Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
BIBET maruza matni 1- qism 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7- ma’ruza. TEMIR-BETON KARKASLI BIR QAVATLI SANOAT BINOLARINI MONTAJI
Nazorat savollari:
1.Yirik panelli binolarni barpo etish. 2.Ishlarning asosiy tsikllari va montajni geodezik tahminlash. 3.Konstruktiv elementlarni o’rnatish. 4.Tashqi devor panellarini o’rnatish. 5.Ichki devorlarni o’rnatish. 6.Montaj ishlarini tashkil etish. 7.Montaj qilishning umumiy printsiplari. 8.Yirik panelli binolarning asosiy montaji sxemalari. 7- ma’ruza. TEMIR-BETON KARKASLI BIR QAVATLI SANOAT BINOLARINI MONTAJI Ma’ruza rejasi: 1. Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolarini montaji. Binolarni barpo etishni texnologik o’ziga xos xususiyatlari. 2. Sanoat binolarining hajmiy-rejaviy yechimlari. Ishlarni bajarish ketma-ketma- ketligi. 3. Qurilish tsikllarini birgalikda bajarish usullari 4. Bir qavatli sanoat binolarini barpo etish usullari va montaj mexanizmlari 1. Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolarini montaji. Binolarni barpo etishni texnologik o’ziga xos xususiyatlari. 2. Sanoat binolarining hajmiy-rejaviy yechimlari. Ishlarni bajarish ketma-ketligi. Amalda ko’pincha to’liq yig’ma holatda maydoni 3...20 ming m 2 gacha bo’lgan bir qavatli sanoat binolari ko’p uchraydi. Ular kransiz yki elektr tokida ishlaydigan ko’priksimon kranlar bilan jihozlangan bo’lishi mumkin. Binoning oraliqlari 12, 18, 24 56 va 30 m, ustun qadamlari 6 va 12 m, binoni balandligi 8,4 m dan 18 m gacha bo’ladi. Yig’ma elementlarning massasi 2,5 t dan 33 t gacha bo’ladi. Bino bir xil tipdagi yacheykalari, konstruktsiyalari, bo’ylama hamda ko’ndalang yo’nalishlar bo’ylab katta o’lchamlarga egaligi bilan ajralib turadi. Bir qavatli sanoat binolarining asosiy afzalligi – nisbatan arzonligi, texnologik uskunalardan yukni to’g’ridan-to’g’ri gruntga uzatishi, ustunlar to’rini siyrak xillarini qo’llash mumkinligidir. Bunday binolar asosan planda to’g’ri to’rtburchak shaklda qurilib, balandlik bo’yicha bir xil, oraliqlari bir yo’nalishda bo’ladi. Binolarning universal hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlari ishlab chiqilgan bo’lib, ular industrial montaj qilish uslublarini qo’llash imkoniyatini beradi. Bino parametri va gabarit sxemalarining o’zaro bog’liqligi chegaralangan. Oraliq o’lchamlari o’zaro mahlum balandlik va ustunlar qadami, kranlarni ustki gabaritlariga bog’liq bo’ladi. Bir qavatli sanoat binosi karkasining elementlari, to’suvchi va tomypma konstruktsiyalarining o’lchamlari nominal yiriklashtirilgan modulga karrali bo’lib reja bo’yicha – 6 m, balandlik bo’yicha – 1,2 m ni tashkil etadi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling