Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/48
Sana18.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1582967
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48
Bog'liq
BIBET maruza matni 1- qism 2021

Montajni tashkil 
etishning asosiy sxemalari
Bir qavatli sanoat binolarini montaj qilishning asosiy sxemalari ishga jalb 


53 
qilingan kranlar soni bilan bog’liq: 
• barcha konstruktsiyalarni, poydevorlardan boshlab bitta kran bilan montaj 
qilish; 
• konstruktsiyalarning yer osti qismini bitta kran bilan,er usti qismini boshqa 
kran bilan montaj qilish; 
• har bir qamrovda mustaqil kran bilan montaj qilish; 
• mustaqil kranlar bilan bir qavatli sanoat binolari karkasining turli xil 
konstruktsiyalarini montaj qilish (poydevorlar, ustunlar, kran osti to’sinlari, fermalar, 
tomypma plitalari, devor panellari) – 5 ... 7 oqimlar. 
Bir qavatli sanoat binolarini barpo etishda qamrov yki montaj qilish uchastkasi 
sifatida ishlarni maksimal darajada qo’shib olib borish uchun binoning bir oralig’ini 
yki uning bir qismini harorat choklari orasidagi chegarada qabul qilish mumkin. 
Binoni montaj qilishni oqilona tashkil etilishini tanlashdagi asosiy masala – 
konstruktsiyalarni montaj qilishning usulini va texnologik ketma – ketligini aniqlash 
bo’lib, ular montaj mexanizmlarini tanlash bilan uzviy bog’liqdir. Binolarni barpo 
etish surhatlari, ayniqsa, balandda bajariladigan ishlarni montaj operatsiyalarining 
mehnat sarfi, qurilishning umumiy qiymati va davomiyligi qabul qilingan usulga 
bog’liq bo’ladi. Qabul qilingan ishlar usuli oqimli qurilishni, birgalikda 
bajariladigan barcha montaj, umumqurilish va maxsus ishlarning grafik bo’yicha 
amalga oshirilishini tahminlashi va subpudratchilarga tanaffuslarni istisno 
qiluvchi, zarur ishlar frontini tahminlash kerak. 
Montaj qilishning tanlab olingan usuli yig’ish, mahkamlash va tutashuv 
joylarini ishlash bo’yicha ko’pchilik operatsiyalarni konstruktsiyalar yki surilardan 
turib emas, balki y e rda bajarilishini, yahni stendlar yki konduktorlarda 
yiriklashtirilgan montaj bloklarini loyihadagi holatiga zamonaviy montaj kranlari 
yordamida ko’tarish va o’rnatishni nazarda tutish kerak. Montaj qilishning mumkin 
bo’ladigan usullarini taqqoslashda ancha sodda, havfsiz, mexnat va moddiy 
resurslarni kam sarflagan holda yuqori ish sifatini tahminlovchiga afzallik berilishi 
kerak. 
Bir qavatli sanoat binolari balandligi nisbatan uncha katta bo’lmagan holda 
rejada ancha katta o’lchamlarga ega. Karkasning ko’taruvchi konstruktsiyalari 
orasidagi masofa ko’pchilik hollarda kranning tahsir radiusidan ortadi, bu montaj qilish 
usulini aniqlashda alohida talablarni qo’yadi. Konstruktsiyalarni o’rnatish usulini va 
hamda ketma – ketligini tanlash qurilish maydonining xususiyatlariga (masalan, 
torligi), joyning relg’efiga, avto yo’llar va kirib keluvchi temir yo’llarga, montaj 
mexanizmlarining zarur parkiga bog’liq. Ishlarning texnologik ketma – ketligini 
tanlashga yer osti xo’jaligi ― texnologik uskunalar ostida poydevorning mavjudligi, 
ularning miqdori, o’lchamlari, qo’yilish chuqurligi, konstruktsiyalarning materiallari, 
bino oraliqlarida joylashgan turli xil yer osti kommunikatsiyalari katta tahsir 
ko’rsatadi. 
Qo’llanilaytgan montaj mexanizmlar tegishli yuk va geometrik tavsiflarga ega 
bo’lishlari, yaxshi harakatchan bo’lishlari, har bir izchil to’xtash joyida iloji boricha 
ko’proq montaj ishlarini bajarish uchun imkon boricha katta ishchi zonasiga ega 
bo’lishi shart. 
Qurilishni tashkil etish ishlariningoqimli (uzluksiz) bo’lishini tahminlash kerak, 
uning mohiyati barcha montaj va boshqa hamrox operatsiyalarni uzluksiz va bir tekisda 
bajarishdan iborat. Oldindan tegishlicha ishlab chiqarish ritmini (surhatini) yaratish 
zarur bo’lib, bunda qurilishning barcha ishtirokchilari berilgan vaqt oralig’ida 


54 
ishchilar va ishlovchi mexanizmlar parkining doimiy o’zgarmas miqdorida, qurilish 
va montaj ishlarini birgalikda olib borishda mahlum ish hajmini bajarishadi. 
Inshootlarning murakkabligi va ayrim ish turlarining ko’proq mexnat talab 
etishga bog’liq holda oqimli (uzluksiz) qurilishni loyihalashda oqimli bajariladigan 
ishlar ro’yxatiga quyidagi ishlar kiritilishi mumkin: yer qazish ishlari, poydevor qurish 
bo’yicha beton ishlari, qurilish konstruktsiyalarini montaj qilish, texnologik uskunalarni 
montaj qilish, issiqtexnik, santexnik, ventilyatsiya, elektrotexnik va shu kabi ishlar. 
Qurilish maydonchasida bir necha kran mavjud bo’lganda konstruktsiyalarni montaj 
qilish bo’yicha ishlar poydevorlarni, ustunlarni, kran osti to’sinlarini, ypma 
elementlarini, devor panellarini osishni mustaqil oqim bilan montaj qilishga ajratilishi 
mumkin. Qurilishning oqimli ishlab chiqarishini ishlab chiqqanda montajdan keyingi 
pardozlash ishlari majmuini ham kiritish maqsadga muvofiqdir. 
Loyihalash va barcha ishlarni bajarishni bosh pudratchi tashkilot tashkil etadi, 
boshqaradi va muvofiqlashtiradi, u odatda barcha umumqurilish ishlarini, boshqa 
ishlarni esa ixtisoslashtirilgan qurilish – montaj subpudratchi tashkilotlar amalga 
oshiradi. 
Ishlarni oqimli tashkil etishning zarur – qoidasi har bir qurilish brigadasi 
boshqa 
brigadaga 
o’z vaqtida ish frontini tahminlashi shart. Masalan, 
poydevorlarni barpo etuvchi quruvchilar tayyr poydevorlarni ustunlarni o’rnatish 
uchun 
kelgan 
montajchilarga 
topshirishlari 
kerak. 
Ustypma 
(tomypma) 
konstruktsiyalarini montaj qiluvchi brigada belgilangan muddatga tom qoplamasini 
ypuvchilar brigadasiga ish frontini taqdim etishlari shart va h.k. Ishlarni bunday 
qo’shib birgalikda olib borish katta aniqlikni va barcha ijrochilardan texnologik 
intizomni talab etadi. 
Qurilishda ishtirok etuvchi turli kasb ishchilarini aniq taqsimlash bunyd 
etilaytgan binoni qamrovlarga ajratish bilan tahminlanishi mumkin bo’lib, ular o’z 
navbatida montaj qilinuvchi yki ishchi uchastkalariga bo’linadi, ularning har birida 
mahlum smenalar soni yki kunlar mobaynida faqat bir turdagi ishlar bajariladi. Bir 
uchastkadan boshqasiga o’tish qathiy belgilangan vaqtda grafik bo’yicha yuz beradi, bu 
vaqtgacha har bir qurilish ishtirokchisi o’zining ish hajmini bajarishga ulgurishi kerak. 
Kapital qo’yilmalarning samaradorligini oshirishning asosiy sharti qurilaytgan 
obhektlarni yki ularning qismlarini foydalanishga topshirish muddatlarini qisqartirish 
hisoblanadi, chunki ularni qurishga sarflangan mablag’lar maxsulot ishlab chiqarish 
va uni sotish hisobiga tezroq natija bera boshlaydi, bu bilan obhektlarning o’zini 
qoplashi tezlashadi. 
Odatda qurilishning davomiyligi asosan inshootning eng katta jismoniy hajmga 
va mos ravishda sermehnat bo’lgan karkasini montajini bajarish muddatlariga 
bog’liq. 
Obhektlarni barpo qilish bo’yicha barcha ishlar taqvim rejalari va 
grafiklariga mos holda bajarilishi kerak bo’lib, ularda montaj va umumqurilish 
ishlarining ayrim turlarini maksimal darajada qo’shib birgalikda olib borish hisobiga 
qurilish muddatlarini qisqartirish nazarda tutilishi kerak. Qurilishning maqbul 
muddatlariga amal qilish qurilish – montaj tashkilotining ishlab chiqarish faoliyati 
barcha texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashning va birinchi navbatda ishlarning 
tannarxini pasaytirishning va mehnat unumdorligi ortishining muqarrar sharti 
hisoblanadi. 
Bir qavatli sanoat binolari konstruktsiyalarining umumiy hajmida tomypma 
elementlari karkas massasining kamida 50% ini tashkil etadi, bu konstruktsiyalarni 


55 
montaj qilishning mehnat talab etishi montaj qilishga mexnat sarflarining 65 ... 
70% ini tashkil etadi, shuning uchun tomypma konstruktsiyalarini va ularni 
montaj qilish texnologiyasini takomillashtirib binoni montaj qilishning umumiy 
mehnat sarfini ancha kamaytirish mumkin. Inshootni va uni barpo etishni 
loyihalash jaraynida umuman binoning va ayniqsa tomypma bloklarining hajmiy – 
joylashtirish yechimlarining maqbul variantlari hamda montaj qilishning oqilona 
texnologiyasi topilishi kerak. Mehnat sarfining ancha kamaytirilishi va shu bilan 
montaj qilish muddatlarining qisqartirilishi montaj qilinaytgan elementlar sonini 
kamaytirish va montaj qilishning yanada mukammal usullarining qo’llanilishi hisobiga 
tahminlanishi mumkin. 
Montaj qilinuvchi elementlar sonini qisqartirilishiga quyidagi ikki usul bilan 
erishish mumkin: 
• oraliqlarni va ustun qadamlarini oshirish, progonsiz yechimlar qabul qilish
printsipial yangi konstruktiv – joylashtirish yechimlarini qo’llanishi bilan; 
• konstruktsiyalarni ko’targunga qadar va loyihadagi holatga o’rnatguncha 
ularni yerda yiriklashtirish bilan. 
SHunday qilib, bunday xulosa chiqarish mumkinki, montaj qilishning ikkita 
printsipial har xil usuli bo’lishi mumkin: 
elementlab, bunda har bir konstruktiv elementni loyihadagi holatga alohida ravishda 
ko’tarishadi va o’rnatishadi, va yirik blokli, bunda konstruktiv elementlar ko’tarishdan 
oldin dastlab fazoviy bloklarga yig’iladi (yiriklashtiriladi). 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling