Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi


  Qurilish yuklarini ortish va tushirish


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/48
Sana18.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1582967
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48
Bog'liq
BIBET maruza matni 1- qism 2021

3. 
Qurilish yuklarini ortish va tushirish 
Qurilish yuklarini obhektga ko’chirishda jo’natiladigan yerda ularni ortish va 
kelgan 
yerda 
ularni 
tushirish 
ehtiyji 
bo’ladi. 
Bu 
operatsiyalar 
to’liq 
mexanizatsiyalashtirilgan bo’lib, bu ishlarni bajarishda umumqurilish va maxsus 
mashinalar va mexanizmlar qo’llaniladi. Bu mexanizmlar mustaqil ishlashi mumkin 
yki transport vositalarini konstruktiv qismining bo’lagi bulishi mumkin. 
Birinchi guruhga maxsus ortuvchi – tushiruvchi va odatdagi montaj kranlari, 
tsiklik va uzluksiz ishlovchi yuk ortuvchilar, ko’chuvchi lentali konveyrlar, mexanik 
bellar, pnevmatik yuk to’shiruvchilar va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruhga 
avtomobilg’- samosvallar, o’zi yuk tushiruvchi platformali transport vositalari va 
avtonom yuk tushiruvchi vositalar va boshqalar kiradi. 
Qurilishda kichik o’lchamdagi donabay material va mahsulotlarni paket va 
konteynerda tashish keng qo’llanilmoqda. Paket – maxsus poddonga joylashtirilgan 
yuk to’pi. Paketlar shunday shakllantirilgan bo’lishi kerakki, uni ko’chirish 
bosqichlarida shakli o’zgarmasin. 
Konteyner – ko’p marta qo’llaniladigan inventarg’ qurilma yki idish. Universal 
konteynerlar ypiq, ortish va tushirishni tahminlaydigan moslamalar bilan jihozlangan 
turli 
kategoriyali 
yuklarni 
tashishga 
mo’ljallangan. 
Maxsus 
konteynerlar 
konstruktsiyasi mahlum aniq turdagi yuklarni– rulonli materiallar, pardozlash 
plitkalari, linoleum, bino sektsiyasi uchun elektromontaj armaturasi va boshqalarni 
tashish uchun yaratiladi. 
4. 
Material elementlarini joylashtirish 
Qurilish maydoniga keltirilgan material elementlar vaqtinchalik asrashga − 
zaxira yaratishga mo’ljallangan obhekt qoshidagi omborlarda joylashtiriladi. 
Ishlab chiqarishga taalluqli zahirani ikki asosiy turi bory – joriy va ehtiyt 
tariqasidagi. Biri-biriga bog’liq ikki tahminot orasida yetkazilgan material resurslar 
joriy zaxirani tashkil etadi. Ideal holatda joriy zaxira ishlab chiqarishni uzluksizligini 
tahminlash uchun yetarli bo’lishi kerak. Ammo, material va konstruktsiyalarni 
yetkazishdagi bo’lishi mumkin bo’lgan o’zilishlarni ehtiborga olgan holda va joriy 
zahirani bir maromda to’lmasligini kompensatsiya qilish uchun ehtiyt tariqasidagi 
zaxira yaratiladi. Odatda, ombordagi yig’ma konstruktsiyalarning minimal zaxirasi 5 
ish kuniga yetarli qilib qabul qilinadi. 
Ishlab chiqarishga taaluqli zaxira darajasi qabul qilingan ishni tashkil etishga
− montaj ―transport vositalaridan‖mi yki ombordanmi, obhektni markaziy 
tahminot bazalaridan uzoqligi, transport turi va boshqa faktorlarga (omillar) bog’liq. 
Konstruktsiya va material zaxirasi miqdori ko’p bo’lgan omborlar mavjudligi, bir 
tomondan ishlab chiqarishni uzluksiz tahminlasa, ikkinchi tomondan qurilishga bo’lgan 
investitsiyalarni ―muzlashiga‖ yahni qurilishni qimmatlashuviga olib keladi.
SHuning uchun bosh pudratchi obhekt qoshidagi omborlarni ma’qul hajmlarini topishi 


22 
kerak. Obhekt qoshidagi omborlar ypiq, yarim ypiq va ochiq bo’ladi. 
Yopiq omborlar qimmatbaho yki ochiq havoda buziladigan materiallar – 
tsement, ohak, gips, fanera, mixlar va boshqalarni asrashga mo’ljallangan. Ular yer 
ostida va yer ustida, bir qavatli va ko’pqavatli, isitiladigan va isitilmaydigan bo’lishi 
mumkin. 
Ayvonlar – yarim ypiq omborlar harorat o’zgarishi va havoni namligidan o’z 
xususiyatlarini o’zgartirmaydigan materiallarni, ammo quysh nuri va atmosfera 
yg’inlaridan himoyalanishi kerak bo’lgan – yg’och mahsulotlari, asbestotsement
ruberoid, va boshqa tusuvchi va pardozlovchi materiallarni asrash uchun quriladi . 
Ochiq omborlar atmosfera tahsiridan himoya talab qilmaydigan materiallar − 
g’isht, beton va temirbeton elementlar, keramik quvurlar va boshqa materiallarni asrash 
uchun mo’ljallangan. Odatda omborlar, obhektda xizmat qilaytgan montaj kranining 
harakat zonasida joylashtiriladi. Bu asosan bush vaqtda yki montaj bo’lmaytgan 
smenada obhektga kelaytgan yuklarni tushirish imkonini beradi. Montaj jaraynlarida 
ortish-tushirish ishlari uchun yengil o’ziyurar kranlarni ishlatish ma’quldir. 
Ochiq omborlarni bir qismi, jumladan konstruktsiyalarni yiriklashtirib yig’ish 
maydonida maxsus kranlar – gusenitsali va pnevmog’ildirakli , chorpoyali va minorali 
kran-yukortgichlar bilan xizmat ko’rsatilishi mumkin. Bu mexanizmlardan 
yiriklashtirilgan konstruktsiyalarni o’rnatiladigan yki montaj qilinadigan joyga 
yetkazishlan oldin transport vositalariga ortish uchun foydalaniladi. Odatda, omborda 
og’ir yuklar kranga yaqin masofaga joylashtiriladi, yengil yuklar o’zoqroq , chunki ular 
kranni katta qo’lochida ham ko’tarilishi mumkin 
Joylashtirish maydonlari yg’in va muzdan erigan suvlarni oqishini tahminlash 
uchun tekis , 2...5% oraligidagi nishablik bilan bo’lishi kerak. Suvni yaxshi 
o’tkazmaydigan gruntlarda tekislash bilan birga 5...10 sm li shebeng’ va qum 
qatlami hosil qilinadi.Kerak bo’lgan holatda yuza zichlanadi. 
Har bir konstruktsiya va yig’ma mahsulotlar turlari uchun alohida taxlash 
joylari ajratiladi. Ular bir-biridan kengligi 1 m dan kam bo’lmagan yo’lkalar bilan 
ajratiladi. Har turli material uchun joylashtirishning o’zini qoidalari bor. 
G’isht sorti, markasi va yuzasini rangiga qarab taxlanadi. Betartib olib kelingan 
g’isht balandligi 1.6 m uzaro bog’langan shtabel shaklida, noto’liq kavakli g’ishtlar esa 
bushlig’i pastga qaratilgan holda taxlanadi. G’isht joylashtirilgan paket yki poddonlar 
omborda bir-ikki yarus qilib taxlanishi mumkin. 
Yig’ma temirbeton konstruktsiyalar inventarg’ taglik va qistirmalar ustiga 
taxlanadi, ularni urnatish joylari yig’ma elementlarda chizilgan chiziqlarga mos kelishi 
kerak. Elementlar shtabel qilib taxlanganda ular orasidagi qistirmalar bir- biriga 
nisbatan vertikal bo’lishi kerak.Taglik va qistirmalar odatda tomonlarining o’lchovlari 
6...8 sm bo’lgan kvadrat yuzali bo’ladi. O’lchovlar shunday tanlanishi kerakkim 
yuqorida joylashgan yig’ma elementlar pastdagi montaj ilintirish halqasiga yki pastdagi 
elementlarni chiqib turuvchi qismlariga tayanmasligi kerak (3.4-rasm). 
Joylashtirish usullari 3.1-jadvalda keltirilgan 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling