Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/48
Sana18.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1582967
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48
Bog'liq
BIBET maruza matni 1- qism 2021

Ketma-ket usulda alohida binoni barpo etishda ishchilar brigadasi har bir 
keyingi ishni oldingi ish to’gagandan so’ng boshlaydi. Demak, bino qurilishining 
umumiy davomiyligi alohida ishlar bajarilish davomiyliklarining yig’indisidan iborat, 
yahni bu holatda obhektdagi ishlarni bajarish uchun kam miqdordagi ishchilar 
yetarlidir. Bir tipdagi binolar ketma-ket qurilganda, yahni har bir keyingi bino oldingisi 
qurilgandan so’ng boshlansa, binolarni quraytgan yagona brigada ketma-ket qurilgan 
binodan yangi qurilishi boshlangan binoga o’tadi. Bu usulda, binolar kompleksi 
(majmuasi)ning umumiy qurilish davomiyligi bir bino qurilishi davomiyligini binolar 
sonini ko’paytmasiga teng bo’ladi, ammo bu holatda, bir bino qurilishidagidek o’zoq 
vaqt bir yerda harakatda bo’lganiga nisbatan kam ishchilar soni kerak bo’ladi. 
2. 
Binoda bajariladigan ishlarni parallel usulda olib borish. 
Parallel usulda bir paytning o’zida alohida binoda turli ishlar bajariladi yki bir 
tipli binolar bir paytda barpo etiladi. Har bir ko’rilaytgan obhektda mustaqil ish 
yuritadigan brigada ishlaydi. Ideal holatda brigadalar bir paytda ishni boshlab va bir 
paytda binolarni barpo etishni to’gatadilar. Parallel usulda, alohida binoni barpo etish 
muddati jami ishlarni bajarish muddatiga teng, ammo bu usulda bir paytda ishlaydigan 
ishchilarga bo’lgan talab m martaga (shu turdagi ishlar va ishchilar brigadasi soni) 
oshadi. Bir xil tipdagi binolar kompleksini parallel usulda barpo etganda, inson 
resurslarini jalb etish va qurilish muddati yuqorida keltirilgan sxemaga o’xshash 
bo’ladi. 
3. 
Ishlarni oqim usulida bajarish 
Qurilishning oqim usuli o’zida ketma-ket va parallel usullarining yutuqlarini 
aks ettirib ularning kamchiliklarini bartaraf etadi. Bu usulda qurilishni umumiy 
davomiyligi ketma-ket usuldagidan ancha kam, shuningdek, ishchilardan foydalanish 
intensivligi parallel usuldagidan kamroq. 
Ko’rsatilgan qurilish usullarni beshta bir xil binolar qurilishi misolida kerakli 
hisoblar va diagrammalar yordamida namoyish etamiz. Bir binoga sarf bo’ladigan 
mehnat xarajati = 300 odam-kun, brigada n = 10 odam sonidan iborat, binoni qurilish 
davomiyligi (bir qamrovdagi ishlar) t=30 ish kuni, N— ishchilar soniga bo’lgan 
kundalik maksimal talab. 
2.1-rasmda binolarni ketma-ketlik usulida barpo etishni kalendarg’ grafigi 
berilgan. Ishlarni bajarish davomiyligi T= mt = 5 • 30 = 150 kun. Inson resurslari 
(ishchilarga bo’lgan talab) p = N (har kuni 10 odam). Umumiy mehnat sarfi Q = Tp 
150 • 10 = 1500 odam-kun. Binolarni parallel usulda barpo etish 2.2-rasmda keltirilgan. 
Ishlarni umumiy bajarish davomiyligi T = t =30 kun. Ishchilarga bo’lgan talab N = mn 
= 5 • 10 = 50 odam (ishchi ) bir kunda. Umumiy mehnat sarfi o’zgarmaydi Q = NT= 50 
• 30 = 1500 odam-kun. 
Ishlarni oqim usulida bajarishning o’ziga xos tomoni qurilish ishlari va ularning 
kompleks (majmua)larini bosqichlarga yanada kichikroq tashkil etuvchilarga 


12 
bo’lishdir. 
Qamrovlar 
Ishlarning davomiyligi (vaqt), kunlarda 









00 
10 
20 
30 
40 
50 

2



2.1-rasm. Binolarni ketma-ket usulda barpo etishning kalendarg’ grafigi 
Qamrovlar Ishlarning 
davomiyligi 
(vaqt), 
kunlarda 



2
3
4
5
2.2-rasm. Binolarni qamrovlarda parallel usulda barpo etishning kalendarg’ grafigi 
Qamrovlar 
Ishlarning davomiyligi (vaqt), 
kunlarda 






1
2
3
4


13 
5
2.3-rasm. Binolarni qamrovlarda oqim usulida barpo etishning kalendarg’ grafigi 
Bino qurilishini boshlagan hamma brigada ahzolarini kerakli qurilish 
kasblarini mukammal o’zlashtirgan, yer ishlaridan boshlab binoni pardozlash ishlariga 
qadar barcha ishlarni sifatli bajaradi deb tasavvur qilish qiyin. SHu boisdan, qurilish 
ishlarini ketma-ket bajariladigan uch tsiklga bo’lish ma’quldir: binoni yer osti qismini 
barpo etish − yer ishlari, poydevorlarni va yerto’lani qurish, gidroizolyatsiya va boshqa 
ishlarni bajarish; yer usti qismini barpo etish – ichki devorlar bilan birgalikda binoni 
karkasi, pardevorlar, deraza va eshiklarni o’rnatishdagi bo’shliqlarini to’ldirish hamda 
maxsus ishlarni bajarish va oxirgi tsikl − binoning ichkari va tashqarisini pardozlash. 
SHartli ravishda qabul qilgan holda, har bir tsikldagi ishlarni bajarishda mustaqil, 
ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali 10 odamdan iborat bo’lgan brigada ishlaydi va ular 
har bir binoda o’zining ishini 9 kunda bajaradi. Ishlarni oqim usulida olib borishning 
o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ixtisoslashtirilgan brigada bir binoda o’z tsiklini 
to’gatib ikkinchi binoga o’tadi va o’z o’rnini keyingi tsikl ishlarini bajaruvchi 
brigadaga bo’shatib beradi (2.3-rasm). SHuningdek, ketma-ket ravishda ikkinchi 
brigada birinchi obhektdan ikkinchi obhektga ( bir qamrovdan ikkinchi qamrovga) 
ko’chadi. SHunga o’xshash uchinchi brigada ishlaydi, agar tsikllar soni ko’p bo’lsa , u 
holatda to’rtinchi va hokazo. Bu yerda ixtisoslashgan va tajribaga ega har bir brigada 
o’zining ishini 10 kunda emas 9 kunda bajaradi. 
2.4-
rasm. Ishlarni 
oqim 
usulida ishchi 
kuchi 
harakati grafigi 
Har bir 
vaqt 
intervalida ishlaydigan ishchilar soni 2.4-rasmda keltirilgan. Ishlarni 
umumiy davomiyligi T= 63 kun. Umumiy mehnat sarfi 
Q= 10*9*2 + 20*9*2 + 30*93 = 1350 odam-kun. 
Ishlar 
ning tsikli 
Ishlarning davomiyligi 
(vaqt), kunlarda 






Er osti 
qismi 
Er usti 
qismi 
Ishchila
r soni, 
odam 
Ishlarning davomiyligi 
(vaqt), kunlarda 








3





14 
Binoni 
pardozlash 
2.5-rasm. Ishlarni oqim usulida bajariladigan ish turlari bo’yicha kalendarg’ 
grafigi 
Ishlarni oqim usulida bajariladigan ish turlari bo’yicha kalendarg’ grafigi 2.5- 
rasmda ko’rsatilgan. 
Ishlarni bajarish usullarini solishtirish 2.1-jadvalda keltirilgan Brigadalarni 
ixtisoslashtirilishi oqim usulida maksimal darajada mehnatni 
mexanizatsiyalashtirishga, tashkil etishni yaxshi tahminlashga, yuqori mehnat 
unumdorligiga erishishga imkon beradi. Muddatlarni qisqartirish bir turli ishlarni 
ketma-ket va har turli ishlarni parallelg’ bajarish hisobiga erishiladi. 
Ishlarni bajarishning turli usullarini solishtirish. 2.1-jadval. 
Usullar 
Ishlarning 
davomiyligi, 
kunlar 
Ishchilarning 
minimal soni 
Kompleks 
brigadalar soni 
Umum
iy 
mehnat 
sarfi, odam- 
kun 
Ketma-ket 
150 
10 

1500 
Parallelg’ 
30 
50 

1500 
Oqim 
63 
30 

(ixtisoslashtirilgan) 
1350 
Bino va inshootlar qurilishida oqim usuli asosiy usul bo’lib, chunki uni 
qo’llaganda qurilish – montaj ishlarining uzluksizligi va bir maromda bajarilishi 
tahminlanadi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling