Bino va inshootlar qurilishi


-amaliy mashg’ulot. Turar-joy jamg’armasi rekonstruktsiyalashda sanitariya-gigienik talablar


Download 1.84 Mb.
bet4/38
Sana24.10.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1718299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
БИР қўлланма

2-amaliy mashg’ulot. Turar-joy jamg’armasi rekonstruktsiyalashda sanitariya-gigienik talablar
Turar joy uylarini modernizatsiya qilishni loyihalash ishlari turar- joy rayoni, magistrallararo hududlar va turar joy guruhini rekonstruktsiyalash loyihalarini ishlab chiqish natijasida olingan ma’lumotlar asosida olib boriladi. Loyihalashda muhandislik tadqiqotlari materiallaridan, xususan kapital ta’mirlashga mo’ljallangan binoni har tomonlama ko’rikdan o’tkazish natijalaridan foydalaniladi.
Har bir tarixiy davrda turar joy binolarining ko’rinishi muayyan joyning etnografik va iqlimiy shart-sharoitlarini, ishlab chiqarish kuchlarining sotsial va iqtisodiy rivojlanish darajasini aks ettirib kelgan, jamiyatning estetik tamoyillarini ifodalagan. Turar joyga, kvartiralar va umuman uylarning rejalashtirilishiga, konstruktiv sxemalari va bino unsurlariga qo’yiladigan estetik talablar, bu unsurlarning maishiy qulayligi (komfortliligi) haqidagi tushunchalar zaminida aynan mana shu omillar yotadi.
Azaldan turar joy tashqi muhit ta’sirlaridan himoya qilish uchun mo’ljallangan bo’lib, insonning hordiq chiqarish va asosan maishiy jihatdan foydali faoliyat olib borish maskani bo’lgan. Hozirgi paytda ham turar-joyning maishiy qulaylik darajasi aholi hayotining aynan shu jihatlarini ta’minlash nuqtayi nazaridan baholanadi. Biroq qulaylik darajasiga qo’yiladigan talablar davr o’tishi bilan o’zgarib boradi, chunki jamiyatning texnikaviy imkoniyatlari taraqqiy etib borgan sayin “qulaylik” tushunchasining chegaralari ham o’zgarib, kengayib boradi.
Hozirgi paytda maishiy qulaylik shunchaki uyda yashash qulayligi bilan bog’liq juz’iy muammolar to’plami sifatida olib qaralmaydi, balki “inson - muhit” tizimini optimallashtirish sifatida tushuniladi. Bu tizimni tadqiq etish asosida yangi fan - ergonomika yaratilgan. Bu fanning mohiyati insonning atrof muhit bilan o’zaro aloqasi to’g’risidagi ma’lumotlar majmuidan iborat. Muhit deganda, bu o’rinda insonga va uning hayotiga ta’sir ko’rsatadigan omillar yig’indisi, shu jumladan, u yashab turgan makon, qo’llayotgan mexanik qurilmalar, shuningdek amal qilish usullari tushuniladi. Bino devorlari bilan chegaralangan muhitning maishiy qulayligi mezonlari uch guruhga bo’linadi: gigiena, qulaylik va havfsizlik.
Gigiena talablari turar joy xonalarida inson uchun eng maqbul muhitni ta’minlashga qaratilgan. Issiqlik va namlik rejimi, havoning tozaligi, ko’rish va eshitish organlari uchun qulaylik bu muhitning asosiy belgilari hisoblanadi. Bu omillarning optimal o’zaro birikuvi turar joy uylarining xonasida istiqomat qilayotgan insonning normal (me’yordagi) fiziologik holatini ta’minlaydi.
Xonalarda issiqlik va namlik rejimi xona harorati, namligi va havoning harakatlanish tezligi kabi omillarga bog’liq. Bu omillarning nomuvofiq o’zaro birikuvi inson tanasining issiqlik almashinuvini qiyinlashtiradi, termoregulyatsiya faoliyatining tezlashuvini keltirib chiqaradi, insonning mushak va ruhiy faolligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Xonada issiqlik va namlik rejimi ichki va tashqi muhit o’rtasidagi issiqlik almashinuviga bog’liq. O’z navbatida issiqlik almashinuvi xonani o’rab turgan konstruktsiyalarning texnik issiqlik xususiyatlariga bog’liq.
Xonadagi mikroiqlim parametrlarining sonda ifodalangan qiymatlari Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMvaQ) me’yorlariga qarab tanlanadi, to’suvchi konstruktsiyalar esa ≪Qurilish issiqlik-texnikasi≫ fanining “Qurilish fizikasi” bo’limida ko’rsatilgan usullar vositasida hisoblanadi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling