Bino va inshootlar qurilishi


-amaliy mashg’ulot. Kvartira va uning konstruksiyalari


Download 1.84 Mb.
bet3/38
Sana24.10.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1718299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
БИР қўлланма

1-amaliy mashg’ulot. Kvartira va uning konstruksiyalari
Kvartiralar turar joy yacheykalari, zamonaviy turar joy uyining funktsional unsuri bo’lib xizmat qiladi. SHuning uchun kvartiralarning sifati birinchi o’rinda ularning maqsadga muvofiq rejalashtirilgani hamda muhandislik qulayliklariga bog’liq.
Kvartira rejalari oilaning kundalik hayotiy jarayonlarining tabiiy oqimini ta’minlashga qaratilishi lozim. Kvartira maydoni bir butunlik sifatida olib qaraladi, shu bilan bir vaqtda ular turar joy va qo’shimcha maydonlarga ham bo’linadi. Turar-joy maydoni xonalardan iborat. Qo’shimcha xonalarga oshxona, hojatxona, vannaxona, javonlar, dahliz va yo’laklar, balkonlar va peshayvonlar kiradi.
Turar-joy xonalari turli funktsional vazifani bajaradi. Ularning ayrimlarida barcha oila a’zolari jam bo’lsa, ayrimlari shaxsiy foydalanish uchun mo’ljallangan. Mana shu belgiga qarab xonalar umumiy va shaxsiy (yotoqxonalar) ga bo’linadi.
Umumiy xona odatda kvartiraning kompozittsion yadrosi hisoblanadi hamda eng katta maydonni egallaydi. Bu xona barcha oila a’zolarining umumiy mashg’ulotlari va xordiq chiqarishi, mehmon qabul qilish uchun mo’ljallangan bo’lib, ovqatxona sifatida ham ishlatilishi mumkin. Umumiy xonada sanab o’tilgan funktsiyalarga mos mebel joylashtiriladi. Mebel jihozlari xonada guruhlarga birlashtirgan holda joylashtiriladi: ovqatlanadigan joy, mashg’ulotlar va hordiq chiqarish uchun joy (1.19-rasm).
Zaruriyat tug’ilganda, umumiy xonada yotoq joyi tashkil qilinadi. Uni alohida joylashtirishga hamda xonaning qolgan maydonidan maksimal darajada foydalanishga harakat qilinadi. Buning uchun xona ichkarisida yoki yon tomondan, deraza yonida taxmonsimon joylar ko’zda tutiladi.
Umumiy xonalarning funktsional hajmlari surma pardevorlar, shu jumladan shkafli pardevorlar bilan ajratiladi. Ular zaruriyatga ko’ra xona yuzasini o’zgartirish imkonini beradi.



1.-rasm. Kvartiraning rejaviy unsurlari.
a — umumiy xonalar; b shaxsiy va yotoq xonalar; v — oshxonalar

Aytib o’tilganidek, kvartirada turar joy xonalari, oshxona, hojatxona, vannaxona yoki dushxona, qurilma shkaflar, yozgi xona ko’zda tutilishi kerak.


Davlat yoki mahalliy byudjet hisobiga qurilayotgan oddiy (me’yoriy) qulaylik (komfortlilik) sinfidagi sotsial (“munitsipal”) turar joy jamg’armasi kvartiralarining maydoni 1.3-jadvalda keltirilgan ko’rsatkichlar hisobga olingan holda quriladi.
Bitta kishiga mo’ljallangan bir xonali kvartira xonasining maydoni 14 m2 dan, ikki kishiga mo’ljallangan bir xonali kvartira xonasining maydoni esa 18 m2 dan kam bo’lmasligi kerak.


1-jadval

Kvartiralar turlari

oila a’zolarining soni (kishi)

Kvartira maydoni * (yozgi xonalarsiz), m2

SHu jamladan turar joy maydoni, m2

Bir xonali
Bir xonali
Ikki xonali
Uch xonali
To’rt xonali
Besh xonali
Olti xonali

1
2
3
4
5
6
7(8)

28-30
42-36
48
64
80
96
114

14-16
18-20
30
40
53
66
78



*Me’yorlanayotgan kvartiralar maydoni yashash uchun yaroqli va qo’shimcha xonalarni o’z ichiga oladi (yozgi xonalar va omborxonalar bu hisobga kirmaydi).
Izoh: 1. Jadval ma’lumotlari shaharlarda va qishloq joylarida quriladigan "ijtimoiy" turar-joy binolarining hamma turlari uchun mo’ljallangan. Kvartiralar maydonlari 1 ta yashovchiga mo’ljallangan turar-joy maydonining ijtimoiy me’yori 16m2 dan kelib chiqib hisoblangan (1 kishiga mo’ljallangan bir xonali kvartiralar bundan mustasno).
2. Muayyan shahar qurilishi sharoitlarida kvartiralar maydonlari va xonalari tarkibining ko’rsatkichlari loyihalashtirish uchun berilgan vazifaga qarab belgilanadi. Bunda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, aholi tarkibining demografik xususiyatlari, qurilishning zahira bilan ta’minlanganlik darajasi hisobga olinadi. Loyihalashtirish uchun berilgan vazifada uch avloddan tashkil topgan murakkab oilalar uchun (qariyalar va aravachada o’tiradigan nogironlar ehtiyojlariga qarab) kvartiralar maydoni va xonalarning tarkibi ham belgilanadi.
Ikki va uch xonali kvartiralardagi umumiy xonaning maydoni kamida 16 m2 ga teng boiishi ko’zda tutilgan. Ikki kishiga mo’ljallangan turar-joy xonasi - yotoqxonaning maydoni 12 m2 dan kam bo’lmasligi lozim, ota-onalar yotog’i uchun mo’ljallangan xonaning maydoni esa 13-14 m2 dan kam bo’lmasligi tavsiya qilinadi. Bir kishilik yotoqxona maydoni 8 m2 dan kam bo’lmasligi kerak. Uy rekonstruktsiyasi jarayonida bolaxona (mansarda) qurilishi ko’zda tutilgan bo’lsa, uning maydoni (kvartirada boshqa turar-joy xonalari mavjud bo’lishi sharti bilan) 7 m2 bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Yotoqxonalar va taxmonsimon joylar barcha turdagi kvartiralarda bosib o’tilmaydigan qilib quriladi.
Oshxona maydoni odatda 8 m2 dan kam bo’lmasligi kerak. Rekonstruktsiya sharoitida bir xonali kvartiralar uchun maydoni 5m2 li oshxonalar va oshxona-taxmonlari loyihalashga yo’l qo’yiladi. Bunda kvartiradagi yashashga mo’ljallangan va qo’shimcha xonalarning o’lchamlari (gabaritlari) zaruriy asbob-uskunalar to’plami hamda ergonomika talablarini hisobga olgan holda belgilanadi. Yotoqxona kengligi odatda 2,2 m dan, umumiy xonaning kengligi esa 3 m dan kam bo’lmasligi ko’zda tutilgan.
Qulayligi yaxshilangan yoki yuqori darajada bo’lgan kvartiralarning qo’shimcha xonalari maydoni loyihalashtirish uchun berilgan vazifadan kelib chiqib rejalashtiriladi. Bu o’rinda bunday xonalarga mehmonxona, oshxona, ishxona (kutubxona), bolalar xonasi (o’yinxona) , trenajer xonasi, billiard xonasi, xo’jalik omborxonalari, qurilma garajlar, shaxsiy ustaxonalar va h.k. kiradi.
Agar uyda individual isitish qozonli o’txona loyihalashtirilgan bo’lsa, uning maydoni 5 m2 dan kam bo’lmasligi kerak.
Fuqarolar yoki tashkilotlarning shaxsiy mablag’lari hisobiga qurilayotgan nodavlat turar joy jamg’armasini oddiy, yaxshilangan va yuqori qulaylik darajasiga ega bo’lgan uylar tashkil qiladi. Qulayligi yaxshilangan uylardagi kvartiralar odatda bitta yashovchiga umumiy maydonning kamida 23 m2, qulayligi yuqori bo’lgan kvartiralarda esa kamida 30 m2 hisobidan loyihalanadi. Bunda oilaning har bir a’zosi alohida xona bilan ta’minlanishi ko’zda tutiladi.
Qo’shimcha xonalarning kengligi quyidagicha olinadi: oshxonaniki —kamida 1,7 m, uskunalar bir tomonda joylashtirilganida, va 2,2 m, uskunalar ikki tomonlama joylashtirilganida; dahliz kengligi 1,4 m dan, yashaydigan xonalarga olib boradigan yo’laklar kengligi 1,1 m dan, qo’shimcha xonalarga olib boradigan yo’laklar kengligi 0,9 m dan kam olinmasligi kerak. Loyihada yozgi xonalar — terrasalar, osma ayvon (balkon)lar, peshayvon (lodjiya)lar, kvartira oldi hovlichalari ham ko’zda tutiladi. Oynavon qilingan yozgi xonaning maydoni bir xonali kvartira uchun kamida 5 m2, kengligi esa kamida 1,4 m bo’ladi; uch xonali kvartiralar uchun esa xuddi shunday xonaning maydoni 10 m2 dan kam olinmaydi.
Kvartiralarning sanitariya-gigiena xonalarini loyihalashda belgilangan me’yorlarga ko’ra ularning sanitariya-texnika uskunalari bilan jihozlanganlik talablari hisobga olinadi. Hojatxonalar qo’l yuvgich (umivalniklar) bilan birgalikda loyihalashtirilishi hamda ularning kengligi 1,6 m2 dan kam bo’lmasligi kerak; Birlashtirilgan sanitariya-gigiena xonalarining kengligi 2,2 m kam olinmasligi belgilangan.
Birlashtirilgan sanitariya uzellari kichik maydonli kvartiralarda, shuningdek umivalnikli hojatxonalar yoki yotoqxonalar yonida bir nechta birlashtirilgan sanuzellar ko’zda tutilgan katta maydonli kvartiralarda qo’llanadi.
Kir yuvadigan mashinalar uchun ham 0,45x0,75 m hisobida joy qoldirish tavsiya etiladi. Bu joylar vannaxonalarda yoki birlashtirilgan sanuzellarda ajratiladi.
Unitaz bilan jihozlangan xonaga bevosita oshxona va yashash xonalaridan kirishga yo’l qo’yilmaydi. Kreslo-kolyaskada o’tiradigan nogiron uchun mo’ljallangan yotoqxonalar bundan mustasno. Bunday kirish joylari yuqori qulaylikka ega uylar yotoqxonalarida (loyihalashtirish vazifalariga ko’ra) o’rnatilishi mumkin.
Hojatxona, vannaxona va birlashtirilgan sanitariya uzelining eshiklari tashqariga ochilishi kerak.
Hojatxona, vannaxona (dushxona)ni bevosita yotoqxonalar va oshxonalar tepasiga joylashtirishga yo’l qo’yilmaydi. Jihozlar va quvurlarni kvartiralar orasidagi devorlarga hamda yotoqxonalarni bir-biridan ajratib turgan pardevorlarga biriktirish ham mumkin emas.



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling