Bino va inshootlar qurilishi


-amaliy mashg’ulot. Konstruktsiyalar materiallarining mustahkamligini buzulmas usullar yordamida aniqlash. Mexanik usullar. Fizik usullar


Download 1.84 Mb.
bet28/38
Sana24.10.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1718299
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
Bog'liq
БИР қўлланма

13-amaliy mashg’ulot. Konstruktsiyalar materiallarining mustahkamligini buzulmas usullar yordamida aniqlash. Mexanik usullar. Fizik usullar.
Qurilgan va ekspluatatsiya qilinayotgan bino va inshootlarning qurilish konstruktsiyalari va materiallarining mustahkamlik, deformatsiya va boshqa fizik mexanik tavsiflarini aniqlash uchun buzulmas usullar ko’proq qo’l keladi. Bunda asosiy usullar: mexanik; fizik.
Mexanik usullardan ko’proq tarqalganlari:

  • Statik yoki dinamik yuk ostida shtampni botirish yo’li bilan beton yuzasiga tushadigan izning o’lchamlari bilan mustahkamlik o’rtasidagi bog’liqlikka asoslangan plastik-deformatsiya usuli. Beton yuzasidagi iz press ostida statik yukning, zarb ostidagi dinamik yukdan plastik yoki qayishqoq-plastik deformatsiyani tavsiflaydi;

  • Yorish bilan ko’chirib olish sinov usuli. Bu usul konstruktsiya jismidan beton bo’lakchasini yorib ko’chirib olish uchun talab qilinadigan kuch bo’yicha mustahkamlikni aniqlashga asoslangan. Buning uchun betonda parmalangan teshikchaga tsement qorishmasi bilan anker qurilmasi olinadi. Bu usul beton yuzasiga epoksid yelimi bilan o’rnatilgan diskni yuqoridagi asbob bilan ko’chirib olish orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

Prujina ostidagi bolg’achani beton yuzasidan qaytishining o’zgarishiga asoslangan va betonning mustahkamligini betonga urilgandagi qaytish kattaligi bo’yicha tavsiflaydi. Fizik usullar: impulьsli va radioizotop.
Impulьsli usullardan, ulьtratovush keng qo’llaniladi. Ular ulьtratovush to’lqinining betonda tarqalishiga ketadigan vaqtning o’zgarishiga asoslangan.
Radioizotop usul betonning zichligini va oldindan o’rnatilgan bog’liqliklarga ko’ra g’ovakli betonlarning mustahkamligini aniqlash imkonini beradi. U radioaktiv izotoplar manbalaridan chiqadigan gamma-nurlardan foydalanishga asoslangan. Mustahkamlikni aniqlashdagi xatolarni kamaytirish uchun beton, namunalari mustahkamligini buzish usullarda aniqlash tavsiya etiladi.
SHuni qayd etish lozimki, konstruktsiya betonining mustahkamligini aniqlash bo’yicha ko’rib chiqilgan fizik usullardan sinovlarda eng aniq natijani ajratib olish va yorish usullarida olinadi. SHuning uchun bu usulni natijalarni nazorat - qilish va ularga aniqlik kiritish uchun boshqa usullar bilan birgalikda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Barcha turdagi g’ishtlarning mustahkamlik tavsiflarini GOST va RSN larga ko’ra standart laboratoriya qurilmasida bevosita termadan olingan namunani sinash orqali va GOST 24332-88 bo’yicha ulьtratovush usulida aniqlanadi. Temirbeton va metall konstruktsiyalarning mustahkamlik tavsiflari RST Uz 764-96 bo’yicha ulьtratovush usulida o’rnatiladi. Temirbeton konstruktsiyalarni metal konstruktsiyalari va armaturasining fizik-mexanik tavsiflari xuddi o’sha elementdan kesib olingan namunani standart bo’yicha sinash orqali ham o’rnatiladi.
Jadval 13

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling