Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi
Er to’la devor bloklarini montaj qilish
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
BIBET maruza matni 1- qism 2021
Er to’la devor bloklarini montaj qilish. Poydevor yerto’la devorlari ystiqlari
va bloklari texnologik karta bo’yicha, unda keltirilgan bloklarni joylashtirish sxemasi bo’yicha joylashtiriladi, bunda poydevorlar orqali binoga truboprovodlar va kabellarni kiritish uchun teshiklar va ular orasida o’tish yo’li qoldirilishi hisobga olinadi. Devor poydevor bloklarini montaj qilish boshlanguncha poydevor ystiqlari lentasida ko’ndalang va bo’ylama o’qlar belgilab olinadi, bu maqsad uchun obnoskadagi simli o’qlardan foydalaniladi. Poydevor bloklarini montaj qilish burchaklardagi – bino fasadi bo’yicha ikki chetki bloklarni o’rnatishdan boshlanadi. Burchakdagilardan so’ng oraliq mayq bloklari bir – biridan 20...30 m masofada o’rnatiladi, ular bo’ylab poydevorning tashqi chetidan 2...3 mm masofada mayq prichalkalari tortiladi. Prichalka o’rnatilgan bloklar qatori satxidan 4...5 sm yuqoriroq qilib joylashtirilishi kerak. Montaj davomida prichalka yuqoriga bloklarning navbatdagi qatoriga ko’chiriladi, uning satxi ham o’rnatilgan bu bloklar qatori sathidan 4 ... 5 sm yuqori bo’ladi. Dastlabki ikki qator bloklari y e r sathidan o’rnatiladi, keyingilari esa – surilardan o’rnatiladi. Bloklarni bog’lash – blokning kamida ¼ uzunligida, navbatdagi qatordagi barcha bloklar o’rnatilgandan so’ng ular orasidagi vertikal choklar suvab chiqiladi. Yerto’la devorlari monolit temirbetondan bajarilganda betonlash balandligi devor balandligi bilan, uzunligi esa – ishlarni amalga oshirishning texnologik reglamenti bilan belgilanadi. Qorishma bilan tekislangan va gorizontal holatga keltirilgan poydevorlarning ustidan butun tekisligi bo’yicha 1...2 qavat gidroizolyatsiya ytqiziladi. Er to’la qavatlari mavjud bo’lganda vertikal gidroizolyatsiya bajariladi va ularning devorlarini loyiha mahlumotlariga mos holda isitish choralari amalga oshiriladi. Er to’la ustida oraypmani montaj qilish pardadevorlar o’rnatilib, yer osti kommunikatsiyalarini kiritish va chiqarishlari qurilgandan so’ng boshlanadi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling