Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi
Ishlarni bajarish ketma ketligi
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
BIBET maruza matni 1- qism 2021
Ishlarni bajarish ketma ketligi
Bir qavatli sanoat binolari odatda zavodlarda seriyali tayyrlangan tipovoy (namunaviy) yig’ma temir beton elementlaridan montaj qilinadi. Bir qavatli binolarning yig’ma konstruktsiyalari to’suvchi va yuk ko’taruvchi turlarga bo’linadi. Yuk ko’taruvchi konstruktsiyalarga – yig’ma poydevorlar, ustunlar, kran osti to’sinlari, stropila va stropilaosti fermasi, to’suvchilariga esa – tomypma plitasi, kamar – to’sin va devor panellari kiradi. Oraliqlari 30 m va undan katta bo’lganda metall fermalar qo’llanilib, kichik oraliqdagi binolar arkasimon, segmentli va paralel belbog’li temir-beton fermalar bilan ypilishi mumkin. SHuni tahkidlash kerakkim temirbeton karkasli binolarni barpo etishdagi mehnat sarfi uxshash metall konstruktsiyali binolarga qaraganda ancha yuqoridir. Yig’ma temir betonli binolarni elementlari bittalab montaj qilinadi, chunki ularning tutashuv joylari murakkabligi tufayli fazoviy bloklariga biriktirib, yiriklashtirilmaydi, chunki temirbeton blokining massasi, xuddi shunday metall blokka nisbatan 3 ... 5 marta og’ir bo’ladi. Tutashuv joylarini yaxlitlashda − ―ho’l jaraynlar‖ mavjudligi konstruktsiyalar montajini ancha murakkablashtiradi. Ustunlarni stakan turidagi poydevorlarga o’rnatgandan va ularni yaxlitlagandan so’ng, keyingi konstruktsiyalarni montaj qilish qiyinlashadi. CHunki tutashuv joylarini yaxlitlash va ular 70% mustaxkamlikka erishguncha ushlab turish talab qilinadi. Bu esa qishki mavsumda ishlarni bajarishda qo’shimcha murakkabliklar tug’diradi. Qurilish maydonida bir nechta kran mavjud bo’lganda karkasni montaj qilish bir nechta paralel va ketma-ket oqimlarida bajarilishi mumkin: yig’ma poydevorlar, ustunlar, ustunlar orasidagi bog’lovchilar, kranosti to’sinlari va tom ypma elementlari, devor panellari montaji. Ishlarini bunday tashkil etilishi obhektni montaj muddatini sezilarli darajada qisqartiradi. Poydevorlar uchun transheya yki chuqurlar qazilib, zamin tekislanib zichlangandan so’ng, poydevorlarni montajiga kirishiladi. Poydevorlar chuqur joylashtirilganda yki yaxlit kotlovan qazilgan bo’lsa kran kotlovan tubi bo’ylab xarakatlanadi. Ustunlar ikkinchi (oqim) oqimda montaj qilinadi, bunda nolinchi tsikl ishlari 57 tugallanib birinchi qamrov qabul qilingan bo’lishi kerak. Bunday ishlarga quyidagilar kiradi: ustunlarni montaj qilish uchun qabul qilingan poydevorlar, transheya va chuqurlarni yn-biqinlari grunt bilan qayta to’ldirilishi, qamrov chegarasida gruntlarni tekislash ishlari, transport xarakati uchun yo’llar tayyrlash, konstruktsiyalarni taxlash va kranni ishlashi uchun maydonchalar tayyrlash. Tekislash ishlaridan keyin eng ma’qul yechim butun qamrov yuzasi bo’yicha pol ostini betonlanishidir. Transport va kran harakati uchun qattiq qoplamali temirbetonli yo’l plitalaridan foydalanish mumkin. Bu holatda konstruktsiyalarni qumli asosda tayerlangan maydonchaga joylashtirish tavsiya etiladi Odatda uzunligi 12 m gacha bo’lgan ustunlar tortib mahkamlanmaydi, yahni tortqilar ishlatilmaydi, ularni mustahkamligi poydevorga maxkamlash bilan tahminlanadi. Balandroq ustunlarni o’rnatganda ular bikrlik yuzasini kichik tekisligida tortib mahkamlanishi kerak ( ustunlar qatori bo’ylab). Ustun va poydevor tutashuv joylarida beton qorishmasi kerakli mustaxkamlikka erishgandan so’ng bog’lovchilarni montajiga va kranosti to’sinlarini o’rnatilishiga kirishish mumkin. Kran osti to’sinlarini quyma detallari ustun konsoliga payvandlanib va tutashuv joylari to’ldirilgandan keyin ustunlar orasidagi tortqilar olinadi. Kranosti to’sinlari odatda tomypma konstruktsiyalari bilan bir oqimda montaj qilinadi. Karkasning xar bir yacheykasini kompleks uslubida montaj qilish tavsiya etiladi: yahni yacheykadagi xamma kranosti to’sinlari, stropilaosti to’sini, stropila fermasi va yacheykadagi barcha tomypma plitalari o’rnatiladi. Plitalar bir yn tomondan ikkinchi yn tomonga ketma-ket, chetki oraliqni birinchi plitasi birinchi qator ustunlariga ilingan osma montaj maydonchasidan turib, o’rta oraliq plitalari oldin montaj qilingan chetki oraliq plitalari ustidan turib montaj qilinadi. Devor panellari oxirgi montaj oqimida odatda mustaqil kran bilan montaj qilinadi. Panellarni qushni ustunlar orasiga butun balandligi bo’yicha deraza panjarasi bilan bir paytda va elementlar choklarni yaxlitlash bilan birgalikda montaj qilinadi. Bir qavatli sanoat binolarini montaj qilishda obhekt oldi omborlari tashkil etilmaydi. Montaj qilish zonasiga konstruktsiyalar uchinchi smenada keltirilib, tushiriladi va ko’tarish joylariga taxlab teriladi. Konstruktsiyalar zaxirasi kamida ikki yki uch kunlik ishga mo’ljallanadi, keltirishda uzilishlar bo’ladigan holatlarda zaxira kuni oshishi mumkin. Konstruktsiyalarni yetkazishni kunduzi ham tashkil etsa bo’ladi, bunda konstruktsiyalar montaj yo’nalishining qarama-qarshi tomonidan tashib keltirilishi kerak. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling