Qurilisahda axborot texnalogiya


Download 1.17 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1592715
Bog'liq
BOLTOBOEV GULOM 7-VARIANT


D.P.Q.M.T GURUH 118-22_ GURUH
TALABASI BOLTOBOEV G’ULOMNING
“QURILISAHDA AXBOROT TEXNALOGIYA”
FANIDAN TAYYORLAGAN PRIZINTATSIYASI
MAVZU:MATLAB DASTURING
IMKONIYATLARI…..
REJA:
1: Matematik hisoblashlar.
2 : Modellash.
3 : Ma'lumotlarni tahlil qilish, tadqiq qilish
va vizuallashtirish.
4 : Ilmiy va injenerlik grafikasi.
MATLAB ochiq arxitekturaga ega, ya'ni mavjud funktsiyalarni o'zgartirish va yaratilgan xususiy funktsiyalarni qo'shish mumkin. MATLAB tarkibiga kiruvchi Simulink dasturi real tizim va qurilmalarni funktsional bloklardan tuzilgan modellar ko'rinishida kiritib imitatsiya qilish imkoniyatini beradi. Simulink juda katta va foydalanuvchilar tomonidan yanada kengaytirilishi mumkin bo'lgan bloklarning bibliotekasiga ega. Bloklarning parametrlari sodda vositalar yordamida kiritiladi va o'zgartiriladi. 
Simulink yuzdan ortiq biriktirilgan bloklarga ega. Bloklar vazifalariga mos holda guruhlarga bo'lingan: signallar manbalari, qabul qilgichlar, diskret, uzluksiz, chiziqli bo'lmagan, matematik funktsiyalar va jadvallar, signallar va tizimlar. Foydalaniluvchi blok va bibliotekalar yaratish funktsiyasiga ega bo'lganligi sababli Simulinkda qo'shimcha ravishda kengayuvchi bloklar bibliotekasini hosil qilish mumkin. Biriktirilgan va foydalaniluvchi bloklarning funktsionalligini sozlashdan tashqari belgi(znachok) va dialoglardan foydalanib foydalaniluvchi interfeys hosil qilish ham mumkin. Maxsus mexanik, elektr va dasturiy komponentlarning (motorlar, o'zgartkichlar, servo-klapanlar, ta'minlash manbalari, energetik qurilmalar, fil'trlar, shinalar, modemlar va boshqa dinamik kompanentlar) ishlashini modellashtiruvchi bloklar yaratish mumkin. Yaratilgan blokni kelajakda foydalanish uchun bibliotekada saqlab qo'yish mumkin. 
DIAGRAMMA BILAN ISHLASH
MATLAB tizimi vektorlar va matritsalar ustida murakkab amallarni bajaradi. Undan arifmetik va algebraik amallardan tashqari matritsalarni invertirlash, ularning xususiy qiymatlarini hisoblash, chiziqli tenglamalar sistemasini yechish, ikki va uch o'lchamli funktsiyalarning grafiklarini olish va  boshqa ko'plab amallarni bajaruvchi super kal'kulyator sifatida ham foydalanish mumkin. Oddiy son va o'zgaruvchilarga ham MATLABda 1x1 o'lchamli matritsa sifatida qaraladi. SHu sababli oddiy sonlar va massivlar ustida bajariladigan amallarning shakli va usullarida bir xillikka erishilgan. Zarur hollarda vektor va matritsalar massivlarga aylantiriladi va ularning qiymatlari har bir element uchun hisoblanadi.
Har qanday kuchli matematik tizim ham yuz minglab foydalanuvchilarga zarur bo'lgan hamma vositalarni o'z ichiga ololmaydi. SHu sababli tizim turli xil masalalarni yechishga moslashuvchan bo'lishi, ya'ni u boshlovchi matematikni ham, tajribali matematikni ham, injenerni ham, ilmiy xodimni ham, aspirantni ham, studentni ham qoniqtirishi kerak. MATLAB — kengayuvchi tizim, uni har xil turdagi masalalarni yechishga oson moslashtirish mumkin. Uning eng katta afzalligi tabiiy yo'l bilan kengayishi va bu kengayish m-fayllar ko'rinishida amalga oshishidir. Boshqacha aytganda, tizimning kengayishlari komp'yuterning qattiq diskida saqlanadi va MATLABning biriktirilgan (ichki) funktsiyalari va protseduralari kabi kerakli  vaqtda foydalanish uchun chaqiriladi. 
Foydalaniluvchi m-fayl matnli formatga ega bo'lganligi sababli unga har qanday yangi buyruqni, operatorni yoki funktsiyani kiritishi va keyin undan biriktirilgan funktsiya yoki operator kabi foydalanishi mumkin. Bunda Beysik, Si yoki Paskal dasturlash tillaridan farqli ravishda yangi funktsiyalarni e'lon qilish shart emas. Bu jihatdan MATLAB Logo va Fort tillariga o'xshash. Lekin MATLABda yangi ta'riflar fayl ko'rinishida diskda saqlanishi sababli operator va funktsiyalar soni amalda chegaralanmagan.
Tizimning tayanch so'zlar to'plamiga maxsus belgilar arifmetik ishoralar va mantiqiy amallar, arifmetik, algebraik, trigonometrik va boshqa maxsus funktsiyalar, Fur'ening tez o'zgartirish funktsiyalari va fil'trlash, vektor va matritsaviy funktsiyalar, kompleks sonlar bilan ishlash uchun vositalar, Dekart va qutbli koordinatalar tizimlarida grafiklar qurish uchun operatorlar, uch o'lchamli sirtlar va va boshqalar kiradi. Umuman olganda, MATLAB tayyor vositalarning katta to'plamini taqdim etadi (ularning katta qismi – m-fayllar ko'rinishidagi tashqi kengaytmalardir).
Tizimning qo'shimcha pog'onasini Toolbox kengaytmalar paketi tashkil etadi. U tizimni turli sohalardagi masalalarni yechishga yo'naltirish imkoniyatini beradi. Bunday sohalarga misol tariqasida matematikaning maxsus bo'limlari, fizika va astronomiya, telekommunikatsiya vositalari, matematik modellash, hodisaviy boshqariluvchi tizimlarni loyihalash va boshqa sohalarni keltirish mumkin. Xulosa qilib aytganda, MATLAB foydalanuvchilarning masalalarini yechish uchun yuqori darajadagi moslashuvchanlikka ega. Ko'plab matematik tizimlar foydalanuvchi dasturlash bilan amalda  shug'ullanmasdan o'z masalalarini yechishi uchun mo'ljallab yaratilgan. Lekin bunday yo'nalish boshlanishidanoq o'z kamchiliklariga ega ekanligi, umuman olganda, xato ekanligi ravshan edi. Haqiqatan ham, ko'plab masalalar algoritmlarni yozishni soddalashtiruvchi va algoritmlarni yaratishning yangi usullarini beruvchi rivojlangan dasturlash vositalarini talab qiladi. 
hosila va integralning qiymatlarini hisoblash va boshqalar. MATLABda bunday  masalalarni yechishga imkon beruvchi tayyor funktsiyalarning soni kengaytma paketlarni ham qo'shib hisoblaganda ko'plab minglarni tashkil qiladi va uzluksiz ortib bormoqda.
Bir tomondan, MATLAB ko'plab amaliy masalalarni yechish imkoniyatini beruvchi operatorlar va funktsiyalarga ega. Ular yordamida ko'plab amaliy masalalarni yechish mumkin. Bunday masalalarni yechish uchun avvallari murakkab dasturlarni tuzish zarur bo'lar edi. Misol uchun, matritsalar bilan amallar,
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT!!!
Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling