Bino va inshootlar qurilishi


Download 1.84 Mb.
bet2/38
Sana24.10.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1718299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
БИР қўлланма

SO’Z BOSHI

Jamiyatimizning barcha jabhalarida ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar Vatanimizni taraqqiy ettirishga, uni rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin olishiga, xalqimizning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan.


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev O’zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashib, butun ta’lim tizimining islohoti haqida gapirib, “Iste’dodli yoshlarni izlab topish va ularni maqsadli tarbiyalash borasidagi ishlarni kuchaytirish kerak. Ilmni, tarbiyani to’g’ri qilsak, hamma sohalarni malakali mutaxassislar o’zlari rivojlantiradi”,-deb ta’kidlagan edi.
O’zbekiston Respublikasining turar-joy uylari jamg’armasi nihoyatda katta moddiy qiymatni tashkil etadi. Uni saqlash esa muhim davlat ahamiyatiga molik masaladir. Bu masalaning yechimi binolarni texnik ekspluatatsiyasini to’g’ri tashkillashtirish, kapital va joriy ta’mirlash ishlarini o’z vaqtida o’tkazish hamda binolarni zamonaviy rejalashtirish va sanitar-gigienik talablar asosida rekonstruktsiyalash orqali ta’minlanadi.
Rekonstruktsiyalash va kapital ta’mirlash ishlari hajmi so’ngi yillarda sezilarli o’sib bormoqda. Xususan, kollej va litseylar, umumiy o’rta ta’lim maktablari, sport inshootlari, turli-tuman jamoat va ma’muriy binolar bu borada asosiy o’rinni egallab turibdi. Unda shaharsozlik, me’morchilik va qurilish ishlarini tashkillashtirish bo’yicha turli murakkab masalalarni yechishga to’g’ri keladi.
Ko’p hollarda bino qavatlari sonini oshirish, ayrim konstruktsiyalarni yalpi yoki tanlov bilan almashtirish, konstruktiv unsurlarni, shu jumladan asos va poydevorlarni kuchaytirish ehtiyoji tug’iladi. SHuni ta’kidlash lozimki, bunday ishlarni odatda tor hovlilarda va ko’chalarning tor qismlarida, transport harakati va binolarda risoladagi yashash sharoitini buzmagan holda bajarishga to’g’ri keladi. Ta’mirlash-qurilish ishlari qurilishning o’ziga hos sohasini ifoda etadi. Binobarin ish olib borish texnologiyasi yangi bino barpo etish bo’yicha qilinadigan Ishlar majmuidan farq qiladi. Yangi qurilishga hos bo’lmagan maxsus ishlarni (konstruktsiya va injenerlik qurilmalarini demontaj qilish, konstruktsiyalarni ta’mirlash va kuchaytirish va hokazolar) bajarish lozim bo’lib qoladi. Bundan tashqari poydevor, devor, orayopma va tomlarni saqlash talab etiladi. Ta’mirlash obektlariga hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlarning turli-tumanligi, qo’llaniladigan konstruktsiya va detallarning o’lcham turlarining ko’pligi, ish hajmlarining tarqoqligi va ayrim hollarda oz miqdorligi hamda ta’mirlash ishlarini olib borish sharoitining nihoyatda murakkabligi, ish frontining ozligi, ob’ekt oldi maydonchalarining yetarli emasligi, ishlarni ekspluatatsiya qilinayotgan binolarda olib borilishi, ta’mirlanuvchi rekonstruktsiya qilinayotgan obektning transport harakati kuchli bo’lgan shahar magistrallari joylashgan hollar hosdir.
Bularing barchasi qator tashkilotlarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, tekshiruvlar olib borish mavzusi bo’lib qoldi.
Bino va inshootlarni rekonstruktsiyalash, ularga belgilangan vazifalarni tubdan yoki qisman o’zgartirish, bino hududini yaxshilash, zamonaviy me’yoriy talablarga moslashtirish maqsadida amalga oshirilgan tadbirlardan iborat.
Bino va inshootlarni rekonstruktsiyalash tadbiri korxonalarni texnikaviy qayta qurollanishida ham amalga oshiriladi, ammo bunday hollarda qurilish-montaj ishlariga qilinadigan sarflar umumiy kapital jamg’arma miqdorining 10 % dan oshmasligi lozim.
Qayta o’zgartirish binoning ichini qayta rejalash, xonalar balandligini oshirish, konstruktsiyalarini qisman olib tashlash va almashtirish hamda bino fasadini yaxshilash va unga ustqurma qurish ishlarini o’z ichiga oladi.
Rekonstruktsiya majmuiy tavsifga ega bo’lib, korxona joylashgan shahar va tumanning uzoq istiqbolini hisobga olishi kerak. Bino va inshootlarni rekonstruktsiyalash yangi qurilishga nisbatan olingan mehnat sarflilik 25-30 %, ayrim uchastkalar bo’yicha esa 50-80 % gacha oshishi bilan ajralib turadi.


Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling