Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi
Inshootlarni doimiy tayanchlarga ko’chirish usullari
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
BIBET maruza matni 1- qism 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Montaj usullarini va ishlarni birgalikda olib borishni tanlash
Inshootlarni doimiy tayanchlarga ko’chirish usullari
Tayanchlarga o’rnatish usuliga bog’liq holda vertikal ko’tarish, burish, surish, dumalatish yo’li bilan montaj qilish usullari farq qilinadi. Vertikal ko’tarib o’rnatish usuli ko’tarilaytgan konstruktsiya yki inshootning massasi montaj mexanizmlarining yuk ko’tarish qobiliyatidan ortiq bo’lmaydigan hollarda qo’llaniladi. Umuman bu usulning qo’llanilishi konstruktsiyani yaxlit holda mahlum bir balandlikka u yki bu mexanizmlar yordamida ko’tarish va bunday ko’tarish uchun mexanizmlar va moslamalarning mavjudligi bilan bog’lanadi. 50 Ko’tarilgan konstruktsiya ostiga vaqtincha va doimiy tayanchlarni keltirib qo’yish imkoniyati va bu tayanchlarning bu konstruktsiya bilan birgalikda ishlashga darhol kirishib ketishi qobiliyati muhim holat hisoblanadi. (8.6.-rasm). Tomypma bloklarini yengil montaj kranlari yordamida yerda yig’ib olib, keyin loyihadagi belgiga ko’tarish katta ijobiy samara beradi. Fazoviy konstruktsiyani yig’ishni o’rnatish joyida, binoning chetida yki barpo etilaytgan inshootning bevosita yaqinida joylashgan, maxsus jihozlangan maydonchada amalga oshirish mumkin. Ayrim bloklarni, butun tomypmani yki uning asosiy ko’taruvchi qismini loyihaviy holatga o’rnatish joyi ostida yig’ish ishi inshoot ustunlaridan foydalanilgan holda maxsus gidroko’targichlar yki polispastlar bilan amalga oshiriladi. Montaj qilishning bunday usulida ustunlar bo’yi baland konsolli bo’lishi kerak bo’lib, bu konsollarga ko’taruvchi polispastlarning qo’zg’almas bloklari osiladi. 8.6-rasm. Vertikal ko’tarish usuli bilan qobiqlarni tayanchlarga o’rnatish: 1 – traversa; 2 – ko’tarilgan va tayanchlarga burilgan qobiq; 3 – montaj krani; 4 – yig’ilgan qobiq ko’tarish oldidan; 5 – osilgan ishchi maydonchasi montaj qilingan qobiqlar tayanchlari. 8.7-rasmda har birining yuk ko’tarish qobiliyati 160 t bo’lgan to’rtta polispast yordamida amalga oshiriladigan, vertikal va gorizontal bog’lanishlar bilan biriktirilgan ko’taruvchi fermalardan iborat tomypmaning ko’taruvchi blokini ko’tarish ko’rsatilgan. Fazoviy konstruktsiyani gorizontal holatda tomypmaning barcha konstruktiv elementlarini yerda o’rnatib va tomypma elementlari va tom qoplamasi bilan birgalikda qurib yiriklashtiriladi. Ustunlar (tayanchlarning fazoviy konstruktsiyalari) ham gorizontal holatda yig’ilib, proekt holatiga polispastlar yordamida sharnir atrofida burish usuli bilan keltiriladi va keyinchalik o’sha polispastlar yordamida tomypma bloki ko’tariladi. 51 8.7-rasm. Tomypma blokini polispastlar bilan montaj qilish sxemasi: 1 – ustun; 2 – montaj yn tirgaki; 3 – tormozli tortqi; 4 – tayanch to’sin; 5 – ko’taruvchi polispast; 6 – tomypma bloki. Fermalarni quyi belbog’larining tayanch bog’lamalari ostiga uchlariga harakatlanuvchi polispast bloklari mahkamlangan ko’ndalang to’sinlar keltiriladi. Barcha to’rtta polistpastning ko’taruvchi tayanchlarga yuklanishini bir tekis taqsimlash uchun uzatishning umumiy sxemasi 8.8-rasmda keltirilgan. Fazoviy konstruktsiyani loyihadagi holatga vertikal ko’tarilgandan so’ng uning ko’taruv ustunlarga biriktirilishi amalga oshirildi va montaj yn tirgaklar demontaj qilindi. 8.8-rasm Troslarni uzatishning umumiy sxemasi: 1 – elektrolebedkalar; 2 – polistpastning tortuvchi arqoni; 3 – ko’taruvchi polistpast; 4 – tomypma bloki; 5 – tenglashtiruvchi roliklar; 6 – chetga chiqaruvchi rolik. Burish usuli bilan asosan balandligi yuqori va massasi katta bo’lgan inshootlarni butun ko’rinishda montaj qilish amalga oshiriladi. Inshoot konstruktsiya kabi, avval uning o’rnatish hududida gorizontal holatda yig’iladi, bu fazoviy konstruktsiyaning asosi burish sharniridan foydalangan holda poydevorga mahkamlanadi va sharnir atrofida burib inshootni loyihadagi holatiga o’rnatiladi. Bu usul bilan elektr uzatish liniyalari, tayanchlari, tutun chiquvchi quvurlar, minoralar va massasi 100 t va undan ortiq bo’lgan boshqa inshootlar montaj qilinadi. Surish usulida konstruktsiyalar doimiy tayanchlardan chetda yig’iladi, keyin esa bu tayanchlarga vaqtincha o’rnatilgan yo’llar bo’ylab gorizontal ko’chirish yo’li bilan o’rnatiladi. Bu usul ko’p oraliqli ko’priklarni, bir qavatli sanoat binolari qoplamalari konstruktsiyalarini montaj qilishda, shuningdek ishlarni qisqa muddatlarda bajarish zarur bo’lganda yerda boshqa ishlar bilan surishga tayyrgarlikni qo’shib olib borishda keng qo’llaniladi. Bu usul amaldagi texnologik inshootlarni (domna pechi, havo isitgich, shaxta kopyri) qayta qurishda, yangi inshoot chetda yig’ilib va keyin eski demontaj qilinganning poydevoriga surib joylanganda ayniqsa samaralidir. Surish jarayni ikki variantda amalga oshirilishi mumkin: blokning massasi 250 52 t gacha bo’lganda salazkalarda (chanalarda) sirpantirish bilan va bloklarning massasi 10 ming t va undan ortiq bo’lganda po’lat katoklar ustida dumalatib amalga oshirish mumkin. Surish usuliga misol sifatida qoplamasi sigarasimon fermalardan bo’lgan 84 m oraliqli sport majmuasi binosini montaj qilishni ko’rib chiqamiz (8.9 -rasm). Yuqori va quyi belbog’lari bo’yicha 4 mm qalinlikdagi po’lat listlar bilan o’rab olingan tomypma (qoplama) fermalari ypiladigan inshootdan bevosita yaqin joyda maxsus aravalar ustida yerda yig’ilgan. Aravalar tomypma elementlarini berilgan aniqlikda yig’ishni tahminlash uchun konduktorlar va moslamalarga ega, aravachalarning konstruktsiyasi ularga gorizontal va qiya relg’sli yo’llar bo’ylab mahkamlangan fermalar bilan siljishga imkon beradi. Aravachalarni loyihaviy belgigacha ko’tarish uchun ikkita og’ma (qiya) montaj to’sinlari montaj qilingan, aravachalarni navbatdagi tomypma bloki bilan ko’chirilishi ikkita tortuvchi polispastlar bilan amalga oshiriladi. Loyihadagi belgiga y e tganidan so’ng aravachalar maxsus tirgakka taqaladi, tomypma bloki po’lat katoklar ustiga tushiriladi va dumalatish usuli bilan ikkita yengil polispast yordamida loyihadagi holatga suriladi, bunda domkratlar yordamida uni oldin katoklarni bo’shatish uchun ko’tariladi, keyin loyihadagi holatga tushuriladi. Montaj qilishning ko’rib chiqilgan usulining afzalliklaridan biri – hajmdor blokni loyihadagi belgilarga ko’chirish va o’rnatish uchun foydalanish qiymati yuqori bo’lgan katta yuk ko’tarish qobiliyatiga ega montaj kranini qo’llanishining zaruriyati yo’q. 8.9-rasm. Tomypma blokini surish sxemasi: 1 – bino ustunlari; 2 – stropilaosti bloklari; 3 – vaqtincha estakadaning qiya to’sinlari; 4 – tomypma bloki; 5 -–bloklarni xarakatlantirish uchun aravacha; 6 – tortuvchi polispast; 7 – aravachaning relg’sli yo’li; 8 – tirgak. Montaj qilish amaliytida bahzida bir necha usul qo’shib olib borish hollari uchraydi, xususan surish, yiriklashtirish va burishning birgalikda olib borish usuli. 3. Montaj usullarini va ishlarni birgalikda olib borishni tanlash Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling