Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi
Sanoat va fuqaro binolari uchun nolg’ tsikli ishlari
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
BIBET maruza matni 1- qism 2021
2.
Sanoat va fuqaro binolari uchun nolg’ tsikli ishlari Qurilish maydonini o’zlashtirish jaraynida dastlab uni vertikal rejalash bo’yicha ishlar bajarilishi, vaqtinchalik yo’llar qurilishi yki doimiy yo’llar uchun monolit temir beton asoslar qurilishi, transformator podstantsiyasi montaj qilinishi kerak. Nolg’ tsiklidagi ishlar tarkibiga quyidagilar kiradi: • kotlovanni kavlab, asosini fundament (poydevor) uchun tozalash; • suvni chiqarish va suv satxini kamaytirish; • binoning yerosti qismini montaj qilish uchun tayyrgarlik ishlari – o’ziyurar kran uchun kuchaytirilgan asosni qurish; • kovlangan kotlovanda poydevorlar o’qlarini rejalash; • binoning yerosti qismini, shu jumladan poydevorni, poydevor to’sinlarini, yerto’la devorlarini montaj qilish; • vodoprovod, kanalizatsiya, gazoprovod, issiqlik tarmog’i, suv oqib chiqishi, drenaj kanalizatsiyasi, telefon va elektrokabellarning yerosti kommunikatsiyalarini o’tkazish; • pol qurish uchun betonli asosni tayyrlash; • binoning y e rosti qismi ustidan oraypmani montaj qilish; • poydevorlar va y e rto’la devorlarini gidroizolyatsiyalash; • quyinlarga gruntni zichlashtirib qayta tukish; • binoning yer ustki qismini montaj qilishga tayyrgarlik ishlari – kranosti yo’llarini kuchaytirilgan asosga o’rnatish va minorali kranni montaj qilish. Nolg’ tsikli ishlari gruntga ishlov berish texnologiyalariga va yer 38 inshootlarining turli xildagi, shakldagi va kunduzgi sirtga nisbatan joylashgan turlariga asoslanadi. Mazkur darslikda bu texnologiyalar mufassal ko’rib chiqilmaydi, chunki u avvalgi ―Qurilish jaraynlari texnologiyasi‖ kursida ancha katta hajmni egallaydi. Binoning yer osti qismi unga zarur barcha kirishlar bilan barpo etilganda, binoning y e r ustki qismini ortiqcha kavlashlarsiz qurishni va uni foydalanishga topshirishni tahminlanganida nolg’ tsikli ishlari tugallangan hisoblanadi. Nolg’ ishlarning qiymati o’rtacha qurilishning umumiy qiymatining 20 % gacha qismini, mehnat sarflari esa umumiy mehnat harajatlarining 30 % gachasini tashkil etadi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling