Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi


Bino va inshootlarni quriladigan joyida rejalashtirish


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/48
Sana18.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1582967
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48
Bog'liq
BIBET maruza matni 1- qism 2021

Bino va inshootlarni quriladigan joyida rejalashtirish. Bino poydevorlari 
uchun kotlovanlarni rejalashtirish ishchi rejalashtirish chizmalari asosida bajarilib, bu 
yerda koordinatlar o’qi sifatida binoning o’zaro perpendikulyar o’qlarining kesishish 
joyi qabul qilinadi. 
Binoning vertikalg’ bog’lanishi Davlat to’rining geodezik reperiga nisbatan 
amalga oshiriladi. Reperni balandlik belgisi qurilish maydoniga nivelir yordamida 
ko’chiriladi va mavjud yaqin binoga yki gruntga mustahkam qilib kirgizilgan metall 
quvurga mahkamlanadi. 
Qurilish maydonida yer ishlarini bajarishga ro’xsat faqat yer inshootlarini 
rejalashtirish geodezik ishlari bajarilib va kerakli rejalashtirish belgilari o’rnatilgandan 
so’ng beriladi. Rejalashtirish ishlari geodezik instrumentlar – teodolit va nivelir 
yordamida bajariladi. Yer inshootlarini joyida rejalashtirish yki ularning o’lchamlarini 
chizmadan qurilish maydoniga ko’chirish, yahni bino o’qlarini naturaga ko’chirish 
davlat geodezik xizmati tomonidan bajariladi. Keyingi geodezik ishlar, barpo etilaytgan 
bino elementlarini rejalashtirishni pudrat tashkilotining geodezik xizmati amalga 
oshiradi. Poydevorlar uchun kerakli kotlovan va transheyalarni rejalashtirish bino va 
inshootlarni rejalashtirish bilan birga amalga oshiriladi, binoning o’qlari kesishish o’rni 
qoziqlar bilan belgilanadi. 
Loyiha ―natura‖ga qo’chirilganda asosiy va detallashtirilgan geodezik
ishlar bajariladi. Asosiy ishlarga mahalliy joyda binoni bosh va asosiy o’qlarini 
aniqlash va 
mahkamlash 
kiradi. 
Detallashtirilgan 
ishlar 
bino 
elementlari 
konfiguratsiyasini, o’lchovlarini va balandliklarini mahkamlashni tahminlaydi. 
Bosh o’qlar – o’zaro perpendikulyar chiziqlar bo’lib, ularga nisbatan bino va 
inshootlar simmetrikdir. Ular murakkab ko’rinishdagi va katta o’lchovlarga ega 
obhektlar uchun rejalashtiriladi. 
Asosiy o’qlar bino va inshootni plandagi konturini aniqlaydi. Kotlovanni 
rejalashtirish uni qazishdan oldin tarang tortilgan simlardan shoqul yordamida 
aniqlanib qoziqlar yordamida belgilanadi. Bino va inshootlarni rejalashtirish 
tekshiriladi va dalolatnoma asosida qabul qilinadi. Qurilish jaraynida vaqti-vaqti bilan 
obnoska va rejalashtirish belgilari holati nazorat qilinadi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling