Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/48
Sana18.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1582967
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
BIBET maruza matni 1- qism 2021

Birgalikdagi usulda yer osti xo’jaligi uchun, texnologik uskunalar va bino 
poydevorlari uchun dastlab umumiy kotlovan qaziladi. Uskunalar poydevorlarini 
betonlash ishlari va boshqa yer ostidagi ishlar bino karkasini montaji birgalikda olib 
borilib, bunda uskunalar poydevorini topshirish davrigacha boshqa uchastkalarda 
karkasni montaj qilish tugallanib, texnologik uskunalarni montajiga kirishish uchun 
imkoniyat yaratiladi. 
Kombinatsiyalangan usulda oraliqlarda texnologik uskunalar yetarlicha 
darajada ko’p va rivojlangan yerosti xo’jaligiga ega bo’lsa ytiq usulda, boshqa 
oraliqlarda texnologik uskunalar va rivojlangan yerosti xo’jaligi uncha ko’p bo’lmasa 
ochiq usulda barpo etiladi. Bunda montaj kranlari yer osti xo’jaligi kam rivojlangan 
oraliqlarda joylashtiriladi. 
4. 
Bir qavatli sanoat binolarini barpo etish usullari va 
montaj mexanizmlari 
Amalda bir qavatli sanoat binolarining konstruktsiyalarini montaj qilishning 
bir necha xil usullari ishlab chiqilgan bo’lib, ishlarni talab qilingan ketma-ketlikda olib 
borish, barpo etilaytgan binoning konstruktiv sxemasi, montaj va texnologik 
uskunalarni turi, binoni ekspluatatsiya–foydalanishg topshirish muddati va yig’ma 
konstruktsiyalarni yetkazib berish ketma-ketligiga qarab u yki bu usul qo’llaniladi. 
Engil turdagi bir qavatli sanoat binolari ko’pincha alohida usulda, og’ir 
tipdagilar kompleks (majmuali) usulda montaj qilinadi, ammo shu kabi binolarni 
montaj qilishning asosiy usuli aralash usuldir. 
Engil turdagi binolar gusenitsali va pnevmog’ildirakli o’ziyurar strelali kranlar 
yordamida; o’rtacha turdagilar – o’ziyurar strelali, chorpoyali va minorali kranlar 
yordamida; og’ir turdagilar – yuk ko’tarish qobiliyati katta bo’lgan minorali kranlar, 
gusenitsali kranlar va yrdamchi kran sifatidagi strelali – machtalar yordamida montaj 
qilinadi. 
Kransiz binolarni montaj qilishda, agar tomypma plitasining uzunligi 12 m 
bo’lsa va fermalarni massasi og’ir bo’lsa, plitalarni montaj qilishda katta strela qulochi 
talab qilinganda quyidagi kranlar qo’llaniladi: 
• Yuk ko’tarish qobiliyati 40 t va undan ortiq, minorali-strela uskunali 


60 
gusenitsali kranlar; 
• Oraliq o’lchamlari 24 m dan va soni 3 ta dan oshmaganda o’rtadagi oraliqda 
bitta temir yo’l relg’s bo’ylab xarakatlanadigan minorali kranlar; 
• Binoning eni 36 m gacha bo’lganda oddiy turdagi chorpoyali kranlar; 
• Binoning eni 66 m gacha bo’lsa oldindan zo’riqtirilgan rigelli chorpoyali 
kranlar ishlatiladi, bu kranlar birdaniga ikkita – uchta ynma-yn oraliqlarda montaj 
ishlarini olib borish imkoniyatini beradi. 
O’rta va yengil turdagi binolarni montaj qilishda ko’pincha elementlarni 
oldindan montaj zonasiga taxlab terib chiqish usuli qo’llaniladi. Og’ir tipdagi binolarda 
montaj qilinadigan konstruktsiya montaj zonasiga yetkazib beriladi va transportdan 
to’g’ridan – to’g’ri montaj qilinadi (transportdan montaj). Konstruktsiyalarni taxlab – 
terib chiqish loyihaviy joyiga o’rnatishdan 1...2 smena oldin bajariladi . Bu oraliqni 
konstruktsiyalar bilan to’ldirib yubormaslik va montaj kranini erkin harakatini 
tahminlash uchun qilinadi (9.2−rasm). 
9.2 
– rasm. Bir qavatli sanoat binosining tomypma elementlarini taxlash va 
montaj qilish sxemasi: 
1 – kran osti to’sinini alohida oqimda montaji; 2 – tomypma plitasini tushirish; 3 – 
tomypma plitasini montaji; 4 – montaj krani; 5 –elementlarni tushirish va montaj 
zonasiga joylashtirish uchun qo’shimcha montaj krani; 6 – ilgakni bo’shatish troslari; 
7 – arqonlar (tortqilar); 8 – tomypma fermasi; 9 – kranosti to’sini. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling