Bino va inshootlar qurilishi


Download 1.84 Mb.
bet6/38
Sana24.10.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1718299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
БИР қўлланма

2-rasm. Yonma-yon kvartiralarda insolatsiyaning buzilishi
(γ —diskomfort zonalar)
Xonalarning yoritilishiga bo’lgan ehtiyoj kishining maqsadiga bog’liq. Aktiv faoliyat uchun ancha kuchli yoruglik kerak, uxlash yoki xordiq chiqarish uchun esa tarqalgan mayin yoruglik etadi. Bunga xordiq chiqarish paytida turli pardalar, darpardalar, chiypardalar va h.k. yordamida erishish mumkin. SHunday qilib, aktiv faoliyat uchun zarur yoruglikni dastlabki qiymat sifatida qabul qilish kerak. Tabiiy yoruglik qurilish me’yorlarida tabiiy yoruglik koeffitsienti (qisqacha t.yo.k.)ning qiymati bilan belgilangan. Tabiiy yoruglik koeffitsientining qiymati kuzatilayotgan nuqtadagi yorulMik ochiq havodagi yoruglikning qanday miqdoriga teng ekanini ko’rsatadi.
Yoritilganlik intensivligi deraza va darcha o’rinlarining maydoni hamda ularning soniga, shuningdek qo’shni binolarning joylashgani, ko’kalamzorlik darajasi va boshqa tabiiy omillarga bogliq. Bu omillarga ko’ra tabiiy yoruglik koeffitsienti qurilish yoruglik texnikasi uslublari bilan hisoblanadi.
Rekonstruktsiya qilinayotgan binolarda deraza o’lchamlari — avvaldan berilgan qiymat bo’lib, ancha-muncha sarf-harajatlarsiz o’zgartirilmaydi. SHuning uchun kvartiralarni qayta loyihalashda odatda xona o’lchamlari mavjud deraza maydonlariga qarab o’zgartiriladi. Derazaning hisoblangan yoruglik maydonini oshirish maqsadida enlik ushlagichli deraza tabaqalari kam miqdordagi yoruglik to’suvchi detallarga ega bo’lgan derazalar bilan almashtiriladi. Masalan, agar eski binoda gorbilekli yog’och tabaqalar gorbileksizlariga almashtirilgan bo’lsa, xona yorug’ligi 1,6 marta ortadi. Metall tabaqalar o’rnatib esa yoruglikni 2,2 marta oshirish mumkin.
Binolarni rekonstruktsiya qilish paytida deraza kesakilari va tabaqalari eskirgan bo’lsa, bu bino qismlarini almashtirish kerak. Aynan mana shu paytda oynalar yuzalari katta va ensiz bog’lamali derazalarni o’rnatish ko’zda tutilishi kerak.
Eski binolarda barcha kvartira xonalarida me’yordagi yoruglikni ta’minlash imkoni bo’lmaydi. Bunday binolarni rekonstruktsiya qilish paytida birinchi navbatda yashash xonalarini uyning yorug’ old tomoni (fasadi)da joylashtirib, ularning normal yoritilishi ta’minlanadi. Oshxona va zinapoya maydonchalari binoning soya tomonida joylashtiriladi.
Oshxonadagi derazalar yoritish manbaidan ko’ra, ko’proq havoni shamollatish manbai sifatida olib qaraladi.
Xona devorlarining ranglari ham yorug’likni qabul qilishga ta’sir ko’rsatadi. Xonaning xuddi o’ziga o’xshash xonaga nisbatan yoritilganligini 40% ga oshirish uchun, uni och rangga bo’yashning o’zi kifoya. Binolarni ta’mirlashda bu effektni nazarga olmaslik mumkin emas, shuning uchun uncha yoritilmagan xonalarda och rangdagi bo’yoqlar va gulqog’ozlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Funktsional qulaylikka (komfortlilik) “binodan foydalanishdagi qulaylik” deb ta’rif berish mumkin. Turar joy binolari ularda yashaydigan kishilarning tobora o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun quriladi va rekonstruktsiya qilinadi. Bunda “inson - bino” tizimidan kelib chiqib ish ko’riladi. Bunday kontseptsiya odatda loyihalashtirishning ruhiy-fiziologik asoslari sifatida belgilanadi. Bu nimani anglatadi? Loyihalash mavjud muhitda insonning optimal ishlashi va hordiq chiqarishi uchun uni nima bilan ta’minlash kerakligini baholashdan boshlanishi kerakligini anglatadi.
Loyihalash paytida insonning ruhiyati, atrofni idrok etishi, qaror topgan odatlari va antropometrik tavsiflari hisobga olinadi. Funktsional qulaylikni yaratishda binoning estetik tavsifi, xonalar tuzilishi, yashash va faoliyat ko’rsatish uchun yaratilgan qulaylik shart-sharoitlari, qo’llangan uskunaning ko’rinishi va texnik darajasi kabi parametrlar ishtirok etadi. Binoning estetik xususiyatlari insonning unga bo’lgan munosabatini avvaldan belgilab beradigan omil hisoblanadi, chunki binoning umu’miy qiyofasi hamda uning funktsional yaroqliligi haqidagi tasavvurlar o’rtasida ma’lum bog’liqlik mavjud (ya’ni bino chiroyli bo’lsa, u qulay ham bo’ladi). Bunday tasavvuiga badiiy ifodalilik vositalari, masalan qismlarning masshtabliligi bilan erishiladi. Masshtablilik muhim omillardan hisoblanadi, chunki masshtabli bo’lmagan bino kishini ruhan ezib qo’yishi mumkin.
Xonalarning tuzilishi bino va uning elementlari qulayligining asosiy omilidir. Xonalar tarkibi, ularning maydoni, proportsiyalari, joylashuvi va o’zaro bog’lanishi inshootning ma’naviy qiymatiga ta’sir ko’rsatadi, tuzilish funktsiyasi (vazifa)ga bo’ysundiriladi. Darhaqiqat, u yoki bu bino o’zi bajaradigan vazifa uchun yaratiladi. SHuning uchun binoning va bino elementlarining kompozitsiyasi ushbu binoda kechadigan jarayonlarning o’zaro bog’liqligini belgilab beradigan funktsional sxemaga muvofiq hal etiladi. Bu o’rinda kvartiralarning rejaviy yechimlari inshoot tuzilishini, uning funktsiyasiga (vazifaga) bo’ysundirishning yorqin misoli bo’lib xizmat qiladi.
Uy uskunalari va unsurlari insonning fiziologik xususiyatlariga moslashtiriladi. Masalan, ko’pchilik kishilar o’ng qo’li bilan yaxshiroq ish qilishi hisobga olingan holda, eshik va derazalar ko’proq o’ng tomonga ochiladi, ikki tabaqali eshik va derazalarda esa dastalar o’ng tomonga o’rnatiladi. Eshiklar gabaritlari, zinapoyalarni o’rab turgan panjaralar va sanitariya-texnika jihozlarini o’rnatish balandligi ham qulaylik nuqtayi nazaridan kam ahamiyatga ega emas. Bu o’lchamlar insonning antropometrik tavsiflariga moslashtirilgan. Zinapoyalar harakatlanish uchun qulay tarzda joylashtiriladi. Ularning nishablari ko’tarilish paytida inson his qiladigan jismoniy yuklamalardan kelib chiqadi, zinapoyalarning katta-kichikligi esa chiqish va tushish paytidagi qadamlar o’lchamlariga moslashtiriladi.
Muhandislik uskunalari bino qulayligini belgilab beradigan asosiy omillardan sanaladi. Zamonaviy shahar uyini markaziy isitish tarmog’i, vodoprovod, kanalizatsiya, elektr yoritish, radioeshittirish, televidenie va telefonsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Issiq suv ta’minoti, gaz, markazlashgan axlat yig’ish tizimlari ham maishiy turmushga keng joriy etilgan. Ko’p qavatli uylar liftlar bilan jihozlangan. Jamiyatning texnik imkoniyatlari ortib borishi bilan muhandislik uskunalarining texnik saviyasi ham ortib borishi qonuniy holdir. Masalan, an’anaviy liftlar o’rniga dasturiy boshqaruv va xotira qurilmalari bilan ta’minlangan liftlar montaj qilinmoqda.
Xavfsizlik qulaylikning muhim omillaridan biridir, chunki inson qadim davrlardan buyon, agar uning yashab turgan uyi potentsial havf tug’diradigan maskan bo’lsa, bunday uyni yashash uchun qulay deb bilmaydi. Harakatlanish yo’llarining noqulay rejalashtirilgani, konstruktsiyalarning yetarli darajada mustahkam emasligi yoki muhandislik uskunalarining yomon sozlangani baxtsiz hodisalarning sababchisiga aylanadi. Masalan, mexanik uskunadagi nosozliklar jarohatlarni keltirib chiqarishi, issiqlik tashuvchisidagi nosozliklar kuyishlarga olib kelishi, gaz va elektr xo’jaligidagi nosozliklar esa portlash yoki yong’inga sabab bo’lishi mumkinligini kishilar o’z kundalik hayotlarida ko’p kuzatganlar.
Yong’in havfsizligi nafaqat ehtimoliy yong’in chiqish manbalarining nosozligiga, balki binoning turli qismlari qay darajada oson o’t olishi mumkinligiga, ya’ni konstruktsiyalarning olovbardoshligiga ham bog’liq.
Olovbardoshlilik ikkita omildan iborat: o’t olish darajasi va olovbardoshlilik chegarasi.
O’t olish darajasiga ko’ra konstruktsiyalar yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonadigan turlarga ajraladi. Anorganik materiallardan tayyorlangan konstruktsiyalar yonmaydigan konstruktsiyalarga mansubdir, olovbardoshlikni oshirish uchun maxsus ishlov beriladigan yonadigan organik materiallardan tayyorlangan konstruktsiyalar yonadiganlariga kiritiladi. Qiyin yonadigan konstruktsiyalar yonmaydigan va yonadigan konstruktsiyalarning birikuvidan iborat bo’ladi.
Olovbardoshlilik chegarasi deb o’t yoki yuqori temperaturalarning konstruktsiyalarga ular o’z yuk ko’tarish qobiliyatini yo’qotgunga qadar ko’rsatgan ta’sirining soatda o’lchangan davomiyligi, isimaydigan yuzalarda chuqur darzlar (teshiklar)ning paydo bo’lishi yoki bu yuzalarning temperaturasi 140°C dan oshishiga aytiladi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling