Bino va inshootlar qurilishi”fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi “Jismoniy tarbiya” fanidan


Download 25.1 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi25.1 Kb.
#1761905
Bog'liq
116 20-var


Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi
Toshkent Arxitektura qurilish instituti
Bino va inshootlar qurilishi”fakulteti
O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi
Jismoniy tarbiya” fanidan

MUSTAQIL ISH


Mavzu:________________________________________________
______________________________________________________

Bajardi:___________________________________
________________________________________

Qabul qildi:_______________________________
________________________________________

TOSHKENT-2021

Reja:
1.Ontogenez va filogenez haqida.
2.Kritik davrlar.
3.Sensitiv davrlar.




Ontogenez (yunoncha: ontos — borliq va ...genez) — organizmning individual rivojlanishi, uning shakllana boshlashidan hayotning oxirigacha sodir boʻladigan ketma-ket oʻzgarishlar majmui. "O." terminini nemis olimi E. Gekkel (1866) fanga kiritgan. O. urugʻlangan tuxum hujayra, yaʼni zigotadan boshlanadi. Jinssiz koʻpayadigan orga-nizmlarda yangi organizm ona hujay-raning boʻlinishidan (bir hujayralilarda), kurtaklanishdan yoki



tugunak, ildizpoya va boshqa vegetativ organlardan (vegetativ koʻpayishda) vujudga keladi. O. organizmning xususiy rivojlanishi davomida roʻy beradigan barcha m orfologik, fiziologik va funksional jarayonlarni qamrab oladigan, oʻzaro uzviy bogʻlangan miqdor va si-fat oʻzgarishlari orqali amalga oshadi. O. ketma-ket keladigan bosqichlar rivojlanish davrlaridan iborat. Jinsiy k oʻpayadigan organizmlarda bu bos-qichlar murtak (embrional), murtakdan keyingi, yaʼni postembrional va ba-logʻatga yetish davrlarini oʻz ichiga oladi. O. davomida rivojlanayotgan organizmning alohida q ismlari oʻsadi, ixtisoslashadi va oʻzaro muvofiklashadi. 18-asrda O.ni tushuntirishda ikki konsepsiya kurash olib bordi. Ulardan biri — preformizm O.ni individual oʻsishdan iborat deb tushuntirsa, ikkinchisi — epigenez esa uni struk-turasiz murtakdan boshlanadigan yangi hosilaning rivojlanish jarayoni si-fatida tushuntiradi. Zamonaviy tushunchalarga binoan, O. boshlanayotgan hujayrada irsiy axborot kodi holatida organizmning bundan keyingi rivojlanishi programmasi joylashgan. O. davomida bu programma yadro bilan sitoplazmaning oʻzaro taʼsiri jarayonida murtakning har bir hujayrasida, uning har xil hujayralari va hujayra komplekslari oʻrtasida amalga o shadi. Irsiy apparat maxsus oqsil molekulalarining sintezini kodlash orqali morfogenetik jarayonlarning umumiy yoʻnalishini belgilab beradi. Bu jarayonlarning amalga oshishi ozmi-koʻpmi (irsiy belgilangan reaksiya normasi chegarasida) tashqi muhit taʼsiri bilan bogʻliq.
Hayvonlarda O. jarayonlarini boshqarishda nerv va endokrin sistemasi muhim ahamiyatga ega. O. jinsiy koʻpayadigan koʻp hujayrali hayvonlarda, ayniqsa, murakkab sodir boʻladi. Ular ontogenezida O.ning murtakkacha (proembrional), murtak (embrional), murtakdan keyingi (postembrional), voyaga yetgan davrlari boʻladi.
Filogenez (yun. phylon — avlod, qabila va ... genez), filogeneya — tirik organizmlar hamda ular taksonomik guruxlari: olam, tip (boʻlim), sinf, turkum (tartib), oila, avlod (turkum, urugʻ) va turlarning tarixiy taraqqiyoti. "F." termini nemis olimi E. Gekkel tomonidan fanga kiritilgan (1866). Biol.ning F. vauning qonuniyatlarini oʻrganadigan boʻlimi filogenetika deyiladi. F.ni tadqiq qilish evolyutsiyaning umumiy nazariyasini rivojlantirish, organizmlarning tabiiy sistemasini tuzish uchun zarur. Filogenetikaning xulosalari tarixiy geol. uchun ham juda muhim. Gekkel F.ni tadqiq qilish uchun paleontologiya, solishtirma anatomiya va embriologiya dalillarini taqqoslovchi uchlik parallelizm metodini taklif etgan. Filogenetikada genetika, biokimyo, molekulyar biol., etologiya, biogeogr., fiziologiya, parazitologiya dalillaridan keng foydalanilmoqda. Bu dalillar turdan yuqori boʻlgan har qanday taksonlar evolyutsiyasi borishini katta aniklik bilan tiklash imkonini beradi. Muhit sharoiti bir xil boʻlmagan, har xil biotik va abiotik omillar qurshovida turli guruxdardagi evolyutsion jarayonning borishini taqqoslash tarixiy taraqqiyotda katta guruhlarga xos umumiy xossalarni aniklash imkonini beradi. Guruhlar evolyutsiyasining barcha xususiyatlari individlarning morfofiziologik tomonlarini oʻrganish asosida aniqlanadi.

Rivojlanish davrlarning almashinuvida keskin strukturaviy va funksional 
o‘zgarishlar tufayli, organizm turli omillarga nisbatan o‘ta ta‘sirlanuvchan bo‘lib qoladi, 
shunining uchun bu bosqichlar ―kritik davrlari‖ yoki ―burilish davrlari‖ deyiladi. 
Odam ontogеnеzida quyidagi kritik yoki burilish darvrlari ajratiladi: 

gamеtogеnеz (spеrmato- va ovogеnеz), 

urug‘lanish, 

implantasiya (prеnatal davrining 1-xaftaning ohiri), 
38 

platsеntasiya va organogеnеzning boshlang‘ich bosqichlari (prеnatal davrining 
3—8-xaftasi), 

bosh miyaning shiddatli o‘sish davri (15—20-xaftasi), jinsiy apparati va boshqa 
funksional tizimlarning shakllanishi (20—24-xaftasi), 

tug‘ilish davri;chaqaloqlik (1 oygacha), go‘daklik (1 yilgacha), jinsiy yеtilish 
davri (11 — 16 yosh). 
To‘qima va organlarning, va butun organizmning rivojlanishini bеlgilovchi asosiy 
jarayonlar, aynan aytib o‘tilgan kritik davrida ro‘y bеradi.

Yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti to‘g‘risida fikr yuritilayotganda inson umrining turli Yosh bosqichlarida kechishi, Yosh o‘sishiga va psixik taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, turli ta’sirlar tufayli turlicha tarzda ro‘y beradigan psixik rivojlanish xarakteristikasi nazarda tutiladi. Demak, Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug‘ilgandan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini, er va ayolning jins tafovvutlarini, shuningdek inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi.
Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik rivojlanishi, psixik xususiyatlari va ularning o‘ziga xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari xaqidagi fandir. SHuningdek u muayyan yoshdagi insonlarning Yosh o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. SHuning uchun ijtimoiy xayotda, ta’lim-tarbiya jarayonida, guruxlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlarda Yosh davrlari psixologiyasi alohida o‘rin tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. V.I. Filippovich. Teoriya i metodika gimnastiki. M.: 1971.
2. A.M. SHlyomin. «Gimnastika». M.: FIS, 1978. 
3. V.D. Polo’ga. «Gimnastika». M.: Prosvehenie, 1982. 
4. A.T. Bro’kin. Gimnastika. M.: FIS 1971.
5. A.G. Bro’kin. Gimnasticheskaya terminologiya. M.: FIS. 1969.
Download 25.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling