’li bilan topiladi va qo’yidagicha olinadi:

Zinapoya maydoni va qadami (marshi) - 1,2 m.

Yo’laklar..................................................... - 1,4 m.

O’tish joylari........................................... - 1,0 m.

Eshiklar...................................................... - 0,8 m.

Zinapoya maydoni va qadami (marshi)ning eni 2,4 m dan ko’p bo’lishi tavsiya etilmaydi. Yordamchi binolar uchun dahliz (vestibyul)dan ikkinchi qavatga ko’tarilish uchun ochiq pillapoyalar loyihalashga ham ruxsat beriladi. U holda vestibyul yonmaydigan materialdan qilingan eshigi bor pardadevor bilan ajratilishi kerak. Binoga uzunligi 1,2 metrdan kam bo’lmagan tambur orqali kirish tavsiya etiladi.

Birinchi qavat polining sathi rejalangan yer o’lchami sathidan qamida 0,15 m, yuqorida bo’lishi kerak.

Yordamchi binolar 6 qavatdan oshmasligi kerak, qavatlar balandligi 3,3 m olinadi. Agar qavatda zallik xonalar maydoni 60 % dan ko’p bo’lsa, qavatlar balandligi 3,6 va 4,2 m olinadi. Yordamchi binolar asosan karkasli quriladi (karkas ko’ndalang yoki bo’ylama qo’yiladi).

Poydevorlari stakan shaklida bo’lib, o’lchamlari 1,0x1,0 dan 2,0x2,0 gacha, balandligi 0,7 m. olinadi.


Download 486 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling