Bino va inshootlar qurilishi
-amaliy mashg’ulot. Bino va inshootlar rekonstruktsiyasi loyihaviy yechimini tejamkorlik mezoni
Download 1.84 Mb.
|
БИР қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-amaliy mashg’ulot. Smeta hujjatlarini rasmiylashtirish
17-amaliy mashg’ulot. Bino va inshootlar rekonstruktsiyasi loyihaviy yechimini tejamkorlik mezoni.
Rekonstruktsiyalashda ishlab chiqarishning bir necha bo’limlarida xavf-xatarsiz birgalikda ish olib borish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqilgan bo’lishi lozim. Rekonstruktsiya ishlari injener-texnik xodimlarning doimiy kuzatuvi ostida amalga oshirilishi lozim. Bino va inshootlarni rekonstruktsiyalashga yo’naltirilgan kapital qo’yilmalardan foydalanishning provard natijasi iqtisodiy to’g’ri baholash asosida a’loroq variant tanlash bo’yicha qaror qabul qilish masalasiga bog’liq. Rekonstruktsiya variantlarini baholashni qator ko’rsatkichlar, shartli toza mahsulot, kapital qo’yilmalardan, hajm va foydaning o’sishidan foydalanish samaradorlik koeffitsienti orqali amalga oshirilishi mumkin. Rekonstruktsiyalashda u yoki bu qarorning iqtisodiy samaradorlik mezoni sifatida qurilish-montaj ishlarining tannarxidan va kapital qo’yilmalardan kelib chiqadigan minimum keltirilgan sarf qabul qilinadi: Z = Si + YenKi → min Yillik iqtisodiy samara variantlar bo’yicha keltirilgan sarflarni solishtirish orqali aniqlanadi: E = Z1 – Z2 = (S1+EnK1) V1 – (S2+EnK2) V2 Bu yerda: E – yillik iqtisodiy samara yoki solishtiriladigan yechimlarni amalga oshirishdagi yo’qotilish (so’m); Z1, Z2 – mahsulot birligiga yoki solishtiriladigan loyihaviy variantlar bo’yicha qurilish-montaj ishlariga keltirilgan sarflar (so’m); S1, S2 – mahsulot birligi yoki ishning tannarxi (so’m); K1, K2 – solishtirma kapital qo’yilma (so’m); V1, V2 – hisobiy yildagi mahsulot yoki ishning natural birlikdagi hajmi. 18-amaliy mashg’ulot. Smeta hujjatlarini rasmiylashtirishTurar joy va jamoat binolari rekonstruktsiyasining smeta qiymati umuman binoning hamda uning barcha konstruktsiyalari va muhandislik asbob-uskunalarining jismoniy va ma’naviy eskirishini to’liq bartaraf etish uchun zarur bo’lgan va loyihada ko’rsatilgan sarf-harajatlar yig’indisini o’z ichiga oladi. Binolar rekonstruktsiyasi paytida loyihalar talab qilinganda smetalar ishchi chizmalar bo’yicha tuziladi, loyihalar talab qilinmagan hollarda -nuqsonlar bayonnomasi va inventar rejalar bo’yicha tuziladi. Rekonstruktsiya qilinayotgan korxonalar, binolar va inshootlarning smeta qiymatini aniqlash uchun loyiha tarkibida (ikki bosqichda loyihalash paytida) quyidagi hujjatlar ishlab chiqiladi: jamlama smeta hisob-kitobi; sarf-harajatlar svodkasi (zarur bo’lganda); ob’ektlar bo’yicha va lokal smeta hisob-kitoblari; loyiha va tadqiqod ishlariga smetalar; jamlama smeta hisob-kitoblariga qo’shiladigan alohida sarf-harajatlar turlarining (shu jumladan, buyurtmachi hisobidan pudratchi qurilish tashkilotiga qoplab berilishi lozim bo’lgan qurilish maydonchasini o’zlashtirish, zaruratga ko’ra vaqtinchalik binolar va inshootlar qurish uchun sarflar, qish mavsumidagi qimmatlashish, materiallarni tashishda qo’shimcha transport sarflari, turli kompensatsiya, loyiha tashkilotlarining texnik va mualliflik nazorati uchun va b.) smeta xisoblari. Ikki bosqichli loyihalashda ishchi hujjatlar tarkibiga ob’ektlar bo’yicha va lokal smetalar qo’shiladi. Bir bosqichli loyihalashda ishchi loyiha tarkibida jamlama smeta hisob-kitobi, sarf-harajatlar svodkasi (zaruratga ko’ra), ob’ektlar bo’yicha va lokal smetalar, loyiha va tadqiqod ishlariga smetalar, yordamchi ishlarga smeta hisob-kitoblari ishlab chiqiladi. Ikki bosqichli loyihalashda esa ishchi hujjatlar tarkibida yuqorida sanab o’tilgan hujjatlar bilan bir paytning o’zida yana ishga tushiriladigan majmua tarkibidagi ob’ektlar qurilishining smeta qiymati vedomosti (qaydnomasi) hamda qurilish mahsulotining smeta qiymati vedomosti ishlab chiqiladi. Pudrat qurilish tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan rekonstruktsiya ishlarini o’tkazishda, butunlay yangi qurilishni amalga oshirishga qaraganda, mehnat unumdorligi o’rtacha 20-35% ga pasayadi, ishchilarning turib qolishi 1,5-2 barobarga ortadi, qurilish-montaj ishlari hajmidagi ish haqining solishtirma og’irligi 35-40% ga ortadi, qurilish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanish sarflari 1,5-2 barobarga ko’payadi, transport va havfsizlik texnikasiga ketadigan harajatlar ham ortadi. Buning bilan bog’liq holda smetalarni tuzishda korxonalarni rekonstruktsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash bo’yicha bajariladigan ishlarga to’g’rilash koeffitsientlari kiritiladi. Ushbu to’g’rilash koeffitsientlaridan (ustama sarflar me’yorlari 10% ga oshishini hisobga olgan holda ular 1,04-1,05 ga teng) smeta me’yorlariga tegishli boshqa to’g’rilash koeffitsientlarini foydalanish shart-sharoitlaridan qat’iy nazar ishlatish lozim. Boshqa to’g’rilash koeffitsientlari deganda, elementli smeta me’yorlari to’plamlarida, yakka narxlar to’plamlari va ulardan foydalanishga oid ko’rsatmalarda, shuningdek “Qurilish, montaj va qurilish-remont ishlariga yakka me’yorlar va narxlar” (ENiR) to’plamlarida ko’rsatilgan koeffitsientlar ko’zda tutiladi. SHuning bilan birga ushbu koeffitsientlar hisobga olingan holda belgilangan smeta qiymati rekonstruktsiyaga ketgan barcha sarflarni hamma vaqt ham to’liq qoplamaydi. Rekonstruktsiya bo’yicha bajariladigan ish sharoitlari yangi qurilishdan ancha farqlangan hollarda loyiha-smeta hujjatlarini kelishish paytida buyurtmachilar va loyihalash tashkilotlaridan qo’shimcha yakka hol (individual) narxlarning ishlab chiqilishini talab qilish kerak. Tig’iz va zararli sharoitlarda rekonstruktsiya bo’yicha qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun vaqt me’yorlarini 10-25% ga oshirilishi ko’zda tutiladi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling