Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi
O’ziyurar kranlar bilan ishlashda montaj qilish yo’nalishini tanlash
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
BIBET maruza matni 1- qism 2021
O’ziyurar kranlar bilan ishlashda montaj qilish yo’nalishini tanlash.
Montaj qilish yo’nalishini tanlash – bir qancha parametrlar bilan – konstruktiv sxemaning xususiyatlari, ayrim oraliqlar yki bino qismlarining texnologik jihozlarini ketma – ket montaj qilish uchun topshirish zaruriyati, texnologik liniyalarning joylashuvi va ularning o’zaro bog’lanishi bilan aniqlanadi. Montaj ishlarini tashkil etish obhektini qurishda ishtirok etuvchi tashkilotlar tomonidan ishlarni paralel bajarishini, binoning ayrim uchastkalarini texnologik jihozlarni montaj qilish uchun, ayrim qismlar, oraliqlar yki qamrovlarni foydalanishga tez topshirishni tahminlash kerak. Obhektning asosiy o’qlariga nisban montaj qilish yo’nalishiga bog’liq holda, konstruktsiyalarni o’rnatish alohida oraliqlar bo’yicha olib boriladigan bo’ylama montaj va bino yacheykalari ko’ndalang yo’nalishda montaj qilinadigan ko’ndalang yki selektsion montaj bilan farqlanadi (8.1-rasm). Ko’ndalang montaj binoni foydalanishga topshirish binoning ko’ndalangiga alohida sektsiyalar bo’yicha nazarda tutilganda yki mexanizmlarning o’rnini almashtirishni ancha qisqartirishga imkon beruvchi, tahsir doirasi katta bo’lgan kranlardan foydalanilganda qo’llaniladi. Bo’lishi mumkin bo’lgan harakat yo’nalishini tahlil qilish faqat o’zi yurar kranlar uchun va karkasida stropilaosti fermalari bo’lmagan, bir qavatli fonarsiz sanoat binolarini barpo etishda mumkin. 8.1-rasm. Bino karkasini bo’ylama (a) va ko’ndalang (b) montaj qilish sxemasi 46 Usul asosan faqat ypma elementlarini montaj qilish uchun asosiy ikki sababga ko’ra aniqlanadi– strelasining qulochi ancha katta bo’lganda mavjud montaj kranining yuk ko’tarish qobiliyati yetarlicha bo’lmaganda va bir qator ko’ndalang yacheykalarni navbatdagi texnologik jihozlarni montaj qilish va pardozlash ishlarini bajarish uchun tezda bo’shatish zarurligi sababli (8.2.-rasm). Bo’ylama usulda bino alohida oraliqlar bo’yicha ketma – ket montaj qilinadi, bu esa qisqa muddatlarda ularni texnologik uskunalarni montaj qilishga topshirishga imkon beradi. Montaj qiluvchi kran montaj amalga oshirilaytgan yacheykadan tashqarida joylashadi va ustypma plitalarini montaj qilish montaj qilingan stropila konstruktsiya ustidan olib boriladi. Tomypma plitasining fazoda kran strelasi bo’ylab joylashganligi, nihoyatda ma’qul emasdir. 8.2-rasm. Bir qavatli binolar ustypmasi elementlarini montaj qilishning turli yo’nalishlarida montaj qilish: a - montaj qilishning ko’ndalang usuli; b - montaj qilishning bo’ylama usuli; 1 - ferma, 2 - tortqi (elementni montaj qilishdan oldin kuchaytirish); 3 – traversa; 4 – montaj qilinuvchi element; 5 – montaj qiluvchi kran. Ko’ndalang usulda kran oraliqlarda ko’ndalang ravishda xarakatlanadi. Bunday usul asosan kransiz tizim binolarida ustunlar qadami 9 va 12 m bo’lganda qo’llanilishi afzaldir. Montaj qiluvchi kran montaj yacheykasi ichida bo’ladi, strela montaj qilinaytgan ustypma plitasiga ko’ndalang joylanadi, demak, plitani osish nuqtasi streladan 6...9 m masofada emas, balki bor yo’g’i 1...1,6 m masofada bo’ladi. Ko’ndalang montaj konstruktsiyalarini bir vaqtda turli yuk ko’tarish qobiliyatiga ega ikkita kran bilan o’rnatish imkoniyatini beradi. Katta yuk ko’tarish imkoniyatiga ega birinchi kran ketma – ket fermalarni montaj qiladi. Kichik yuk ko’tarish qobiliyatiga ega boshqa kran ham oraliqlarga ko’ndalang holda xarakatlanib, plitalarni joylashtirishni amalga oshiradi. Montaj qilishni bunday tashkil etishda ishlarning qiymati va davomiyligi ancha pasayadi. Bu usul bino karkasida kranosti to’sinlari mavjud bo’lganda ham (8.3-rasm) konstruktsiyalarini montaj qilishga imkon beradi. Montaj qilishning texnologik kartasida bayn qilingan elementlarni o’rnatish ketma – ketligi bo’yicha tavsiyalarga (fermalar, kranosti to’sinlari, ustypma plitalari) qathiy amal qilish zarur. 47 8.3-rasm. Montaj qilish yo’nalishlari har xil bo’lganda elementlarni o’rnatish ketma – ketligi: a – bo’ylama montaj; b – ko’ndalang montaj. Montaj qilishning ko’ndalang usuli quyidagi hollarda qo’llaniladi: • binoni, uning barcha oraliqlarini o’z ichiga qamrab oluvchi alohida sektsiyalar tarzida foydalanishga topshirishda; • amal qilish radiusi katta bo’lgan kranlar bilan montaj qilishda, shuning uchunkim har bir to’xtash joyidan to’laroq foydalanish uchun; • montaj kranlarini faqat ko’ndalang yo’nalishda xarakatlanishi zarur bo’lganda yki maqsadga muvofiq bo’lganda. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling