Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi


  Bino va inshootlarni aniq va to’g’ri barpo etishning


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/48
Sana18.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1582967
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48
Bog'liq
BIBET maruza matni 1- qism 2021

4. 
Bino va inshootlarni aniq va to’g’ri barpo etishning 
geodezik ta’minoti 
Zamonaviy industrial qurilish ishonchli geodezik tahminot bo’lishini talab 
qiladi. Ko’p qavatli yig’ma va monolit binolar konstruktsiyalarini barpo etish aniqlik 
va 
to’g’ri 
o’rnatilishiga yuqori talablar bilan xarakterlanadi. O’rnatilgan 
qo’yim(dopusk)larga amal qilmaslik, cheklanishlar va xatoliklar yig’ilishi ishlarni 
bajarishni 
qiyinlashtiradi, 
ayrim 
elementlarni 
va 
umuman 
binoning 
yuk 
ko’taruvchanlik qobiliyatini va to’rg’unligini kamayishiga olib keladi. 
Binoni aniq barpo etishning asosi kompleks geodezik rejalashtirish ishlari 
bo’lib, ularning bir qismi tayyrlov davri ishlariga kirsa, qolgan qismi bevosita binoni 


31 
barpo etishda amalga oshiriladi. Unga kiradi: 
• 
binoda o’qlari biriktirilgan 
va bu o’qlarni qavatlarga ko’chirish imkoni 
bo’lgan geodezik rejalashtirish planini yaratish ; 
• 
har bir montaj qilinadigan qavatni qavatlararo ypmalarida oraliq va 
yrdamchi o’qlarni rejalashtirish; 
• 
elementlarni montaj qilish shartlariga asosan kerakli o’rnatuvchi chiziqlarni 
belgilash; 
• 
qavatlarda montaj gorizontini aniqlash; 
• 
qavatlar bo’yicha bajarish sxemasini to’zish. 
Binoning poydevorlarini cho’kishi va karkasning deformatsiyasini sistematik 
nazorat qilish majburiydir. 
Binoning yer ustki qismini barpo etishni boshlagunga qadar tsokol va yerto’la 
ypmasida o’qlar o’rni belgilanadi. Har bir bosh o’q binoga qo’yidagi tartibda 
ko’chiriladi. Teodolit bino obnoskasidan tashqarida binoning o’qi mahkamlangan shtir 
ustida joylashgan holda o’rnatilib, binoning qarama-qarshi tomonida joylashgan shunga 
uxshash belgiga stvor o’qi bo’ylab yunaltiriladi, keyin binoning tsokolg’ paneliga 
yunaltirilib unda stvor o’qi belgilanadi. Xuddi shuningdek boshqa bosh o’qlar 
ko’chiriladi.Odatda o’qlarning kerakli belgilari binoning tsokoliga va qavatlararo 
ypmasiga bo’yq yordamida chiziladi, bundan tashqari qushimcha ravishda o’qlarning 
uzaro kesishish joylari ham belgilanadi. Har bir o’q binoga maydonning ikki joyida 
mahkamlangan o’q nuqtalaridan ikki marta ko’chiriladi. Loyihadagi va amaldagi o’qlar 
orasidagi masofa va burchaklar bir-biridan QMQdagi reglamentlashtirilgan 
qiymatlardan farq qilmasligi kerak. Ikki bo’ylama o’qlar orasidag farq ±3 mm, ynma-
yn ko’ndalang o’qlar orasidagi farq ±1 mm bo’lishi mumkin. 
Qurilish maydonining sharoitlari va binoning konstruktiv xususiyatlariga 
bog’liq holda asosiy o’qlarni boshlang’ich gorizontdan montaj qilinadigan qavatga 
ko’chirish ytiq yki vertikalg’ proektsiyalash usuli bilan amalga oshiriladi. Yotiq 
proektsiyalashda teodolit ko’chiriladigan asosiy yki yrdamchi o’qni chizig’ida 
o’rnatiladi. Binoning tsokolida o’qni holati mahkamlangan belgi-chiziqqa yunaltiriladi. 
Kuchiriladigan o’qni oraypmaga proektsiyalash uchun uning stvorida vizirli nishon 
(ko’p hollarda − shoqulli uchoyq) o’rnatiladi, o’qni holati oraypmaga ko’chiriladi va 
belgi- chiziq bilan belgilanadi (5.1-rasm). 
5.1-rasm. Belgini montaj gorizontiga ko’chirish sxemasi: 
1 – qurilish reperi; 2, 8 – reykalar; 3, 7 – nivelirlar; 4 – ruletkaga o’rnatilgan 
qushimcha yuk; 5 – ruletka; 6 – kronshteyn; 9 – ishchi reper; va b – nivelir 
bo’yicha sanoqlar 
Vertikal proektsiyalash usuli yuqori qavatli (16 qavatdan yuqori) yki qurilishni 


32 
tor sharoitlarida qo’llaniladi. Uning uchun vertikal proektsiyalashni maxsus priborlari 
ishlatiladi. O’qlarni qavatlarga ko’chiriladigan tayanch nuqtalari kolonna yki panellar 
qatorining o’qlarida emas, parallel siljitilgan bo’ylama va ko’ndalang chiziqlarda 
joylashtiriladi. 
Ko’chiriladigan asosiy o’qlar soni binoning konstruktiv xususiyatlariga bog’liq. 
Yirik panelli binolar uchun qamrovlar chegarasidagi ko’ndalang o’qlar va bir chetki 
bo’ylama o’q ko’chiriladi. Karkasli binolarda hamma bo’ylama va ko’ndalang o’qlar 
ko’chiriladi. 
Har bir qavatda montaj gorizonti nivelir yordamida aniqlanadi. Karkasli 
binolarda kolonna bosh qismini tayanch yuzasi, kran osti to’sinlari o’rnatiladigan 
konsollar, yirik panelli va monolit binolarda – ichki va tashqi devor panellari 
o’rnatiladigan y e rdagi panellar va qavatlararo ypmalarni yuzalari nivelirlanadi. 
Montaj gorizonti sifatida eng baland no’qtani raqamiy belgisi olinadi.Montaj gorizonti 
sathi mayaklar yordamida tayyrlanadi. 
Montaj gorizonti qo’yidagi tartibda aniqlanadi. Panel (kolonna, bloklar) 
o’rnatilish joylari belgilangandan so’ng mel yki rangli qalam bilan mayaklar o’rni 
belgilanadi (kolonnalar uchun – nivelir reykasini o’rnatilish joyi). Keyin nivelir qamrov 
tashqarisiga o’rnatilib mayaklar uchun belgilangan joylar nivelirlanadi va reykadagi 
sanoqlar yziladi. Aniqlangan eng baland nuqta va montaj chokini minimal qalinligini 
ehtiborga olgan holda montaj gorizontini amaldagi sathini raqami aniqlanadi. 
Uzunligi 100 m dan kam bo’lgan binolarda bitta montaj gorizonti, bundan ham 
uzun bo’lganda umumiy gorizont sifatida deformatsion choklar orasidagi uchastka 
qabul qilinadi. 
Devor panellari va bloklarni, balandligi 5 m gacha bo’lgan ustunlarni, kran osti 
to’sinlarini va stropila fermalarini vertikalligini (tikligi) geodezik nazorati reyka-shoqul 
yordamida amalga oshiriladi. Yanada uzunroq kolonnalarni vertikalligi bir-biriga 
nisbatan perpendikulyar tekisliklarda joylashgan ikkita teodolit yordamida yuqori o’q 
chizig’i kolonnani pastki qismiga proektsiyalanish orqali amalga oshiriladi. Kolonna 
pastki qismini o’rnatishda rejalashtirish o’qlaridagi chiziqlarga yki montaj qilingan 
pastdagi kolonnalarning o’qlariga nisbatan amalga oshiriladi. Kolonnalar qatorini 
vertikalligi tekshirilgandan so’ng rigelg’, to’sin va fermalarga tayanch bo’lib xizmat 
qiluvchi ularning konsoli va ko’ndalang yuza qismi nivelirlanadi. Kolonnalarni 
montaji va nivelirlashlari tugagandan so’ng rigelg’ , to’sin va fermalar o’rnatiladigan 
yuzalardagi belgilarni o’rni aniqlanadi. Nivelirlashni bajarishni soddaroq yo’li 
qo’yidagicha. Montaj qilishdan oldin yerda turgan kolonnani baland qismidan yki 
konsolidan pastki qismiga qarab butun songa teng o’lchov o’lchanadi va shu sathda 
bo’yq bilan gorizontal chiziq chizilib belgilanadi, undan kolonnani pastki qismiga 
qadar bo’lgan masofa 1.5 m dan ortiq bo’lmasligi kerak. Kolonnalar o’rnatilib 
bo’lgandan so’ng nivelirlashni shu pastki gorizont bo’yicha olib borish mumkin. 
Montaj ishlarini har bir bosqichida montaj qilingan konstruktsiyalarni rejalash 
o’qlariga nisbatan holatini hujjatli qayd qiladigan geodezik ijro etish sxemasi bajariladi. 
Bu yig’ilib qolgan xatolarni ehtiborga olishni va yuqori qavatlar konstruktsiyalari 
montajini holatini korrektirovka qilish imkonini beradi. 
Geodezik ishlarda keng doiradagi asboblar qo’llaniladi – lazerg’-teodolitlar, 
lazer-nivelirlar, vertikal proektsiyalash asboblari, uzoqlik o’lchagich(dalg’nomer)lar. 
Ko’p qavatli binolarni montajining rejalashtirish ishlarida pazerg’ sistemalarini 
qo’llanilishini printsipi shundan iboratkim tsokolg’ qavatini balandligi baravarligida 
maxsus qaytargichni va shunga uxshash qaytargichlar lazerg’ nuri harakati yo’nalishida 


33 
joylashtiriladi, 
hamda 
binoning 
bo’ylama 
o’qiga parallel –lazerg’-teodolit 
joylashtiriladi. Lazerg’ nuri pastki qaytargichga tushib, undan tug’ri burchak ostida 
yuqori qaytargichga o’tadi, keyin montaj qilingan elementlar, masalan kolonnada 
o’rnatilgan qabul qiluvchi apparaturaga yo’naladi. Kolonnalar maxsus qaytargichlar 
bilan jihozlangan bo’lib, ular nurning og’ishiga qarab elementlarning aniq 
o’rnatilganligini nazorat qilishga imkon beradi. 
Lazerg’ texnikasini qo’llanilishi montaj ishlari sifatini nazorat qilishni jiddiy 
ravishda soddalashtiradi. Lazerg’ nuri bilan proektsiyalashning masofaga bog’liq 
emasligi, mavjud geodezik asboblarga nisbatan yanada aniqroq natija olishga imkon 
beradi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling