Yuqori texnologiyali bino va inshootlar. Ushbu bino va inshootlarda energiya iqtisodiga, mikroiqlim sifatiga va ekologik xavfsizligiga kuchli fikrlash qoidalari va nou-xauga asoslangan texnik qarorlaming ishlatilishi hisobidan erishiladi.
Yashovchan bino va inshootlar. Ushbu bino va inshootlar atrof-muhit va inson bilan ekologik muvozanatda joylashgan boiadi. Yashovchan bino va inshootlaming ta’riflari 33-, 34- va 35- rasmlarda ko‘rsatilgan.
Yashovchan bino va inshootlar ekologik toza qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlatilishi imkoniyatini, talab etiladigan energiyani eng maqbul ishlatilishini, suv resurslarini saqlanishini, takroran ishlatiladigan qurilish materiallarini qoilanilishini, insonni o‘rab turgan atrof-muhit sifatini yaxshilashni o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Biroq, ushbu muammolaming alohiqa jihatlarini o‘rganish yetarlicha emas boiib ko‘rinadi. Jumladan: binoni va atrof-muhiini hamda ulaming ekologik va energetik holatini to‘liq majmuada o‘rganish zarur. Bu esa qurilishning nazariy va amaliy bosh maqsadi hisoblanadi.
209
33-rasm. Energetik xolis bino va inshootlar.
Energetik xolis bino va inshootlar - talab etiladigan energiyaning soni va sifati atrof-muhit holatini sezilarli buzilishini keltirib chiqarmaydi.
34-rasm. Suvi xolis bino va inshootlar.
Suvi xolis bino va inshootlar - talab etiladigan suvning soni va sifati atrof-muhit holatini sezilarli buzilishini keltirib chiqarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |