Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi
Obnoskalarni tuzilishi, o’qlarni mahkamlash
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
BIBET maruza matni 1- qism 2021
Obnoskalarni tuzilishi, o’qlarni mahkamlash (4.1-rasm). Qurilish obnoskasi
bino o’qlarini rejalashtirish , kotlovan konturlarini aniqlash va ularni joyida mahkamlash uchun xizmat qiladi. U bino perimetri bo’ylab uzluksiz va uzlukli bo’lishi mumkin. Uzlukli obnoska obhektdagi qurilish mashinalari va transport vositalari 26 harakatini qiyinlashtirmaganligi uchun ma’qulroqdir. 4.1-rasm. Obnoskalarni tuzilishi va o’qlarni mahkamlash: a – kotlovanni planlashtirish sxemasi; b – obnoska elementlari; 1 – yg’och elementlardan obnoska; 2 – shtir-o’qni mahalliy joyga biriktirilgan nazorat belgisi; 3 – kesilgan taxta; 4 – mix o’qni obnoskada mahkamlash (qotirish) uchun; 5 – obnoska ustuni Obnoska geodezik instrumentlar yordamida binoni tashqi konturini hosil qiluvchi asosiy o’qlarga parallel holda va qurilish jaraynida ularni o’zgarmasligini tahminlovchi masofada o’rnatiladi. Obnoska bir-biridan 3 m masofada gruntga qoqilgan ustunlar karkasidan iborat. Tashqi tarafdan kamida uchta ustunga qalinligi 40...50 mm kesilgan taxtalar qoqiladi. Hamma taxtalarni yuqori qirralari nivelir yordamida nazorat qilinib gorizontal joylashtiriladi. Obnoskani ma’qul balandligi 0.5...1.2 m. Konstruktiv jihatdan obnoska yg’ochdan yki metalldan bo’lishi mumkin. Metall obnoskani afzallik tomoni ishda qo’layligi, yengil demontaj qilinishi va ko’p marta foydalanish mumkinligi. Kotlovan chetidan obnoskagacha bo’lgan masofa 3...4 m dan kam bo’lmasligi kerak. Bu masofa shunday hisob bilan tekshiriladikim , kotlovan qazilishida obnoska ustivorligi bo’zilmasin. Obnoska bo’lajak binoni uni tomonlariga paralel ravishda o’rab oladi, unda odamlar va transport o’tishi uchun o’zilishlar hosil qilinadi. Rejalashtirish chizmalaridan hamma mahlumotlar obnoskaga ko’chiriladi, xususan binoni asosiy o’qlari ko’chirilib mixlar bilan mahkamlanadi, bo’ylama va ko’ndalang o’qlar tarang tortilgan sim yki arqon ip yordamida mixlarga mahkamlanadi. Devorlar o’qidan bulajak kotlovanni chetlari chiqarilib ular xam mixlar yordamida obnoskalarda belgilanadi. CHetlarni o’zi ham simlar yordamida ―natura‖ holatiga ko’chiriladi. Bo’ylama va ko’ndalang o’qlari simlarining kesishuv o’rni binoning asosiy o’qlari kesishuvini aniqlaydi va ular shoqul yordamida tekshiriladi, hamda ular oldin geodezik instrumentlar yordamida aniqlangan va yerda mahkamlangan no’qtalar bilan mos kelishi kerak. Binoning asosiy o’qlari mahkamlangan obnoskalardan mahlum masofada har ehtimolga qarshi ularni buzilishini ehtiborga olgan holda o’q chiziqlarini mahkamlovchi nazorat belgilari − shtirlar o’rnatiladi.Odatda bular gruntga obnoskadan 5...10 m masofada qoqilgan va yer sathidan 2...6 sm masofada chiqib turuvchi armatura sterjenlardir. CHiziqli-cho’ziqli inshootlarning gorizontal uchastkalarda har 50 m da, qayriladigan uchastkalarda har 20 m da faqat ko’ndalang obnoskalar o’rnatiladi. 27 Obnoskalar qurilaetgan binoning yer osti qismini barpo etgunga qadar buzilmay saqlanadi, keyin bevosita binoni o’ziga ko’chiriladi. Hozirgi davrda lazer geodezik priborlar paydo bo’lganligi munosabati bilan obnoskalardan kam foydalanilayapti, o’qlar qurilish maydonining vaqtinchalik bino va inshootlarida ( inventarg’ xonalar, devor va boshqalar) aks ettirilayapti. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling