Bino va inshootlar qurilishi


-amaliy mashg’ulot. Rekonstruktsiya qilinadigan obyekt maydonida injenerlik izlanishlari


Download 1.84 Mb.
bet31/38
Sana24.10.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1718299
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
Bog'liq
БИР қўлланма

15-amaliy mashg’ulot. Rekonstruktsiya qilinadigan obyekt maydonida injenerlik izlanishlari.
Binoni rekonstruktsiya qilishning maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qilingandan keyin qo’shimcha injenerlik, shu jumladan geodezik, geologik va boshqa izlanishlar olib borishga ehtiyoj tug’ilishi mumkin.
Bu ishlardan maqsad rekonstruktsiya bo’yicha maydonning umumiy holatini bashoratlashdan iboratdir. Qurilish maydonining injener-geologik tekshiruvini mexanik, ba’zan qo’lda burg’ulash qurilmalaridan foydalanib, chuqurligi 10 m gacha diametri 37 mm gacha, chuqurligi 20 m va diametri 127 mm gacha bo’lgan quduqlar burg’ulash yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda, grunt qatlamlari xili, bo’shliqlarning mavjudligi, o’tish mumkin bo’lgan qatlamlarning fizik tavsiflarini laboratoriya usullari bilan aniqlanadi. Dala usullaridan talab darajasida sifatga ega bo’lgan namunalarni olish amalda mumkin bo’lmagan yoki mushkul bo’lgan holda foydalaniladi.
Injenerlik-gidrogeologik izlanishlarni, ostini suv olgan xududlarda yoki ostini suv olish xavfi tug’ilganda bajariladi. Injenerlik izlanishlar o’tkazish natijasida zamin va ‘oydevorlarning tekshiruv natijalarini hisobga olgan holda bino va inshootlarni – rekonstruktsiyalash loyihasini ishlash uchun quyidagi ma’lumotlar yig’ilishi lozim:

  1. Barcha bino va inshootlarning sxemasi bilan birga rekonstruktsiya qilinadigan ob’ekt maydonini injener-geodezik s’emkasi;

  2. Uchastkaning grunt suvi sathi haqidagi ma’lumot bo’lgan injener-geologik (quduqlar va asosiy yo’nalishlar bo’yicha litologik kesim) kesim;

  3. Loyihadan va me’yoriy talablardan chekinish hollari va qayd etilgan nuqsonlar ko’rsatilgan mavjud ‘oydevorning o’lchamli chizmasi;

  4. Qurilish uchastkasidagi zamin gruntining fizik-mexanik xossalari haqidagi ma’lumotlar;

  5. Ko’rilayotgan xududning gidrometeorologik holati.

Betonning rejalashtirilayotgan eks’luatatsiya muhiti ta’siriga chidamliligini aniqlash. Betonning sovuqqa chidamliligi. Betonning atmosfera ta’sirlariga chidamliligini aniqlash. Qurilish konstruktsiyalari eks’luatatsiya jarayonida ham texnologik, ham tabiiy tavsifga ega bo’lgan ta’sirlarga duchor bo’lishi mumkin.
Turlicha to’’lamdagi, shu jumladan kuch bilan bog’liq bo’lgan majmumiy ta’sir, konstruktsiyaning umrboqiyligini belgilab beradi. Konstruktsiyalarning umrboqiyligi uning talabdagi texnik xizmat ko’rsatish tizimiga rioya qilingan sharoitda, to chegaraviy holat boshlangunga qadar o’zining sifat ko’rsatkichlarini saqlashga aytiladi. Betonning almashinib muzlashi va erishi, suvga bo’kishi va qurishi, tem’eratura o’zgarishlari, karbonizatsiyalanishi, ximiyaviy tajovvuzkor muhit sharoitlari, yedirilishga va boshqa ta’sirlarga bardoshliligini ko’’chilik hollarda qirralari 70 va 100 mm li kublarni hamda 30x30x60 mm, 40x40x160 mm, balochkalarni kichikroq o’lchamli konstruktsiyalardan olingan namunalarni tadqiq qilish yo’li bilan o’rnatiladi.
Betonning sovuqbardoshligini tegishli (RST Uz 10060.0-95) bo’yicha namunalarni muzlatish kameralarida tsiklik muzlatish va eritish, hamda shu holatda standart usul va qurilmalardan foydalanib mustahkamlik, qayishqoqlik va noqayishqoqlik tavsiflarini aniqlash lozim bo’ladi.
Tezlashtirilgan sinovlar beton namunalarni germetiklangan sig’imlarda va maxsus ximiyaviy eritma SaSl2 to’yintirib muzlatishni va suvda eritishni ko’zda tutiladi.
Betonning atmosfera bardoshliligini uning o’zgaruvchan tem’eratura almashinib suv shimdirib va quritish ta’siriga, hamda karbonizatsiyaga bo’lgan bardoshliligini to’ish orqali aniqlanadi. Betonning karbonizatsiyalangan qatlamining chuqurligini kalorimetrik usul bilan 0,1% li fenolftaleinning s’irtli eritmasini beton sinig’iga bo’lgan ta’siri ostida uning rangini o’zgarishi orqali aniqlanadi. Ishqorli reaktsiya saqlangan joyda yuza ochiq malina (to’q’ushti rang) rangini oladi, rang o’zgarmagan yerlar esa betonning karbonizatsiyalanganini bildiradi.
Betonning yedirilishiga bo’lgan qarshiligi, ya’ni eskirishga yoki yedirilishga bardoshlilik RST bo’yicha aniqlanadi. Bu sinovlarni beton namunalarini abraziv disklarda, shu maqsadda qo’llaniladigan Bome yedirish doirasida, hamda maxsus qayta ishlangan qurilma LKI-2 va boshqalar yordamida o’tkaziladi.
Eks’luatatsiya qilinadigan konstruktsiyalar ko’’incha, qoida sifatida bir necha tur sinovlarning birgalikdagi ta’siriga duchor qilinadi. Jumladan betonning atmosfera va kuch bilan bog’liq majmuiy ta’sirlarda umrboqiyligini sinash uchun DSM-10 sinash qurilmasidan foydalanish mumkin. Unda namunalar yuklangan holatda iqlimiy kamerada ketma-ket atmosfera ta’siriga duchor qilinadi. Bu sinovlarda «FETRON» kamerasidan foydalanish mumkin.



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling