Bino va inshootlar qurilishi


-amaliy mashg’ulot. Binoning xizmat muddatlarini aniqlash


Download 1.84 Mb.
bet18/38
Sana24.10.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1718299
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Bog'liq
БИР қўлланма

7-amaliy mashg’ulot. Binoning xizmat muddatlarini aniqlash
Bino va inshootlarning hisobiy xizmat muddatlari maxsus me’yoriy hujjatlar asosida aniqlanadi.
Turar - joy binolari uchun oltita kapitallik guruhi belgilangan:
I – o’rta kapital bo’lgan tosh-g’isht binolar: poydevorlar tosh va betondan, devorlar tosh-g’isht va yirik bloklardan, orayopmalar-temirbetondan tiklanadi;
II - oddiy tosh - g’isht binolar: poydevor tosh va betondan, devorlar tosh-g’isht, yirik bloklar va yirik panellardan, orayopmalar temirbetondan yoki aralash (yog’och va temirbetondan), shuningdek, metall to’sinlar ustiga tosh-g’ishtdan ravoqli qilib tiklanadi;
III – tosh - g’ishtdan yengilashtirilgan qilib quriluvchi binolar: poydevorlar tosh va betondan, devorlar-g’ishtdan yengillashtirib terilgan, shlakobloklardan, chig’anoqsimon toshlardan, orayopmalar – yog’och, temirbeton yoki metall to’sinlar ustiga tosh-g’ishtdan ravoqli qilib tiklanadi;
IV - yog’och binolar: poydevorlar – tosh terimidan, devorlar - yog’ochdan, bruslardan, g’isht va yog’ochdan aralash, xom g’ishtdan, orayopmalar – yog’ochdan tiklanadi;
V – yig’ma - shit (qalqon)li, sinchli, xom g’isht paxsa, samonli loydan, quriluvchi binolar: poydevorlar yog’och stullar yoki tosh ustunlar ko’rinishida, devorlar sinchli, paxsa, xom g’isht, orayopmalar yog’ochdan tiklanadi;
VI – sinchli - qamishli va boshqa turlardagi yengillashtirilgan binolar.
Turar - joy binolarining o’rtacha xizmat muddatlari 5 – jadval bo’yicha qabul qilinadi.
Jadval 5.
Kapitallik guruhiga ko’ra turar – joy binolarining o’rtacha hisobiy xizmat muddatlari

Kapitallik guruhi

I

II

III

VI

V

VI

Binoning xizmat muddati, yil

150

125

100

50

30

15

SHaharlardagi mavjud binolarning ko’pchiligi uchun II va III guruh xarakterli hisoblanadi, I guruhga asosan yirik blokli binolar kiradi. Bizning shahar va qishloqlarimizda IV - VI guruhlarga mansub binolar ham ko’proq uchraydi.
Jamoat binolari uchun 9 ta kapitallik guruhi belgilangan:
I - sinchli(temirbeton yoki metall sinchli, yoki sinchli tosh-g’isht materiallar bilan to’ldirilgan);
II - yuqori kopitallikka ega binolar, devorlari donador toshlar va g’ishtdan tiklangan yoki yirik blokli: ustun va tayanchlari-temirbeton yoki g’ishtdan, orayopmalari – temirbeton yoki metall to’sinlar ustiga g’isht-tosh ravoqli qilib qurilgan;
III - devorlari donador tosh va g’ishtlardan yoki yirik blokli: ustun va tayanchlari-temirbeton yoki g’ishtdan, orayopmalari-temirbeton yoki metall to’sinlar ustiga tosh - g’ishtdan ravoqli qilib tiklangan;
IV va V -devorlari tosh-g’ishtdan yengillashtirilgan qilib tiklangan: ustun va tayanchlari – temirbeton yoki g’ishtdan, orayopmalari - yog’ochdan;
VI-IX- yog’och va boshqa turlardagi yengil konstruktsilardan tiklangan.
Jamoat binolarining o’rtacha hisobiy xizmat muddatlari 6 – jadval bo’yicha qabul qilinadi.
Jadval 6.
Kapitallik guruhiga ko’ra jamoat binolarining o’rtacha hisobiy xizmat muddatlari

Kapitallik guruhlari

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

Binoningxizmat muddati, yil

175

150

125

100

90

50

25

15

10

Omaviy tarzda quriladigan jamoot binolari III - IV guruhlarga, noyob binolar esa I - II guruhlarga mansub bo’ladi.
Binolarning har bir turdagi konstruktiv elementlari uchun ham o’rtacha xizmat muddatlari belgilangan. Bunda binoning almashtirilmaydigan konstruktsiyalarining xizmat muddatlari ushbu binoning xizmat muddatiga teng bo’lishi zarur.
Qaralayotgan binoning xizmat muddatlarini aniqlashda uning vazifasi, me’moriy – konstruktiv yechimlari, konstruktsiya va elementlarining turlari, materiallari, binoning qavatlari soni va boshqa ko’plab omillar e’tiborga olinadi.



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling