Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi
Stakan turdagi poydevorlar
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
BIBET maruza matni 1- qism 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lentasimon turdagi poydevorlar – bloklar -ystiqlar .
Stakan turdagi poydevorlar. Asos tayyrlangandan so’ng poydevorlar o’qlari
belgilab olinadi, ular oldin obnoskaga olib chiqiladi keyinchalik poydevorlar o’rnatiladigan joyda belgilab chiqish uchun. Buning uchun obnoskaga o’q torlari tortiladi va shoqul yordamida ularning kesishgan nuqtalari kotlovanlar va transheyalarning tubiga ko’chiriladi (7.1-rasm). Barcha karkasli binolarda stakan turidagi poydevorlar yuqori kesimda manfiy belgi – 0,15 m ga ega, bu esa qulay payt kelganda pol ostiga betonli tayyrgarlikni bajarishga imkon beradi, demak nolg’ tsiklining ishlarini to’liq hajmda tugatishga imkon beradi. 39 O’rnatilish hududida joylashgan poydevorlar stakanlari tubining satxi tekshiriladi. Zarur bo’lganda yerli yki qumli asosda chuqurliklar qilinadi. Poydevorlar o’qlari kesishgan nuqtalardan ruletka yki shablon (andoza) yordamida har bir stakanning yn qirralarining holati belgilab olinadi. Bu holatni yerga qoqilgan uchta qoziqcha yki metall shtirlar bilan maxkamlanadi. 7.1.-rasm. Stakan turidagi poydevorlarning holatini belgilab qo’yish: 1- binoning bosh o’qlari; 2 – obnoska; 3 – o’qlarning holatini ko’rsatuvchi mixlar; 4 – andoza; 5 – qoziqlar, shtirlar. Lentasimon turdagi poydevorlar – bloklar-ystiqlar. Yig’ma lentasimon poydevorlar ikki turdagi bloklardan tuzilgan bo’lib, ulardan biri poydevor asosiga joylashtiriladigan blok – ystiqlar va ikkinchisi – binolarning yer osti qismi devorlari hisoblangan devor bloklaridir. Lentali ystiqlarni montaj qilishda dastlab o’qlar kesilgan nuqtadan metr bilan poydevor lentasining tashqi qirrasining loyihaviy holati o’lchanadi va ikkita metall shtir shunday qoqiladiki, bunda ular orasida tortilgan sim prichalka poydevorlar lentasi chizig’idan 2 ... 3 mm tashqarida joylashsin (7.2-rasm). Agar loyihada boshqa ko’rsatmalar bo’lmasa, u holda qumli gruntlarda poydevor bloklari bevosita tekislangan asosga joylashtiriladi, boshqa gruntlarda – qalinligi 10 sm bo’lgan qumli ystiq ustiga joylashtiriladi. 7.2 - rasm. Poydevor ystiqlarining holatini belgilash: 1 – obnoska, 2 – qirradagi (chetdagi) poydevor ystiqlari; 3 – prichalka. Asos belgisi nivelirlash bilan tekshiriladi. Lentali poydevorlarni montajini burchaklardagi mayq bloklardan va devorlar kesishgan joylardan boshlanadi. SHundan so’ng reja-ip bloklarning yuqori – tashqi qirrasiga darajasigacha ko’tariladi va unga ko’ra barcha oraliq bloklar joylashtiriladi. Yon qo’yinlar va blok ystiqlar orasidagi 10...15 sm gacha ochiqliklar (ajralishlar) montaj qilish jaraynida qum bilan to’ldiriladi va zichlashtiriladi. Gruntni ortig’i bloklar sirtidan sidirib olib tashlanadi. Bo’ylama va ko’ndalang devorlar kesishgan joylarda blok-ystiqlar zichlab joylashtiriladi, ular orasidagi qo’shilgan joylar beton qorishmasi bilan tuldiriladi. Mayqli ystiqlar o’rnatilgandan so’ng prichalka ystiqlar qirrasining yuqori qirrasi satxigacha ko’tariladi. Odatdagi gruntlarda poydevorlar ystiqlari yuqorisi gorizontal gidroizolyatsiya qilinadi, uning ustidan 30 mm qalinlikda tsement qorishma tortiladi. Kuchsiz gruntlarda va poydevorlarning notekis cho’kishi mumkin bo’lgan holatlarda 40 poydevor ystiqlari usti bo’yicha tsement – qum qorishmasiga armatura to’ri joylashtiriladi, bu yuqorida ytgan bloklar va konstruktsiyalardan tushadigan yuklanishlarning ancha bir tekis taqsimlanishiga olib keladi. To’r sterjenlari diametri loyihaga ko’ra qabul qilinadi, lekin 5 mm dan kam bo’lmasligi kerak. TSement suvog’i (qorishma) qilinishi tugatilgandan keyin kotlovani montaj qilingan poydevor ystiqlari yuqorisigacha grunt bilan to’ldirish maqsadga muvofiq. Poydevor asos osti sifatida shibbalab zichlashtirilgan shag’al o’stidan qo’yilgan beton tayyrgarlik yki ayrim hollarda, asos plitasi xizmat qiladi. Vertikal opalubka geodezik rejalash bo’yicha berilgan yo’nalishlar bo’yicha o’rnatiladi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling