Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
BIBET maruza matni 1- qism 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yopiq usulda
Ochiq usulni mohiyati shundaki birinchi bo’lib, qamrovdagi yer ostidagi
barcha ishlar, yahni binoning yer ostki qismlari barpo etiladi, keyin esa binoning yerdan yuqori qismidagi konstruktsiyalar, texnologik uskunalar quvur o’tqazish va barcha pardozlash ishlari amalga oshiriladi. Yer osti tsikli tarkibiga barcha yer osti konstruktsiyalarini qurish yahni – bino va uskunalar poydevori, yerto’la qavatlararo ypmalari bilan, kommunikatsiyalarni utqazish va qayta ko’mish, yerto’lasiz binolarda pol osti to’shamasini yaratish kiradi. Pol osti to’shamasi bilan yer osti tsiklidagi ishlar to’gagandan so’ng, qolgan maydon tekislanishi kerak. Birinchi navbatda hamma yer ostki tsikldagi ishlarni bajarish, bino va 59 inshootlarning yerdan yuqoridagi qismlarini samarali montaj qilishni tahminlaydi va qurilishni industrial uslublarda olib borishning shartlaridan biridir. Ammo binoning hajmiy-rejaviy, texnologik yechimlariga bog’liq holda va qurilish sharoitini xisobga olganda boshqa usullar ham samarali bo’lishi mumkin. Yopiq usulda xar bir montaj uchastkasida oldin yer ishlari va faqat binoning tagidagi poydevorlar o’rnatiladi, so’ngra karkas montaj qilinadi. Montaj ishlari tugallangandan keyin bino karkasini ichida kotlovan qazilib, texnologik uskunalar, ichiga o’rnatiladigan konstruktsiyalar (etajerkalar) va texnologik uskunalar uchun poydevorlar va barcha yer osti inshootlari barpo etiladi. Faqat bulardan keyin etajerkalar konstruktsiyalari va texnologik uskunalar montaji, quvur o’tqazish ishlari hamda barcha pardozlash ishlari bajariladi.. Yopiq usulni bino texnologik uskunalarining poydevorlari oraliqda ko’p maydonni egallaganda va rivojlangan yerosti kommunikatsiyalari xujaligi tarmog’ini barpo etish zaruriyatida qo’llash oqilona xisoblanadi. Bu kranlarni harakatlanishini qiyinlashtirib, qushimcha yo’l xarajatlarini talab etadi. Yopiq usul ishlarni bo’linishiga , keng manevrga va kam foydalanish xarajatiga ega o’ziyurar kranlarni qo’llanilishi bilan minorali kran qo’llaniladigan ochiq usuldan farqlanadi. Bunda ko’p ishlar tom ypilgandan so’ng bajariladi, bu yg’ingarchilik tahsiridan saqlanish uchun muhimdir. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling