Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi


Ishlarni bajarishda oqim-uzluksizlik


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/48
Sana18.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1582967
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
BIBET maruza matni 1- qism 2021

Ishlarni bajarishda oqim-uzluksizlik –montaj va u bilan bir vaqtda hamda 
parallelg’ ishlarni uzluksiz va bir maromda olib borishdir. Hamma montaj jaraynlari 
asosiy parametrlari va unumdorligi bir-biri bilan bog’langan yuk ko’tarish va transport 


61 
vositalari, hamda boshqa mashina va mexanizmlar komplekti yordamida olib boriladi. 
Oqim bo’yicha montaj qilishni tashkil etish uchun bino qamrovlarga va 
yaruslarga, plandagi o’lchamlari katta va ish hajmlari ancha yuqori bo’lsa montaj 
uchastkalariga yki zonalarga bo’linadi. Xar bir uchastkada ishlarni alohida qurilish 
tashkiloti bajaradi. U kerakli kranlar, yiriklashtirib yig’ish uchun maydon va jihozlar, 
montaj jihozlari va konstruktsiyalarni montajga o’zatish uchun transport vositalarga 
ega. Bir qavatli binolarning har bir uchastok chegarasida konstruktsiyalarni o’rnatish, 
ularni to’g’riligini tekshirish va batamom mahkamlash, bir turdagi konstruktsiyalarni 
montaj qilish uchun o’zining montaj mexanizmlariga ega bir yki bir nechta 
ixtisoslashtirilgan oqimlar yordamida bajariladi. 
Montaj jaraynini oqim usulida oqilona tashkil etishda – kompleks montaj 
jarayni tarkibiy qismlarga bo’linadi va oldindan qabul qilingan montaj ritmida olib 
boriladi. Belgilangan vaqt oraligida montajchi brigadalarni doimiy tarkibi va 
mashinalar to’plami bilan nisbatan bir xil hajmdagi ishlar bajarilishi kerak. Montajni 
minimalg’ muddatda bajarish uchun kerakli ish fronti tayyrlanishi, montaj zonasiga 
yig’ma konstruktsiyalar o’z vaqtida yetkazilishi, montajni oqilona usullari qo’llanilishi, 
eng ma’qul montaj kranlari tanlangan bo’lishi kerak. 
Bir qavatli sanoat binolarini barpo etishda xamma montaj ishlari bir nechta 
oqimga bo’linadi. Alohida ixtisoslashtirilgan oqim bilan poydevorlar, ustunlar, devor 
to’siqlari, bahzida kranosti to’sinlari montaj qilinadi. Har bir oqim uchun kranni 
to’xtash joyini minimalga olib keladigan kranni optimalg’ (ma’qul) xarakatlanish 
sxemasi va shu bilan yig’ma elementlarni oqilona taxlashtirish va joylashtirish 
tanlaniladi. 
Bir qavatli sanoat binolari iloji boricha zavod va poligonlarda tayyrlangan 
tayyrlov va montajdan keyingi ishlarni qisqarishini tahminlovchi butun yki yirik 
qismlardan iborat konstruktsiya va detallardan montaj qilinadi. 
Qurilishga alohida qismlar shaklida keltirilgan konstruktsiyalar o’rnatishdan 
oldin yiriklashtirib, bloklarga birlashtiriladi, bunda ularning massasi montaj kranlarini 
yuk ko’tarish va boshqa parametralariga mos kelishi kerak. Agar sharoit imkon bersa 
alohida konstruktiv elementlar texnologik jihozlar bilan birgalikda yiriklashtirilib 
montaj bloki hosil qilinadi. SHunday qilib chiziqli, tekis, fazoviy va konstruktiv–
texnologik bloklar hosil qilinadi. Konstruktsiyalar yiriklashtirilganda ularni montaj 
jaraynida geometrik shakli o’zgarmasligini tahminlash uchun ayrim hollarda bloklarni 
vaqtinchalik 
kuchaytirish 
ishlari bajariladi. 
Agar 
imkonlar 
to’g’ri 
kelsa 
konstruktsiyalarni omborga joylashtirmay to’g’ridan-to’g’ri transport vositasidan 
montaj qilish ma’quldir. 
Qurilish konstruktsiyalari montajini ma’qul usullari haqidagi qaror mahalliy 
sharoitni hamma majmualarini ehtiborga olgan holda qabul qilinadi: obhektni 
foydalanishga topshirish tartibi, bino gabaritlari, montaj kranlari harakat yunalishlarini 
maqsadga muvofiqligi, barpo etish turli variantlarini texnik– iqtisodiy solishtirish. Bino 
konstruktsiyalari montajini harakat yunalishini tanlaganda texnologik uskunalarni 
montaj qilish tartibini ham hisobga olish kerak bo’ladi. Konstruktsiyalarni montaj 
zonasiga yetkazish uchun bino ichkarisida transportni to’g’ridan-to’g’ri harakatini 
tahminlash kerak. Binoning yn tomoni devor panellarini montaji bilan ypiladi , ammo
darvoza romlari oxirda o’rnatiladi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling