Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi


Gruntning olinadigan unumdor qatlami


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/48
Sana18.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1582967
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
Bog'liq
BIBET maruza matni 1- qism 2021

Gruntning olinadigan unumdor qatlami qurilish maydonida bulg’dozer va 
avtogreyder yordamida kesilib, maxsus ajratilgan joyga ko’chiriladi va keyin ishlatish 
uchun joylashtiriladi. Ayrim payt ularni boshqa maydonlarni ko’klamzorlashtirish 
uchun olib borishadi. Unumdor qatlam bilan ishlagan paytda uni pastki qatlam bilan 


28 
aralashuvidan, ifloslanishidan, yuvilishidan va shamolda nurashidan asrash kerak. Qish 
sharoitida unumdor qatlamni faqatgina loyihada kerakli asoslanish mavjud bo’lganda 
olinishi mumkin. 
Binolar, inshootlar va ularning poydevorlarini buzish ularni qismlarga 
ajratib (keyin demontaj qilish uchun) yki yiqitish bilan bajariladi. Yog’och binolar 
qismlarga bo’linib, keyin yaroqsizlari boshqa maqsadda foydalanish uchun ajratib 
tashlanadi. 
Yig’ma temirbetonli binolar (konstruktsiyalar) montaj sxemasiga teskari 
bo’lgan buzish sxemasi bilan ajratiladi. Demontaj boshlanishidan oldin element 
bog’lamalardan ajratiladi. Qismlarga ajratilaytganda har bir yig’ma element oldin 
bo’shatilishi va to’rg’un holatni egallashi kerak. Elementlab qismlarga ajratilmaydigan 
yig’ma elementlar monolit konstruktsiya kabi bulaklarga bulinib ajratiladi. 
Monolit va metall konstruktsiyalar, konstruktsiyani to’rg’unligini tahminlovchi 
maxsus ishlab chiqilgan buzish sxemasi asosida ajratiladi. Ajratish bloklarini qismlarga 
ajratish armaturani ochishdan boshlanadi. Keyin blok mahkamlanib armaturasi 
kesiladi, blok otboyka bolg’asi yki boshqa vosita va mexanizmlar yordamida qismlarga 
ajratiladi. Metall elementlar bo’shatilgandan so’ng kesiladi. Ajratiladigan temirbetonli 
blokni yki metall elementni eng katta massasi kranni eng katta qo’lochidagi yuk 
ko’taruvchanligini yarmisidan oshmasligi kerak. 
Bino va inshootlarni, shuningdek, barcha g’isht-toshlilarni buzish ekskavatorga 
o’rnatilgan osma jihoz – shar-bolg’a, qoziq-baba, otboyka bolg’alar yordamida yiqitib 
bo’ziladi. Binoni bo’laklari buldozer yordamida chetga so’riladi yki transport 
vositasiga ortiladi. Binolarning vertikal qismlarini bo’laklari atrofga sochilmasligi 
uchun binoni ichkarisiga qarab bo’ziladi. Ayrim hollarda qulatish portlatish usuli bilan 
ham amalga oshiriladi. 
Mavjud muhandislik tarmoqlarini uzib qo’yish yki maydondan ko’chirish 
qurilish maydonini tayyrlashning eng muhim va majburiy elementidir. Ayrim hollarda 
tayyrlanaytgan qurilish maydonida na faqat lokal(mahalliy) tarmoqlar, hatto 
magistralg’ tarmoqlariga tegishli elektrotahminot, suvquvurlari, fekalg’ va yg’in 
kanalizatsiyasi, gazquvurlar, issiqtahminot, telefonizatsiya va teleko’rsatuv tarmoqlari 
joylashgan bo’lishi mumkin. Bu hollarda qurilish boshlangunga qadar yuqorida aytib 
o’tilgan tarmoqlar qurilish maydonidan tashqariga chiqarilib, magistral tarmoqlarni 
o’zluksiz ishlashini tahminlash uchun qaytadan o’rnatilishi kerak. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling