Bino va inshootlar qurilishida energiya va resurs tejamkorlik


Download 67.64 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi67.64 Kb.
#1591541
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-Energiya va resurs tejamkorlik



BINO VA INSHOOTLAR QURILISHIDA ENERGIYA VA RESURS TEJAMKORLIK
Tayanch iboralar:
Arxitektura, atmosfera, atrof-muhit, bar- qaror rivojlanish, bino va inshootlar, iqlim, inson, issiqlik ta’minoti, quvurlar, qurilish materiallari, qurilish, loyihalash, omillar, resurs tejamkorlik, resurslar, samaradorlik, texnologiyalar, turar-joylar, ha- rorat, energiya.

  1. Jahonda energiya va resurs tejamkorlik bo‘yicha umumiy holat

Xorijiy va mahalliy mutaxassislamíng baholashi bo‘yicha dun- yoda ekologik ahvolning yaxshilanishi va aholining salomatligini saqlanishining asosiy yo‘nalishlaridan biri tabiiy energetik resurs- lami iste’mol qilish darajasini pasaytirish hisoblanadi.
Bino va inshootlar qurilishi sohasi - mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda ham asosiy energiya iste’molchilaridan biridir. Mamlakatimizning yoqilg‘i-energetik resurslari bo‘yicha bir yildagi barcha talabining 15-20% shartli ravishda mamlakatimizdagi bino va inshootlar majmualarining talabiga sarflanadi. Jahonda energiya tanqisligi va energiya tashuvchining narxi o‘sishining kuchayib borayotgan sharoitida energiya talabini pasaytirilishi barqaror rivoj­lanish qoidalariga, ya’ni ekologik barqaror (o‘z-o‘zini quwatlash) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga to‘liq javob beradi.
Energiya tejamkorlik - energiya resurslarini nihoyatda tejab- tergab sarflanishini ko‘zda tutadi. Tasodif emaski, shuning uchun 1992-yil Rio-de-Janeyro shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining o‘tkazilgan konferensiyasida va keyingi sammitlarida jahon miqyosida energiyani tejash va uni yuqori darajada samarali ishl atilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Energiya tejamkorlik jamiyatni barqaror rivojlanishining asosiy yo‘li hisoblanadi. Bu quyidagi bir necha sabablar bilan tushuntiriladi:

  1. Tabiiy organik energiya resurslarining tugayotgani;


204


  1. Tabiiy energiya resurslarining bahosi keskin ko‘tarilishi;

  2. Tabiat majmualariga va tabiiy ekologik tizimlarga salbiy antropogen ta’siming sezilarli kiichayishida energiya talabining o‘sishi kuzatiladi.

Evropa, AQSh, Yaponiya va boshqa davlatlar 1970-yillarda jahondagi energiya tanqisligidan keyin mamlakatni iqtisodiy rivoj- lanishida energiya tejamkorlik muammolariga yuqori darajada e’tibomi qaratishdi. Muhimlik darajasi sifatida yangi energiya resurslarini ishlab chiqarishni ko‘paytirishga emas, balki energiya tejamkorlikga yo‘naltirilgan konsepsiya e’tirof etildi. Ushbu kon- sepsiyani amalga oshirish natij asida 1990-yillaming o‘rtalarida Yevropa, AQSh, Yaponiya davlatlarida yillik energiya sarfi o‘rtacha 30-40% ga pasaydi.
Energiyaning narxi keskin oshishi bilan energiya tejamkorlik bo‘yicha tashkiliy jarayonlar boshiandi. Energiya tejamkorlik mam- lakatlaming energetik strategiyasida asosiy yo‘nalish sifatida rasmiy e’tirof etildi. Shu bois, 1997—1998-yillardan boshlab iqtisodiy rivoj- langan xorijiy mamlakatlarda va respublikamizda energiya tejam­korlik bo‘yicha uzoq muddatlarga muljallangan maqsadli dasturlar qabul qilindi.
Mahalliy turar joy qurilish majmualarida bir necha ko‘rinishda energiya tashuvchilar ishlatiladi, jumladan organik yoqilg‘i, elektr energiya va issiqlik energiyasi. Energiyaning jiddiy yo‘qolishi ishlab chiqarish ishlarining barcha bosqichlarida, ya’ni yoqilg‘ini yuk- lashdan boshlab, qurilish va maishiy turar joy maqsadlarida uning ishlatilishigacha kuzatiladi. Masalan, maishiy turar joy sektorida ishlatilayotgan markaziy issiqlik ta’minotining eskirgan texnolo- giyasi energiya tashuvchilami sezilarli yo'qolishiga olib keladi.
Qurilish tarmog'ida energiyaning yo‘qolishi tahlil qilinganda, gazni yirik iste’molchilaridan biri qiyjlish materiallari sanoati energiya tejamkorlikning cheklanmagan imkoniyatlarini kam ishlatmoqda. Masalan, shisha ishlab chiqarish bo‘yicha zavodlaming foydali ish koeffitsienti ko‘pincha 35-40% dan oshmaydi, gisht zavodlarida va keramik buyumlami ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalaming quritish qurilmalarida issiqlik yo‘qotilishi 52% va qizdirish qo‘rasida 63% ga etib boradi. Sement klinkerini (kuydirib



Download 67.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling