Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi


Karkas elementlarini o’rnatish ketma – ketligi


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/48
Sana18.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1582967
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48
Bog'liq
BIBET maruza matni 1- qism 2021

Karkas elementlarini o’rnatish ketma – ketligi 
Elementlarni o’rnatish ketma – ketligiga bog’liq holda montaj qilishning 
differentsial (alohida), kompleks va aralash (kombinatsiyalashgan) usullari 
qo’llaniladi. 
Differentsial usulda bir xil nomli konstruktiv elementlar bir vaqtda mustaqil 
oqimlar bilan montaj qilinadi. Bunda montajchilarning ish unumi oshadi va 
kranlarni yuk ko’tarish qobiliyatidan yanada to’laroq foydalaniladi. Differentsial
montaj bitta yki bir – birining ketidan harakatlanuvchi bir qancha montaj mexanizmlari 
bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Bu usul bir qavatli sanoat binolarida faqat stropila fermalarini ketma – ket 
o’rnatishga imkon bermaydi, chunki hatto ularning montaj uzellari to’liq 
payvandlanganidan keyin ham ularning mustaxkamligini tahminlab bo’lmaydi. Barpo 
etilaytgan binoda ketma – ket stropila osti va stropila fermalari o’rnatilganda 
fermalarga plitalarini o’rnatish uchun montaj kranidan foydalanish qiyin bo’ladi yki 
imkoni bo’lmaydi. 
Kompleks usulda barcha konstruktsiyalarni o’rnatish bir oqimda olib 
boriladi, natijada binoning to’liq montaj qilingan yacheykalari paydo bo’ladi. Keyingi 
ishlarni bajarish uchun front ochiladi, qurilishning umumiy muddatlari qisqaradi. 
Montaj qilishning kompleks usuli konstruktsiyalarni binoning har bir 
yacheykasida kompleks o’rnatishdan iborat va karkasining konstruktsiyalari metalldan 


45 
bo’lgan binolar uchun xosdir. Birinchi yacheyka uchun avval to’rtta ustun montaj 
qilinadi, ularga darxol loyihaviy holat tahminlanadi va ular orasida zarur bo’ylama 
bog’lanishlar o’rnatiladi. Keyin ikkita kranosti to’sini o’rnatiladi, stropilaosti fermasi 
montaj qilinadi. Yacheykani montaj qilish stropila fermalarini progonlar va 
bog’lanishlar bilan o’rnatish, ypma elementlarni qo’yish orqali tugallanadi. Keyin 
konstruktiv elementlarni o’rnatish ketma – ketligi saqlanadi, lekin montaj qilinadigan 
elementlar soni o’zgarishi mumkin. Kompleks usuldan turli ismli konstruktsiyalarning 
massalaridagi farq katta bo’lganda qo’llanish maqsadga muvofiq emas. 
O’z ichiga avvalgi ikki usulning afzalliklarini qamrab olgan aralash usulda 
elementlarni o’rnatishning eng xilma – xil va ketma – ketligiga yo’l qo’yiladi. 
Yig’ma temirbetonli bir qavatli sanoat binolari uchun xos bo’lgan bu usul 
poydevorlar stakanlarini, ustunlarini, kranosti to’sinlarini, devor panellarini
pardadevorlarini, deraza panjarasini alohida o’rnatishga va stropilaosti, stropila 
konstruktsiyalarini, ustypma panellarini va bahzida kranosti to’sinlarini kompleks 
usulda, yagona oqimda montaj qilishga imkon beradi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling