Bino va inshootlar qurilishi


Suvoq ishlarini qo’lda bajarish


Download 294.16 Kb.
bet3/4
Sana18.10.2023
Hajmi294.16 Kb.
#1708071
1   2   3   4
Bog'liq
Suvoq ishlari kurs loyihasi uchun namuna

Suvoq ishlarini qo’lda bajarish


Suvoq ishning hajmi oz bo’lganda ishlarni qo’lda bajarilishiga ruxsat beriladi. Bunday ishlarga yana qiyaliklarni suvash va devor orasi tirqishlarini berkitish kiradi. Qorishmani choplash asosan suvoqchilar kurakchasi (kelma), qachonki qorishma sokoldan olinsa, agar qorishmani sokoldan olish imkoni bo’lmasa, u holda qoroshma yashikdan suvoqchilar cho’michi yordamida olib sochiladi. Qo’lda suvash ishlarida andavalar katta, kichik va o’rta bo’ladi. Katta andavalar qorishmalarni va fasad yonyuzasini tekislashda ishlatiladi. Kichik va o’rta
andavalar esa qiyalik va burchaklarni tekislash va yuzalarni tekislashda ishlatiladi.
Karniz va tortqichlarni tekislashda maxsus andavalardan foydalanilasa maqsadga muvofiq bo’ladi. Burchaklarni chiqarishdalaushinni burchakli nishon andazasi qo’l keladi. Qorishmani yuzaga sochishda purkama qatlamga ishlatiladigan qorishmaning quyuqligi standart konusning 10 – 12 sm botishi, grunt qatlamiga sochiladigan qorishmani quyuqligi konusga 6 – 8 sm botadigan darajada bo’lishi zarur.
Qiyaliklarni suvashda qiyaliknign burchakdan kesakigacha bo’lgan oralig’i bir hil chiqishini ta’minlash zarur. Buning uchun burchakda devor sirtiga gazcho’p o’rnatiladi. Bunda qiyalik 1:2 ni tashkil qilishi zarur.

Yakunlovchi jarayon


Ishni sifati birinchidan qurilish me’yorlari va qoidalarida talab qilingan qoidalarga amal qilgan holda, ishchilar malakaviy ishlab chiqarish malakasiga bog’liq. Ishningko’zda tutilmagan qismi tugagach ishchilar yakuniy jarayonlar ishlarini bajarishlari zarur. Ortib qolgan va yerga to’kilgan qorishmalarni yig’ishtirib olish, ohakli qorishmalar, haydalgan rezina kovushlarini yuvib tozalanishi zarur.Havoza va boshqa asbob- uskunalarni yangi ish joyiga olib kelish, shuningdek ishni sifatini standart reyka yordamida tekshirish.

Suvoqchlik ishlarini bajarishda havfsizlik texnikasi.


Ishni boshlashdan oldin suvoqchlik ishlarini bajarishda rioya qilinishi zarur bo’lgan havfsizlik texnikasi quyida keltiriladi:
Barcha asbob uskunalar va mehanizmlarni benuqsonligini tekshirib chiqish va ishonch hosil qilish.

    1. Havozalarni qanday holda ekanligini tekshirish va undan foyda-lanishda masterdan (usta) ruxsat olish.

    2. Gips, ohak va tsement bilan ta’minlanishi zarur.

    3. Barcha qorishma haydovchi quvurlar bosimi 2 marotaba katta gidravlik bosimda tekshirilib ko’rilishi zarur.

    4. Saqlovchi klapan va manometr ishdan chiqib qolsa, qorishma haydagich bilan bajariluvchi ishlar taqiqlanadi.

Ruxsat etilgan chetlanishlar 3.1-jadval



T/r

Ko’rsatkichlar

Ko’rsatkich qiymati

1

2

3

1

Yuzaning notekisligi

CHuqurligi 3 mm dan oshmagan chuqurdan 2 m da ko’pi bilan 2 ta

2

Yuzani chetlashi Vertikaldan Gorizontaldan

1 m balandlikda 2 mm bino balandligida esa ko’pi bilan 10 mm 1 m uzunlikda 2 mm, bino uzunligi
bo’yicha 10 mm dan oshmasligi kerak

3

Qiyalik plastr va boshqalarni vertikaldan va gorizontaldan chetlash

1 m balandlik yoki uzunlikka 2 mm yoki butun element ko’pi bilan 5 mm

4

Qiyalikni eni chetlashi

3 mm

5

Egri chiziqli yuzalar radiusi chetlashi

7 mm

Ish vaqtida:
Havozani ustki qatlamida ish borayotganda pastki qatlam havozada ish olib borish taqiqlanadi. Yonma – yon ishlayotgan ishchilar orasidagi masofa 2 m dan kam bo’lmasligi kerak.Mexanizmlar ishlab turgan payta ularni ta’mirlash, bolt gaykalarni burash, bushatish yoki qotirish taqiqlanadi.

Download 294.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling